Book · April 020 citations reads 71 author




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/65
Sana17.12.2023
Hajmi1,92 Mb.
#121731
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
Bo‘yoqning qovushoqligi.
Qovushoqlik lak-bo‘yoq materiallarining muhim xususiyatlaridan biri 
hisoblanadi. Bo‘yoqning qovushoqligini to‘g‘ri belgilash va bo‘yoq tayyorlash 
jarayonida qovushoqlikni ma’lum chegarada bo‘lishini ta’minlash talab etiladi. 
Bo‘yoqning qovushoqligini aniqlashda V3-4 rusumli viskozimetrdan 
foydalaniladi. V3-4 viskozimetrining sig‘imi 100 ml bo‘lgan plastmassa stakan 
ko‘rinishida tayyorlangan idish tubida diametri 4 mm qilib kalibrlangan teshik 
mavjud, bu teshik po‘lat zoldir 2 bilan berkitiladi, zoldir yuzasiga stakandan 
tashqariga chiqib turuvchi simli ip kavsharlangan. Viskozimetr yuqori sathigacha 
sinalishi lozim bo‘lgan bo‘yoq bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng bo‘yoqning 
qovushoqligini uning stakandan oqib tushish vaqtini sekundomerda aniqlash yo‘li 
bilan belgilanadi. Sekundomer zoldir unga kavsharlangan sim yordamida 
bo‘yoqdan tezlik bilan tortib chiqarilgan paytda ishga tushiriladi va bo‘yoqning 
stakandan to‘la oqib tushgungacha o‘tgan vaqt uning qovushoqligi deb belgilanadi. 


90 
Bo`yoq bir jinsli yuzaga bir tekis qilib surtilganda shu yuzaning avvalgi 
rangini ko`rinmaydigan holga keltirish xususiyati yoki ular oq-qora rangli yuzaga 
surtilganda undagi oq va qora joylar orasidagi farq yo`qolib, yuzaning hammasini 
bir xil rangli qilib ko`rsata olish xususiyatlari shu bo`yoq va emalning 
berkituvchanligi deyiladi. Bo`yoqlarning berkituvchanligi 1 m

yuzaning oldingi 
rangini ko`rinmaydigan holga kelguncha bo`yash uchun sarf bo`lgan bo`yoqning 
gramm hisobidagi miqdori bilan ifodalanadi. Bo`yoqlarning berkituvchanligi 
shaxmat taxtasi kabi chizilgan oyna plastinkada aniqlanadi. Bunda qalinligi 2—2,5 
mm bo`lgan, rangsiz oynadan kesib olingan 100—300 mm o`lchamli plastinkaning 
bir tomoniga uzunligi 250 mm va eni 15 mm keladigan tasma shaklidagi uch yo`l 
bo`yoq surtiladi. Plastinkaning ikkinchi chet tomoni qora, o`rtasi esa oq rangga 
bo`yaladi. Plastinkaning ikkinchi tomoniga sinalayotgan material cho`tka bilan 
yupqa qilib surtiladi. Oq qog`oz ustiga qo`yilgan plastinkaning sirti tasma shaklida, 
uch yo`lli bo`yoq surtilgan ranglar ko`rinmay qolguncha bo`yash davom ettiriladi. 
Agar birinchi qatlam berilgandan so`ng oq va qora yo`llar ko`rinsa, u holda qatlam 
5 minut davomida quritiladi va ikkinchi qatlam bo`yoq beriladi va shunday yo`l 
bilan bo`yash oq va qora yo`lli ranglar ko`rinmay qolguncha davom ettiriladi. 
Shundan so`ng bo`yalgan oyna plastinka 50—60°C haroratda 10 minut davomida 
quritiladi. Bo`yashdan oldin va bo`yalgandan keyin plastinka tortiladi va uni 
berkitish uchun sarf bo`lgan sinalayotgan bo`yoqning miqdori aniqlanadi. 

Download 1,92 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Book · April 020 citations reads 71 author

Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish