• Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi)
  • O‘xshashlik Farq
  • Savollar Javoblar
  • 7-mavzu. Tarjima qiluvchi dasturlar. Reja: Tarjimon dasturlari va ularning axamiyati. Promt dasturi va undan foydalanish.
  • Avtomatik tarjima vositalaridan foydalanish.
  • Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari




    Download 45,03 Mb.
    bet49/142
    Sana17.11.2023
    Hajmi45,03 Mb.
    #100159
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala

    Tarqatiladigan material - qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo‘lljalangan materiallar. Ular bir betda ikki, to‘rt yoki olti slaydlar chop etilgan bo‘ladi.
    Ma’ruza konspekti - Power Pointda prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo‘ladi.
    Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavxasini, shuningdek grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishi ichiga olgan hujjat.












    T-sxema
    MS Word va MS Power Point dasturlaridagi o‘xshashlik va farqlar



    O‘xshashlik

    Farq



















    «Blits-so‘rov» savollari savol-javob vaqtida to‘ldiriladi.







    Savollar

    Javoblar

    1.

    MS Power Point dasturi qanday ishga tushiriladi?






    2.

    MS Power Point dasturi ishchi stolining asosiy ob’ektlarini sanab bering.




    3.

    Slayd shablonlari qanday tanlanadi?




    4.

    MS Power Point dasturida rasm chizish qaysi panel orqali amalga oshiriladi?




    7-mavzu. Tarjima qiluvchi dasturlar.
    Reja:

    1. Tarjimon dasturlari va ularning axamiyati.

    2. Promt dasturi va undan foydalanish.

    3. Internet sahifalarini tarjima qilish.

    4. Tarjima qilingan hujjatlar bilan ishlash.

    A gar ingliz tilida yozilga adabiyot va jurnallarni o‘qimoqchi bo‘lsangiz va ingliz tilini bilmasangiz, sizga yordamchi tarjimon programmalardan foydalanishni maslaxat beramiz. Buning uchun avvalo bu faylni kompyuterning qattik diskiga yoki disketaga ko‘chirib olish va so‘ng Styles, Socrat, Promt 98 yoki boshqa tajrimon programmalar yordamida rus tiliga tarjima qilishingiz mumkin. Keyinchalik o‘zbek tiliga tarjima qiladigan programmalar ham albatta paydo bo‘ladi.


    Avtomatik tarjima vositalaridan foydalanish. Avtomatik tarjima programma vositalarini shartli ravishda ikkita asosiy toifaga bo‘lish mumkin.
    Birinchi toifa kompyuter lug‘atlaridan iborat. Kompyuter lug‘atlarining vazifasi oddiy lug‘atlar vazifasi bilan bir xil: noma’lum so‘z mazmunini anglatadi. Kompyuter lug‘atlarining afzalligi kerakli so‘z mazmunini avtomatik izlash va topishning qulayligi va tezligida ko‘rinadi. Avtomatik lug‘at, odatda, so‘z tarjimasini berilgan klavishlar kombinatsiyasini bosish orqali so‘zlarni tarjima qilish imkonini beradi. Lug‘at nafaqat so‘zlar, balki tipik so‘z birikmalarini ham o‘zida jamlashi mumkin.
    Ikkinchi toifaga to‘liq matnni avtomatik tarzda tarjima qilishga imkon beruvchi programmalar kiradi. Ular bir tildagi (xatosiz tuzilgan) matnni qabul qilib, boshqa tildagi matnni beradi. Ish jarayonida programma qamrovli lug‘atlar, grammatik qoidalar majmui va programma nuqtai nazaridagi eng sifatli tarjimani ta’minlovchi boshqa omillardan foydalanadi.
    Ushbu vositalardan foydalangan holda programma boshlang‘ich matndagi gaplarning grammatik tarkibini tahlil qiladi, so‘zlar orasidagi aloqani topadi va jumlaning boshqa tildagi to‘g‘ri tarjimasini qurishga intiladi. Gap qancha qisqa bo‘lsa, tarjima shuncha to‘g‘ri chiqishiga imkon yaratiladi. Uzun gaplar va murakkab grammatik gap qurilishlarida tarjima sistemasi yaxshi natijaga olib kelmasligi mumkin.
    Hozirda dunyoda ingliz tilidan boshqa tilga va boshqa tildan ingliz tiliga avtomatik tarjima qiluvchi programmalar keng qo‘llanilyapti. Bu ingliz tilining xalqaro muloqot borasida etakchi rol o‘ynayotganligi bilan izohlanadi. Ingliz tili o‘rganish uchun ancha qulay va sodda, lekin uning soddaligi avtomatik tarjima sistemalari uchun kutilmaganda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. Hamma gap shundaki, ingliz tilidagi bir xil yozilgan so‘zlar ko‘pincha nutqning turli qismlariga tegishli bo‘ladi. Bu gapning grammatik tahlilini qiyinlashtiradi va avtomatik tarjimadagi qo‘pol xatolarning yuzaga kelishiga olib keladi.
    Biz kundalik faoliyatda tarjima programmalarining ko‘p turlarini uchratishimiz mumkin. Lekin biz quyidagi eng ko‘p tarqalgan va tanilgan Stylus programmalariga to‘xtaymiz.

    Download 45,03 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142




    Download 45,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari

    Download 45,03 Mb.