89
shaxmat taxtasi usuli bilan aniqlanadi. Ikkala holda ham cho‘tka bilan surtilgan va
hali qotmagan emal va bo‘yoqlarning berkituvchanligi aniqlanadi.
Bo‘yoqning berkituvchanligini yo‘lli oyna plastinka yordamida aniqlash.
Bunda qalinligi 2—2,5 mm bo‘lgan, rangsiz oynadan kesib olingan 100—
300 mm o‘lchamli plastinkaning bir tomoniga uzunligi 250 mm va eni 15 mm
keladigan tasma shaklidagi uch yo‘l bo‘yoq surtiladi. Plastinkaning ikkinchi chet
tomoni qora, o‘rtasi esa oq rangga bo‘yaladi. Plastinkaning
ikkinchi tomoniga
sinalayotgan material cho‘tka bilan yupqa qilib surtiladi. Oq qog‘oz ustiga
qo‘yilgan plastinkaning
sirti tasma shaklida, uch yo‘lli bo‘yoq surtilgan ranglar
ko‘rinmay qolguncha bo‘yash davom ettiriladi. Agar
birinchi qatlam berilgandan
so‘ng oq va qora yo‘llar ko‘rinsa, u holda qatlam 5 minut davomida quritiladi va
ikkinchi qatlam bo‘yoq beriladi va shunday yo‘l bilan bo‘yash oq va qora yo‘lli
ranglar ko‘rinmay qolguncha davom ettiriladi. Shundan so‘ng bo‘yalgan oyna
plastinka 50—60°C haroratda 10 minut davomida quritiladi. Bo‘yashdan oldin va
bo‘yalgandan keyin plastinka tortiladi va uni berkitish uchun sarf bo‘lgan
sinalayotgan bo‘yoqning miqdori aniqlanadi.