Book · April 020 citations reads 71 author




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/65
Sana17.12.2023
Hajmi1,92 Mb.
#121731
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
 
 
 
Lak-bo`yoq qoplami tuzilishi 
1-bo`yaladigan sirt; 2- gruntovka; 3-shpatlyovka; 4-emal 
 
Gruntovka - bo‘yovchi modda (50—70 foiz) va to‘ldirgich (talk, 
mikrokalsiy, bur)ning moyli yoki sintetik laklardagi aralashmasidan iborat. 
Gruntovkalarga qo‘yiladigan asosiy talab shuki, ular bo‘yaladigan materiallarning 
govaklariga kirib, sirt yuzasi bilan mustahkam ilashishi lozim (gruntovkalar 
haqidagi ma’lumot jadvalda keltirilgan). Buning uchun gruntovka bo‘yovchi 
modda va to‘ldiruvchining juda mayda zarralaridan iborat bir xil tarkibga ega 
bo‘lishi kerak. Ishlatishdan oldin gruntovka qovushoqligini kamaytirishi uchun u 
erituvchi bilan suyultiriladi.
Gruntovka gruntdan tashkil topgan material bo’lib, odatda shetka (kist), 
bo`yoq sepuvchi moslama yoki botirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Sirtni 
bo`yashga tayyorlash va gruntovkalash o`rtasidagi vaqt juda qisqa bo`lishi 
maqsadga muvofiq, chunki bu vaqtda sirtga chang o`tirishi, yoki sirt tasirida yuza 
zanglashi mumkin.


73 
Bo‘yovchi moddalar sifatida qo‘rg‘oshinli va ruxli oq emal, temir surigi va 
boshqa materiallardan foydalaniladi. Qo‘rg‘oshin surugi metall sirtiga himoya 
pardasini hosil qilib elektrokimyoviy korroziyaning rivojlanishini sekinlatadi. 
Ruxli oq emal asosida tayyorlangan gruntovkadan foydalanilganda metall 
korroziyalanmaydi, chunki birinchi navbatta aktivroq bo‘lgan rux emiriladi. 
Quritilganda grunt unchalik katta bo`lmagan qalinlikka (15—20mkm) ega 
bo`ladi. YUzadagi yirik notekisliklarni bartaraf etish uchun shpatlyovka beriladi. 
Umumiy shpatlyovka bo`yaladigan butun sirtni silliqlash maqsadida surtiladi.
Mahalliy shpatlyovkalashda tarkibida 75—80 foiz to`ldiruvchi (bo`r, 
mikrokalsit, oxak va boshqalar) bo`lgan quyuq pasta (shpatlyovka)dan 
foydalaniladi. Quriganda elastikligi yetarli bo`lmasligi, darzlar va yoriqlar paydo 
bo`lishini e’tiborga olib bir marta surtishdagi qalinligi 0,5 mm dan ortmasligi 
lozim. Ishlov berilgan shpatlyovka, u bo`lmaganda esa gruntovkalangan sirtga bir 
necha qatlam bo`yoq beriladi. Bo`yoq qatlamlar soni, qatlamning tashqi ko`rinishi, 
ekspluatasiya sharoiti va boshqa sharoitlarga asoslanib tanlab olinadi. 
Bo`yoq yuzaga grunt kabi shetka, purkagich, shu jumladan elektrostatik 
maydon, botirish, quyish va boshqa usullar bilan beriladi. Bo`yoqning har bir 


74 
qatlami alohida quritiladi, tashqi qatlam qo`shimcha ravishda jilvirlanadi
jilolanadi, laklanadi. 

Download 1,92 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Book · April 020 citations reads 71 author

Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish