78
0010
bilan 5 mm gacha) bo‘lgan
nuqsonli
yuzalarda kimyoviy turg‘un qoplam
hosil qilishda ishlatiladi.
EN-0020
20
24
5
mm gacha egilgan yuzalarni
to‘g‘rilashda ishlatiladi.
Shpatlyovkalar quyuq pastadan iborat bo‘lgani sababli, quriganda yorilib,
uvalanib ketmasligi uchun shpatlyovka qatlamining umumiy qalinligi 2 mm dan,
bir marta surtilgan qatlamning qalinligi esa 0,5 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Gruntovkalangan
sirtning avval biror eriga, so‘ngra butun sirtiga yaxlit qilib
shpatlyovka surtiladi.
Qatlamlarning umumiy son! to‘rttadan
oshmasligi, navbatdagi qatlamni
surtishdan oldin avvalgisi quritilishi lozim. Quritgandan so‘ng har biri shpatlyovka
qatlami dag‘al (80—120 raqam) jilvir qogoz bilan jilvirlanadi. So‘ngra
tashqi
qatlam suv yoki erituvchi bilan namlanib, suvga chidamli 150—180
raqamli
mayin jilvir qog‘oz yoki pemza bilan jilvirlanadi. Sirt qo‘lda yoki maxsus
mashinalar
bilan jilvirlanadi, so‘ngra latta, cho‘tka yoki changyutkich bilan
changdan tozalanadi.