71
4-BO‘LIM.
LAK-BO’YOQ MATERIALLARI
4.1. Avtomobil konstruksiyasida lak-bo`yoq materiallarning ishlatilishi.
Lak-bo`yoq materiallari detallarning yuzalarini
yupqa qatlam bilan qoplash
uchun xizmat qiladi. Bu qatlam lak-bo`yoq qatlami deb yuritiladi. Lak-bo`yoq
qatlami ham boshqa turdagi metallmas va metall qoplamalar kabi buyum hamda
konstruksiyalarni tashqi muhit ta’siridan asrash va ularga ko`rkam estetik ko`rinish
berish uchun xizmat qiladi. Avtomobilsozlikda ulardan metallarni korroziyadan,
yog`ochni chirishdan asrash hamda ularning tashqi ko`rinishini ko`rkam
qilish
maqsadida foydalaniladi. Shuningdek, bo`yalgan buyumlar elektr izolyasiyalash va
issiqlikdan saqlash xossalariga ega bo`ladi.
Hosil qilingan qatlamlar uzoq muddat ishlashi uchun quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
1.Bo`yaladigan sirt bilan mustahkam adgezion bog`lanishni xosil qilish
xususiyatiga ega bo`lishi lozim.
2.Yetarli
darajada
yuqori
mustahkamlik,
qattiqlik
va
zarur
elastiklikka ega bo`lishi kerak. Elastikligi yetishmagan
hollarda mexanik yoki
harorat ta’sirida vujudga keladigan deformasiyalanish natijasida qoplamlarda yoriq
va darzlar vujudga keladi.
3.Imkoniyat darajasida namlikni, suyuqlik va gaz bug`larini,quyosh nurini
kam o`tkazishi va ular ta’sirida o`z xususiyatlarini yo`qotmasligi kerak.
Bo`yashdan
oldin sirtlar chang, iflosliklar, zang, payvandlashda hosil
bo`lgan
flyus qoldiqlari, neft mahsulotlari, yog`li dog`lar, eski qoplam
qoldiqlaridan tozalanadi.
Lak-bo`yoq qoplami hosil qilishga tayyorlangan sirtga qoplamning birinchi
qatlamiga grunt beriladi. Gruntovkalar lak yoki emallarning yaxshi ilashishi uchun
adgezion qoplam bo`lib
xizmat qiladi, ular bo`yaladigan sirt (metall, yog`och)
bilan lak-bo`yoq qoplamalar o`rtasida bog`lovchi qatlam vazifasini o`taydi.
72
Gruntovkalar lak-bo`yoq qoplamida muhim vazifani bajaradi, ya’ni pardaning
qarshiligi yuqoriligi hisobiga metallni korroziyalanishdan saqlaydi.