|
Urg’ochi cho’chqalarning jinsiy a’zolari
|
bet | 6/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTUrg’ochi cho’chqalarning jinsiy a’zolari. Cho’chqalarda jinsiy tirqishning ventral qismi o’tkir burchak hosil qiladi. Klitor uzun va ingichka bo’lib, biroz o’tmaslashgan boshcha bilan tugaydi.
Qin dahlizining uzunligi hayvon tanasining kattaligiga ko’ra 5-10 sm bo’lib, shilliq pardasi ko’ndalang va uzinasiga joylashgan burmalarni hosil qiladi.Uzinasiga burmalarda vestibulyar bezlar bir qator joylashadi. Shilliq pardaning ostida yon devorlarning venteral qismida g’ovak tana tugunlari joylashgan bo’ladi.
Siydik chiqarish kanali yosh urg’ochi cho’chqalarda yarim aylana yoki aylana burmalar shaklida bo’ladi. Katta yoshdagi hayvonlarda esa bu burmalar sezilarsiz darajada bo’ladi.
Qin uzun muskulli nay shaklida bo’ladi. Bachadon bo’yni uzun (12-20 sm) bo’lib, hyech qanday chegarasiz qin va bachadon tanasi bilan birikib ketadi. Bachadon bo’ynining shilliq pardasida burmalar va burtiklar bo’lib, ular bir-biriga qarama-qarshi shunday joylashadiki, natijada egri burg’usimon kanal hosil bo’ladi. Burmalar qindan bachadonga tomon balandlashib boradi. Bundan tashqari shilliq pardada ko’p sonli uzinasiga joylashgan burmalar ham bo’ladi.
Bachadonning tanasi uzunligi 5-6 sm bo’lib, ikkita uzun shoxlarga tutashadi. Bachadonning ikkala shoxlari avvaligi bir -biriga birikib, 5-10 sm dan keyin o’zlarining devorlarini hosil qilib ajralib ketadi. Shoxlarning ikkiga ajralish joyida charvilarga tutashgan bir necha tutqichlar hosil bo’ladi. Katta yoshdagi cho’chqalarda bachadon shoxlarining uzunligi 100-200 sm gacha bo’ladi.
Bachadonning shoxlari torayib borib, tuxum yo’llariga aylanadi. Tuxum yo’llari mayda buramlarga ega va voronkasimon kengayib tugaydi. Katta yoshdagi cho’chqalarda tuxum yo’lining umumiy uzunligi 25-30 sm, uning toraygan qismi jami uzunligining ¼ - ½ qismini tashkil etadi. Odatda chap tuxum yo’li o’ngiga nisbatan uzunroq bo’ladi.
Cho’chqalarda tuxumdonlar kuchli rivojlangan tuxumdon bursasi va pardasi bilan o’ralgan bo’ladi. Ularning uzunligi o’zgaruvchan bo’lib, yuzasi notekis, tut mevasining ko’rinishida bo’ladi. Yuzasining notekisligini unda follikulalarning yoki sariq tananig har xil darajada rivojlanayotganligi bilan izohlash mumkin.
|
| |