77
Asosiy plyonka hosil qiluvchilar quyidagicha belgilanadi:
Epoksid-efirlar – ЭФ, Bitumlar - БТ, Gliftallar –ГФ, Pentaftallar –PF,
Poliefirlar – ПЭ, Fenolli–ФЛ, Perxlorvinilli–ПХ, Poliakrilli–AK, Nitroseilulozali–
НЦ, Kanifolli–КФ, Shellakli–ШЛ, Eritilgan moyli–MA, Polivinilasetatli–ВЛ,
Melaminli–ML, Mochevinali–МВ, Epoksidli–ЭР, Alkid-stirolli–AC, Kremniy
organik–KO, Yаntarli–ЯН.
Masalan, Gliftal smola asosidagi gruntovka GF-020, Nitrolak asosidagi
shpatlyovka — NC-008, tashqi qoplam hosil qilish uchun zangori himoyalovchi
Nitroemal NC-11-15, atmosfera ta’siriga chidamli jigarrang moyli bo`yoq MA-11
ko`rinishida belgilanadi.
Shpatlyovkalar laklarga ko‘p miqdorda (parda hosil qiluvchi modda
massasiga nisbatan 40 foiz miqdorda) pigment va to‘ldiruvchi (odatda bo‘r yoki
mikrokalsit) qo‘shib tayyorlanadi. Avtomobillarning tashqi sirtlariga ishlov berish
uchun pentaftalli (ncp-002), poliefirli (nE-0044), epoksidli (En-0010) va boshqa
Shpatlyovkalar ishlab chiqariladi (shpatlyovkalar to‘g‘risidagi ma’lumot -jadvalda
keltirilgan). Metallar uchun ishlatiladigan shpatlyovkani qo‘rg‘oshinli yoki ruxli
beliladan, yog‘ochlar uchun esa bo‘r, mikrokalsit, alif, duradgorlik yelimidan
tayyorlash mumkin.