63
Rezinaning xususiyati uning turiga kiradigan kauchuk tarkibiga bog`liq.
Shina ishlab chiqarishda rezinaning 20 dan ortiq kauchuk turi ishlatiladi.
Kauchukli rezina mahsulotlariga maxsus xususiyatlar: elastik, suv va gaz
o`tkazmaslik, dielektrik sifatini beradi.
Kauchuk asosiy rezina qorishmasi bo`lib, rezinaning sifatini aniqlaydi.
SHina rezinali aralashmalarda 50-60%ni kauchuk tashkil qiladi. Ishlab chiqarilgan
kauchukning 60% ni shina zavodlari ishlatadi.
Rezina shinalarning asosiy vulkanizasiya agenti bo`lib oltingugurt xizmat
qiladi. Vulkanizasiya moddalar sifatida organik perekislar, ba’zi
metallarning
oksidlari,fenolformaldegid
smolasidan
foydalanish
mumkin.
Vulkanizasiyalanganda oltingugurt kauchukka qo`shiladi, to`yinmas aloqa joyida
va kauchuk makromolekulalari bilan ko`prik hosil qiladi. Oltingugurtning
kauchukka qo`shilishi asosiy kimyoviy reaksiyadir.
64
Oltingugurt kauchukka qancha miqdorda qo`shilsa ham, chiqqan mahsulot
katta mustahkamlikka ega bo`lishi uchun kerak bo`lgan egiluvchan bo`lishi kerak.
Oltingugurt miqdoriga asoslanib rezina yumshoq (1-4 %), yarim qattiq (6-10%) va
qattiq (30-50%) bo`ladi. Avtomobil kameralari va qoplamalari ishlab chiqarishdagi
rezina toifalariga oltingugurt miqdori 2-3% ga teng.
Agar kauchuka rezina xosil bo’lishi uchun kerakli miqdoridan ortiq 30-50%
gacha oltingugurt qo`shilsa, vulkanlashda chiziqsimon molekulalar juda ko`p
joylari tikilib qoladi va material elistikligini yo`qotadi va o`ta mustahkam va
noelastik (qattiq) - ebonit bo`lib koladi. Ebonitdan elektrotexnik detallar
va akku-
mulyator bankalari ishlab chiqariladi.
Kiritilgan oltingugurtning katta miqdorini tashkil etadigan to‘ldirilgan qattiq
rezina 3,5 Mn/m
2
(350 kG/sm
2
) ga teng bo‘lganda mustahkamlik chegarasiga ega
bo‘lib, ba’zi pasaygan kattalikda cho‘zilishi (350 - 400) ga teng bo‘ladi.
Ebonitning tabiiy kauchdagi mustahkamlik chegarasi 52 - 55 Mn/m
2
(520 - 550
kG/sm
2
) da to‘ziladi.
Mustahkamlik chegarasi va nisbiy cho‘zilish to‘ldirilgan yumshoq rezina
uchun sintetik kauchuklarda 18 – 20
0
S harorat chegarasida yetadi.
Rezina materiallarining mustahkamligi vulkanizasiya darajasiga bog`liq.
Vulkanizasiya maromiga yetmaganda yoki vulkanizasiyasi oshib ketganda
rezinalar kengayishida mustahkamlik chegaralangan bo`ladi, harorat rezina
mustahkamligiga ta’sir etadi. Haroratning oshishi orqali rezinaning mustahkamlik
chegarasi pasayadi. Bu rezina molekulasining maxsus
tuzilishi bilan tushiniladi,
haroratning ko`tarilishi bilan rezina molekulasi uglerod atomi tebranma
aylanishdagi issiqlik chastotasi oshadi va kengayishda molekula tekislanishi
yengillashadi. Bu sharoit rezinaning yumshab, o`zining qovushqoqligini qisman
yo`qotishiga olib keladi. Avtomobil harakatida g`ildirak g`ilofi qizib,
uning
mustahkamligi kamayadi, gazlama va rezina qatlamlari o`zaro adgezion aloqasi
yopishqoqligi sustlashadi, bu esa karkasning qatlamlanishiga va breker qatlamini
protektorgacha olib keladi.
65
Vulkanlanmagan
kauchuk salga uzilmaydi, erituvchilarda tez eriydi.
Rezina esa mustaxkamligi yuqori, erituvchilarda erimaydi.
Sifatli rezina mahsulotlarini olishda va uni tayyorlashda hamda ta’mirlashda
3 ta zaruriy sharoitlar bo`lishi kerak: rezina qorishmasini kerakli haroratgacha
qizdirilishining davomiyligi va kerakli mahsulotning press bosimda tayyorlanish.
Turli sifatli rezinalar olish uchun kauchukka oltingugurtdan tashqari boshqa
moddalar qo`shiladi, bularning umumiy nomlanishi ingradientlar deyiladi.
Kauchukka har xil ingradientlarning qo`shilishi rezinaga maxsus xususiyatlar
beradi. Vaqt o`tishi bilan yorug`lik va issiqlik ta’sirida rezina egiluvchanlikni
yo`qotib, qattiq va mo`rt bo`ladi. Buyum yuzasida mayda yoriqlar hosil bo`ladi. Bu
ko`rinish rezinaning chirishi deb ataladi va kauchuk uglevodorodining
oksidlanishiga olib keladi.
Avtomobil harakatida g‘ildirak g‘ilofi qizib,
uning mustahkamligi
kamayadi, gazlama va rezina qatlamlari o‘zaro aloqasi sustlashadi, karkasning
qatlamlanishiga olib keladi.
Shinaning qizishiga havo harorati, g‘ildirakka yuklanish,
avtomobil
harakatining tezligi va yo‘l tavsifi ta’sir qiladi.
Haroratning tushishida tebranishli uglerod atomi sustlashadi, molekulaning
tekislanishi qiyinlashadi va rezina o‘zining elastikligini yo‘qotadi, avval qattiq,
keyin shiddatli bo‘lib – u muzlaydi.
Rezina yamash jarayoni oltingugurt yordamida rezina qorishmasi kerakli
haroratdi uzoq vaqt chidamliligi isbotlandi. Bunda oltingugurt
atomlari kauchuk
molekulalari bilan ikkilamchi aloqa joylarida birikishi rezina material molekula
tuzilishini tashkil qiladi.
Sifatli rezina mahsulotlarini olishda va uni tayyorlashda hamda ta’mirlashda
3 ta zaruriy sharoitlar bo‘lishi kerak: rezina qorishmasini kerakli haroratgacha
qizdirilishining davomiyligi va kerakli mahsulotning press bosimda tayyorlanish.
Tabiiy va izopren kauchukning rezina qorishmasi vulkanizatsiya harorati
150-160
0
S ga teng. SHina ta’mirlash korxonalarida vulkanizatsiya harorati 143
0
–
66
145
0
S ga teng. Vaqti esa 30 dan 140 daqiqagacha, bosim 6 dan 20
0
KGS/t
2
gacha
va yuqoridir.
Turli sifatli rezinalar olish uchun kauchukka oltingugurtdan tashqari boshqa
moddalar qo‘shiladi, bularning umumiy nomlanishi ingredientlari deyiladi.
Kauchukka har xil ingredientlarning qo‘shilishi rezinaga maxsus xususiyatlar
beradi.