84
Avtomobil sanoatida ML-12 turidagi bo‘yoqlardan tashqari boshqa turdagi
parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi bo‘yoqlardan ham
foydalaniladi. Bunday bo‘yoqlar jumlasiga quyidagilar kiradi: melaminalkidli
gruntovkalar GF-017 (fosfatlangan sirtga ega bo‘lgan uzel va detallarni bo‘yashda
ishlatiladi); ML-152 emali (yuk avtomobillarining kabina va qanotlarini bo‘yashda
ishlatiladi); ML-197 va ML-1100 emallari (engil avtomobillarning kuzovi,
qanotlari va uzellarini bo‘yashda ishlatiladi); mochevina-alkidli emallar MSH-123
(avtomobil ramalari, g‘ildirak disklari, radiatorlar va boshqa detallarni bo‘yashda
ishlatiladi); MSH-145 (yuk avtomobillarining metall va taxta platformalarini
bo‘yashda ishlatiladi); fenolformaldegid-alkidli emal. FL-787 (yonilg‘i baklarining
ichki sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi); alkidli-stirolli shpatlyovka MC-006, emal
MC-17 (dvigatelni bo‘yashda ishlatiladi) va boshqalar.
Termoplastik smolalardan olinadigan perxlorvinilli va akrilli emallar
metallar, yog‘och, betonni bo‘yashda keng ishlatiladi. Hosil bo‘lgan pardalar
yonmaydi, nam ta’siriga chidamli, neft mahsulotlari tegadigan sharoitda ham
ishlay oladi. Perxlorvinilli emallar xona haroratida 2—3 soat mobaynida quriydi.
Akril smolalar asosida olingan emallar yaxshi mexanik xossalarga ega. Agar ular
epoksid asoaidagi gruntovka ustidan surtilsa, qoplama 6 yilgacha yaroqli holatda
saqlanadi.
Ko‘pgina lak-bo‘yoq materiallar epoksid smolalar, bakelit laki kabi
termoreaktiv smolalar asosida olinadi. Plastifikatorli emallar 200—300°C gacha
haroratda ham ishlay oladi. Ularning ko‘pchiligi sovuqlayin (xona haroratida)
qurishi mumkin. Agar qoplama 110—140°C haroratda qizdirib quritilsa, xossalari
yaxshilanadi.
Kremniyorganik smolalar asosida issiqqa chidamli bo‘yoqlar ishlab
chiqariladi. Ishlab chiqariladigan laklar, bo‘yoqlar markalarining ko‘pligi va ularni
belgilashda bir xillik yo‘qligi anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Har bir muayyan
holda ushbu material uchun berilgan tavsiyalarga rioya qilish zarur.