• Perevod/Ves matn/
  • Perevod tekuhego abzatsa
  • Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari




    Download 45,03 Mb.
    bet51/142
    Sana17.11.2023
    Hajmi45,03 Mb.
    #100159
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala

    Avtomatik tarjima. 1. Matnni o‘z ichiga oluvchi boshlang‘ich matn faylning oddiy tarjimasi Promt programmasi yordamida osonlikcha bajariladi. Avvalo faylni boshlang‘ich matn bilan to‘ldirish kerak. Bu FaylG‘Otkro‘t Faylni ochish buyrug‘i bilan yoki Standart (Standartnaya) asboblar paneli yordamida bajariladi.
    2. Boshlang‘ich faylning nomini tanlagandan so‘ng programma (Konvertirovat fayl)-Faylni o‘zgartirish muloqot oynasini ochadi. Ushbu muloqot oynasida avtomatik tarzda fayl formati va tarjimaning zaruriy yo‘nalishi tanlanadi. Foydalanuvchining faqat parametrlar to‘g‘ri berilganligiga ishonch hosil qilib, OK bandini bosishi kerak bo‘ladi, xolos.
    3. Boshlang‘ich hujjat kompyuterga kiritiladi va avvaliga vaqtinchalik tarjima qilinuvchi matn va u bilan birga tarjima o‘z o‘rnida aks etadi. Tarjimaning amalga oshishi uchun tarjimasi Perevod/Ves matn/butun matn menyusidagi bandini tanlash yoki Perevod (tarjima) asboblar panelidagi Ves tekst (to‘la matn) bandidan foydalanish kerak. Tarjima anchagina murakkab va sekin o‘tuvchi amaldir. Tarjima jarayonida programmaning asosiy oynasida boshlang‘ich matnni o‘tkazib turish va boshlang‘ich matnni boshqa tildagi matn bilan almashtirib borish mumkin.
    4. Hujjatning oxiriga etib kelgach, boshlang‘ich tarjima natijasi matnlarini ko‘rib chiqish va shu bilan birga tahrir ham qilish mumkin.
    5. Agar tarjima qilinuvchi matnga o‘zgartirishlar kiritilsa, o‘zgartirilgan abzatslarni qaytarish mumkin. Buning uchun Perevod tekuhego abzatsa (joriy abzats tarjimasi) buyrug‘idan foydalaniladi yoki Tarjima programmasi asboblar panelidagi Tekuhiy abzats (joriy abzats) bandi bosiladi. Ushbu holatda tarjimaning barcha qolgan abzatslari o‘zgarishsiz qoladi.
    Lug‘atlar bilan ishlash. Avtomatik tarjimaning sifati qanday lug‘atdan foydalanilayotganligiga bog‘liq. Promt sistemasi umumiste’-moldagi so‘zlardan iborat bo‘lgan bosh lug‘at, shuningdek turli sohaning ixtisoslashgan lug‘atlarini o‘z ichiga oladi.
    Ixtisoslashgan lug‘atlarga bo‘lgan zaruriyat inson faoliyatining turli jabhalarida ushbu sohaga tegishli tushunchalarni ifodalovchi turli terminlar qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Bu terminlardan ba’zilari o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lishi, ba’zilari kundalik turmushda, ba’zida boshqacha ma’noda ishlatilishi mumkin. Maxsus matnlar tarjimasida terminlar faqat muvofiq keluvchi mazmunda ishlatilishi kerak.
    Misol uchun inglizcha box so‘zini olamiz. Universal lug‘atlar uni yashik (quti) deb tarjima qilishlari mumkin. Lekin programma ta’minoti bilan bog‘liq matnlarda bu so‘z muloqot oynasi ma’nosini anglatadi.
    Tarjima sifatini oshirishning boshqa usuli programmaga u tarjima qila olmaydigan yoki tarjima qilmasligi kerak bo‘lgan ba’zi so‘zlarni ishlatish usulini ko‘rsatishdan iborat. Buning uchun tarjima qilinmaydigan so‘zlar (masalan, Windows)ni bandlab qo‘yish va programma lug‘atida bo‘lmagan so‘zlar tarjimasi qoidalarini berish zarur.

    Download 45,03 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




    Download 45,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari

    Download 45,03 Mb.