• Slovari
  • So‘zlarni band qilish.
  • Servis /Zarezervirovat
  • Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari




    Download 45,03 Mb.
    bet52/142
    Sana17.11.2023
    Hajmi45,03 Mb.
    #100159
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   142
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala

    Lug‘atni tanlash. Foydalaniladigan lug‘atlar ro‘yxati axborot panelidagi foydalaniladigan lug‘atlar qo‘shimcha varaqasida keltirilgan. Lug‘atlar ko‘rsatilgan tartibda ko‘riladi, shu bilan birga keyingi lug‘atga o‘tish ko‘rilayotgan lug‘atda kerakli so‘z bo‘lmagan taqdirdagina amalga oshiriladi. Tarjima sifatiga nafaqat lug‘atlarning soni, balki ularning programmada terilish tartibi ham ta’sir ko‘rsatadi.
    Shunga alohida e’tibor berish kerakki, programmadagi terilishda, odatda, birinchi bo‘lib iste’mol lug‘ati turadi. Iste’mol lug‘atlari tahrir qilish va o‘zgartirish uchun ochiq bo‘ladi. Shu tariqa, foydalanuvchi tomonidan to‘ldirilgan va o‘zgartirilgan maqolalar birinchi navbatda e’tiborga olinadi.
    Foydalanilayotgan lug‘atlar ro‘yxatini o‘zgartirish uchun Slovari (lug‘atlar) menyu bandini va tarjimaning kerakli yo‘nalishini tanlash kerak. Shuningdek, tarjima asboblar panelidagi Slovari (lug‘atlar) bandini bosish mumkin. Bunda tarjimaning tanlangan yo‘nalishiga muvofiq keluvchi qo‘shimcha varaqadan iborat bo‘lgan Slovari (lug‘atlar) muloqot oynasi ochiladi.
    Bu muloqot oynasi qo‘shimcha lug‘atlarni ko‘rish, ulash va o‘chirish, yangi iste’mol lug‘atlarini yaratish, shuningdek, lug‘atlarni ko‘rish tartibini boshqarish imkonini beradi.
    Shu bilan birga «har ehtimolga qarshi» qo‘shimcha lug‘at-larni qo‘shish tavsiya etilmaydi, chunki bu programma ishini sekinlashtiradi va tarjima sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    So‘zlarni band qilish. Idoradagi ishlarni avtomatlashtirish. Ko‘pgina hujjatlar faqat «qisman» tarjimani talab etadi. Atama so‘zlar va tushunchalar asliyat tilida qolishi kerak. Masalan, kompyuterga doir adabiyotlarda programma, operatsion sistemalar va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar nomlarini tarjima qilish yoki ularni o‘zgartirish maqbul emas.
    Avtomatik tarjima sistemasi ma’lum so‘z yo so‘z birikmasini tarjima qilmasligi uchun ushbu so‘zni band qilish darkor. Band qilingan so‘zlar axborot panelidagi Band qilingan so‘zlar qo‘shimcha varaqasidagi ro‘yxatda sanab o‘tiladi. Hujjat matnida band qilingan so‘z uchrashi bilan u boshqa rangda ajralib ko‘rinadi.
    Band qilingan so‘zlar ro‘yxatiga biron bir so‘zni qo‘shish uchun uni ajratish va Servis/Zarezervirovat (cervis / band qilish) buyrug‘ini berish yoki Tarjima asboblar panelidagi Zarezervirovat slovo (so‘zni band qilish) bandini tanlash kerak.
    Hujjatni programma ichki formatida saqlash paytida band qilingan so‘zlar ro‘yxati fayl bilan birgalikda saqlanadi. Promt programmasida, shuningdek band qilingan so‘zlar ro‘yxatini keyinchalik tarjima qilinayotgan hujjatga ulash bilan birgalikda mustaqil ravishda saqlash, shuningdek shunday ro‘yxatni boshqa hujjatdan olish imkoni ko‘zda tutilgan.
    Band qilingan so‘zlarning yagona lug‘atidan foydalanish imkoniyati bir mavzuga aloqador bir guruh hujjatlar bilan yoki bitta katta hujjatning ko‘plab qismlari bilan ishlashda nihoyatda qulaydir.

    Download 45,03 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   142




    Download 45,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari

    Download 45,03 Mb.