|
Promt programmasining qolgan sozlovlari
|
bet | 54/142 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 45,03 Mb. | | #100159 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalaPromt programmasining qolgan sozlovlari. Avtomatik tarjima sistemasi ishining samarasi va sifati asosan unda mavjud lug‘atlar tarkibi va ularning sifatiga bog‘liq. Lug‘atlarning sifati esa ular qanday tartib bilan to‘ldirilganiga qarab belgilanadi.
Promt programmasi qolgan sozlovlarining ishi ekran ko‘rinishining o‘zgartirilishi va ba’zi texnik amallarning o‘ziga xosligini berishga qaratilgan. Programmaning umumiy sozlovlari Servis-Parametri (Servis-Parametrlar) buyrug‘i bilan yoki Servis asboblar panelidagi Parametro‘ (parametrlar) bandi yordamida ochiladigan programmalar parametrlarini Nastroyka (sozlash) muloqot oynasida bajariladi.
2. Ushbu muloqot oynasi ikkita qo‘shimcha varaqga ega. Raznoe (turli) qo‘shimcha varaqasi programma sozlovining parametrlarini o‘zgartirish imkonini beradi. Bu erda boshlang‘ich matnni kiritishda tarjima oynasi qanday to‘ldirilishi kerakligi ko‘rsatiladi, band qilingan so‘zlar ro‘yxatining avtomatik kiritilishi yoritiladi, lug‘atlarga etish darajasi aniqlanadi.
3. Ispolzovat (foydalanish) bayroqchasi lahzalik tar-jima, alohida so‘zlar va ajratilgan qismlar tarjimasini maxsus oynasi aks ettiriladi.
4. Tsvet (rang) qo‘shimcha varaqasi matnning turlicha elementlariga rang berish, shuningdek abzatslarning maxsus belgisi (markirovka)ni o‘chirishga imkon beradi.
5. Sozlovning qo‘shimcha imkoniyatlari asboblar paneli mundarijasini o‘zgartirishdan iborat. Programma bilan ishlash tajribasi to‘plangandan keyin ayon bo‘ladiki, asboblar panelidagi satr klavishalar foydalanilmayapti, shu bilan birga tez-tez bajariluvchi operatsiyalar klavishalari yo‘q. Asboblar paneli tarkibi Panellar Servis/Nastroyka (servis/sozlov) buyrug‘i bilan o‘zgartiriladi.
6. Nastroyka instrumentalno‘x paneley (asbob panellari sozlovi) muloqot oynasida Kategorii (kategoriyalar) ro‘yxati menyu satrlarining bandlari nomidan iborat. Agar ushbu bandlaridan istalgani tanlansa, Knopki (klavishalar) panelida muvofiq menyudan buyruq uchun klavishalar paydo bo‘ladi. Tugmacha qo‘shish uchun uni muloqot oynasidan asboblar paneliga olib o‘tish kerak. Asboblar panelidan keraksiz klavishani olib tashlash asboblar panelidan muloqot oynasi ichiga olib o‘tish orqali amalga oshiriladi.
|
| |