3.6. Eskirish jarayonida rezina xususiyatlarining o`zgarishi
Rezina materiallari ishlatish va saqlash saylash jarayonida asta – sekinlik
bilan ishdan chiqadi, ya’ni Tashqi rezina buyumlari yuzasida yoriqlar paydo
bo`ladi. Asta – sekin rezina qotib boradi va uning fizik – mexanik xususiyatlari
sustlasha borib egiluvchanligi batamom yo`qoladi. Xususiyatlarning bunday
o`zgarishi rezinaning chirishi deyiladi. Rezinaning chirishi asosan kauchuk
molekulasining oksidlanishi sabab bo`ladi. Bu esa kauchuk molekulasining
buzilishiga olib keladi.
Bu kauchuk molekulasining buzilishiga olib keladi. Bunday oksidlanish
tabiiy va sintetik izoprenli kauchuk rezinalariga mansub, bularda qo‘shbog‘
birikmalari chiziqli zanjir molekulasida joylashganligi sababli oksidlanish jadal
rivojlanadi. Oksidlanish jarayonida qo‘shbog‘ birikmalari va yonbosh zanjirlarida
jadallanish ancha pastdir va u molekulaning parchalanishga olib kelmaydi.
Shuning uchun sintetik kauchuklardan bo‘lgan rezinadagi qo‘shbog‘ birikmalari
yonbosh zanjirlardagi molekulalarda chirish sekin rivojlanadi.
Rezina materiallar ishlab chiqarishda chirishni sekinlashtirish uchun rezina
aralashmasiga antioksidantlar (kislorodni kauchuk va rezinaga singishini oldini
oluvchi moddalar) qo`shiladi. Bu zanjirli reaksiya oksidlanishni kamaytiradi yoki
kislorodni kauchuk va rezinaga singishini oldini oladi. Ammo vaqt o‘tishi bilan
rezinadagi antioksidantning chirishning oldini olish xususiyatlari kamayadi va
chirish jarayoni tezlashadi.
Kauchuk molekulasida mustahkam bo`lmagan bog`lanishlar borligi tufayli
havo tarkibidagi kislorod xona haroratida ham polimer bilan reaksiyaga kirishib,
uning eskirishiga sabab bo`lishi mumkin. Buning natijasida rezinalarning
67
kimyoviy, fizikaviy va mexanik xususiyatlari o`zgarib boradi. Shuning uchun vaqt
o`tishi bilan rezina o`z xossalarini yo`qotadi, mo`rt bo`lib qoladi va buyumlarda
yoriqlar paydo bo`ladi.
Kauchuk va vulkanizatorlar, barcha to‘yinmagan birikmalar kabi, turli xil
kimyoviy o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi. Rezina buyumlar ishlatish va saqlash
jarayonida uzluksiz ravishda oksidlanadi. Buning natijasida rezinalarning
kimyoviy, fizikaviy va mexanik xususiyatlari o‘zgarib boradi. Faqat ebonit
kauchuk makromolekulalariga muayyan miqdorda oltingugurtni biriktirishi
natijasida to‘la to‘yingan birikmaga aylanadi. Uzoq muddat oksidlanish
jarayonida, rezinadagi barcha o‘zgarishlar majmuyiga, rezinaning eskirishi
deyiladi.
Rezinaning havo tarkibidagi kislorod bilan alakasini oldini olish uchun
avtomobil rezina buyumlarini ishlab chiqarishda ularning yuzasiga yupqa qatlamli
himoya qoplamalari mum, parafin yoki petrolatum surtiladi.
Eskirish murakkab, ko‘p bosqichli o‘zgarish jarayoni bo‘lib, bunda
ma’lum bosqichlarda rezinaning elastikligi, emirilishga qarshi turg‘unligi va
mustahkamligi sezilarli darajada kamaya boradi. Boshqacha aytganda, vaqt o‘tishi
bilan rezina detallarning ish qobiliyati, shuning bilan birga, shu detal ishlatilgan
avtomobilni ishlatishdagi ishonchliligi kamayadi. Rezinani eskirishidagi vujudga
keladigan o‘zgarishlar jumlasiga rezina elastikligi yo‘qolishining qayta
tiklanmasligi kiradi. Natijada rezina yuqori darajadagi mo‘rtlik xususiyatiga ega
bo‘lib qoladi, buning natijasida uning sirtqi qatlamlarida asta-sekin
chuqurlashadigan yoriqlar paydo bo‘ladi va oqibat-natijada rezina detal to‘la
ishdan chiqadi.
Eskirish jarayoni issiqlik ta’sirida, yorug`likda, kislotada, ishqor, neft
mahsulotlari ta’sirida tezlashadi. Rezinalarning eskirishini sekinlashtirish
maqsadida rezina tarkibiga eskirishga qarshi qo`shilmalar (ingibitorlar) qo`shish
juda samarali hisoblanadi. Eskirishga qarshi ingibitorlar (qo`shilmalar) rezina
tarkibidagi kauchukka nisbatan 1-2 foiz miqdorda aralashtiriladi. Buning natijasida
rezinaning oksidlanish jarayoni bir necha yuz va hatto ming barobar sekinlashadi.
68
Shu maqsadda ba’zi bir
rezina buyumlar germetik polietilen g‘iloflarga joylab
ishlab chiqarilmoqda. Ammo, rezinalar eskirishining oldini olish uchun faqat
texnologik vositalardan foydalanish yetarli emas, shuning uchun qo‘shimcha bir
qator ekspluatatsion chora-tadbirlar qo‘llash lozim. Haroratning ortishi natijasida
rezinaning eski-rishi tezlashadi, jumladan, harorat har 10°C ga ortganda rezinaning
eskirish tezligi 2 martaga ortadi.
Yuqori yuklanishdagi uchastkalarda ishlaydigan rezinaning oksidlanish
jadalligi yanada yuqori bo‘ladi.
Rezinaning eskirish jarayonini sekinlashtirish uchun rezina buyumlarni
imkon qadar deformatsiyalanmagan holda bo‘lishiga va mumkin qadar 30°C dan
yuqori bo‘lmagan haroratlarda ishlatilishiga xarakat qilish lozim.
Rezina buyumlarni quyosh nuridan himoyalash muhim ekspluatatsion
tadbirlar jumlasiga kiradi. Chunki quyosh nuri ta’siridagi eskirishni yuzaga
keltiradi. Bu ta’sirning xususiyati, eskirish rezinaning nur tushib turgan yuzalarida
kuchli bo‘lishidan iborat. Bunda yorug‘lik spektrning binafsha va ultrabinafsha
qismi nisbatan aktiv hisoblanadi. Nur ta’siridagi eskirishning oldini olish uchun
avtomobilni yopiq joylarda yoki maxsus o‘rama g‘iloflar ostida saqlash lozim.
Yuqorida keltirilgan sharoitlarni imkoni bo‘lmaganda iloji boricha shina va
rezina detallarni quyosh nuri tushishidan saqlash lozim. Bunda ular oq rangdagi
g‘ilof bilan o‘ralishi yoki to‘siq bilan to‘silishi mumkin.
Rezina buyumlarni 5-20°C haroratda, yorug‘lik kam tushadigan, suv va
neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash tavsiya etiladi.
Kauchuk va rezinaning oksidlanishi,molekulaning qo‘shbog‘ birikma
qismida bo‘lganida, kauchuklar va vulkanizatsiya bo‘lmagan rezina materiallariga
nisbatan tezroq chiriydi, vulkanizatsiya qilgan rezinaga nisbatan qo‘shbog‘ birikma
qismi oltingugurt ko‘priklari bilan band. Butun kauchukdan olingan rezina kislorod
ta’siriga bardoshlidir. Yamalgandan sung uning makromolekulalarida qo‘shbog‘
birikma umuman bo‘lmaydi.
69
Rezina chirishiga harakat, kuyosh nuri, kuchlanish va rezina detallardagi
qoldiq deformatsiya hamda suyuqliklar bilan aloqasi ta’sir qiladi, ular bilan esa
rezina detal ishlatish jarayonida uchrashadi.
Haroratning oshishi bilan rezina materiallarining chirishi tezlashadi. Tabiiy
kauchukdan tayyorlanadigan yumshoq rezinaning harorat ta’sirida vaqt o‘tishi
bilan suniiy chirishi 2 – rasmda ko‘rsatilgan. Agar harorat 70
0
S dan past bo‘lsa
chirish suslashadi, agar harorat 70 – 100
0
S oralig‘ida bo‘lsa chirish jarayoni tezda
oshadi.
Quyosh nuri, ayniqsa binafsha va ultrabinafsha nurlari rangli rezinaning
chirishini tezlashtiradi ya’ni ularning issiqlik va fotokimyoviy reaksiya
ta’siridaeskirishi tezlashadi. Shuning uchun rezina mahsulotlarini saqlashda,
ishlatishda ularni quyosh nuri va yuqori haroratdan saqlash lozim. Avtomobillar va
rezina buyumlarini saqlashda ombor harorati 20
0
S dan oshmasligi kerak, saqlash
xonalarining oynalari esa sariq va qizil rangda bo‘yaladi.
Rezina buyumlarining chirishiga ososan turli suyuqliklar va ximikatlar
ta’sir qilashi sabab bo‘ladi. Kauchukning umumiy tavsiyada tayyorlanadigan
rezinasi eriydigan xususiyat ega emas, ammo neft mahsulotlar, skipidarlar, etil
spirti, aromatik xushbo‘y uglevodarod ta’sirida u shishadi, mustahkamligi va
egiluvchanligi tezda pasayadi. Rezinaning bu suyuqliklarda ko‘p vaqt bo‘lishi
uchun uning makromolekula parchalanishga va uni maydalanib sochilishiga olib
keladi.
Nitrilli, xloropenli va tiokolli rezinalar neft mahsulotlar ta’siriga bardoshli
shuning uchun ulardan shlanglar va yonilg‘i qo‘yish ashyolarni yasashda
ishlatiladi. Binobarin, bu buyumlarni tez-tez neft mahsulotlaridan bo‘shatib turish,
issiq suvda yuvish va havoda quritish kerak.
Bir atomli spirtlar, atsenton, glitserin va kislotali yog‘ rezinaga ta’sir
qilmaydi hisob va bu ularni suyuq kamponentlar sifatida turli gidravlik
mexanizmlarning rezinali qismlarida ishlatishga imkon beradi.
Bush kislotalar va ishqorlar ham rezina va kauchukka ta’sir qilmaydi, lekin
kuchli kislotalar va ularning parlari ko‘p ishlatilganda rezina materiallarini
70
zichlanishga va egiluvchanligini yo‘qotishiga olib keladi. Bularning oldini olish
uchun bir xonada rezina mahsulotlari, kislota hamda boshqa mahsulotlarni saqlab
bo‘lmaydi.
Avtomobillarni ishlatishda va rezina buyumlarni saqlashda ularga suv va
neft mahsulotlarining tegish ehtimoli bor. Suv uzoq vaqt davomida rezinaning
xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv armirlangan rezina detallarga
kuchli ta’sir etadi, metall armaturalar nam muhitda jadal korroziyalanadi, paxta-
qog‘oz tolali gazlamalar esa mustahkamligini yo‘qotadi va tezda chiriydi. Shuning
uchun armirlangan rezina buyumlarni (metall karkasli, simli va gazlamali) imkon
qadar quruq holda saqlash zarur, majburiy hollarda suv tekkanda esa rezina
buyumlarni albatta quritish olish kerak.
|