|
Urg’ochi eshaklarning jinsiy a’zolari
|
bet | 5/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTUrg’ochi eshaklarning jinsiy a’zolari biyalarning jinsiy a’zolaridan faqat kattaligi bilan farq qiladi. Qin dahlizining uzunligi 10-13 sm, qinning uzunligi 15-18 sm. Eshaklarda xudi biyalarnikiga o’xshash qin shilliq pardasining yuzasida uzinasiga katta va baland, ko’ndalangiga kichik burmalar mavjud bo’lsada, unchalik kuchli namoyon bo’lmaydi. Bachadon buyinasining uzunligi 5-6 sm, bachadon tanasi - 10-12, shoxlari - 17-20 va tuxum yo’llarining uzunligi 22-25 sm gacha bo’ladi.
Urg’ochi tuyalarning jinsiy a’zolari. Jinsiy lablarning tuzilishi sigirlarnikiga o’xshash. Klitor jinsiy tirqishning pastki burchagida joylashgan va tashqariga chiqadigan darajada burtib turadi. Siydik chiqarish kanalining teshigi juda tor bo’lib, undan sigirlar va biyalar uchun katetrlar o’tmaydi. Uning yonida ikkita chuqurcha joylashgan bo’lib, gartner yo’llarining qoldig’i hisoblanadi.
Tuyalarda qin dahlizining uzunligi 7-8, qinnig uzunligi - 24-26 sm. Qinning shilliq pardasi uzinasiga joylashgan burmalardan tashqari yaxshi rivojlangan aylana joylashgan burmalarga ham ega. Qinning shilliq pardasi kubiksimon epiteliy bilan qoplangan bo’lib, bachadon buyniga yaqin joylarida prizmatik epiteliyga aylangan. Bachadon buynining burtib chiqqan qismi unchalik namoyon bo’lmasdan, 0,5-1 sm ni tashkil etadi.
Bachadonnig buyni uzunligi 5-6 sm bo’lib, shilliq pardasida kuchli rivojlangan muskul tolalaridan iborat 3-6 ta yaxshi seziladigan aylana burmalar mavjud. Qisqa (5-6 sm) bachadon tanasi 2 ta yaxshi rivojlangan va bir biridan ancha uzoqda joylashgan shoxlarga tutashadi. Bachadon shoxlarining uzunligi 12-14 sm. Katta yoshdagi tuyalarda bachadonning chap shoxi o’ng shoxiga nisbatan 3-4 sm uzunroq bo’ladi. Bachadonning shilliq pardasida karunkulalar bo’lmaydi. Bachadon shoxlarining uch qismida fallopiyev naychasi so’rg’ichsimon shaklda burtib turadi. Tuxumdonlar dumaloq shaklda. Ularning tuzilishi va jinsiy siklning ayrim bosqichlarida kuzatiladigan o’zgarishlar xuddi kavshovchi hayvonlardagidek bo’ladi. Jinsiy siklning turg’unlashish bosqichida tuxumdonlarning kattaligi 1-1,5 sm atrofida bo’ladi.
|
| |