• 2-rasm. Qo’ylarda bachdon bo’yni
  • Biyalarning jinsiy a’zolari




    Download 2,5 Mb.
    bet4/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Biyalarning jinsiy a’zolari. Jinsiy lablar terisida ko’plab ter va yog’ bezlari joylashgan. Jinsiy lablar ichki yuzasining shilliq pardasi ko’p qavatli epiteliy bilan qoplangan. Jinsiy lablar pastki tomonda dumoloqlashgan burchak hosil qilib, yaxshi rivojlangan klitorning boshchasiga birikadi. Klitorning ikkala yonida shilliq pardalar burmalar hosil qilib, erkak hayvonlarning pripusiya xaltasiga o’xshash shaklni egallaydi.
    Qin dahlizining uzunligi 8-16 sm. Uning yonlarida ikki qator bo’lib, naychasimon bezlar joylashadi. Ular qin dahlizi yuzasiga bir necha irmoqlar shaklida ochilib, hayvonning kuyikishi paytida va qin dahlizining yallig’lanishlarida sekret ajratadi. Bulardan tashqari 1,5-2,5 sm cho’qurlikda qin dahlizining katta bezlari (bartolinev vestibulyar bezlari) joylashadi. Qin dahlizining ikkala yonida shilliq pardaning ostida ikkita g’ovak tana joylashgan bo’lib, fibrinoz parda bilan qoplangan. Bu g’ovak tana jinsiy aloqa paytida kuchli darajada qonga to’lishib, jinsiy lablarni qattiqlashishi, ochilishi va jinsiy aloqani osonlashishini ta’minlaydi. Qin biyalarda bachadon tomondan o’sib o’tgan peritonial parda bilan qoplangan.
    Qinning shilliq pardasi yassi ko’p qavatli epiteliy bilan qoplangan va bezlar mavjud emas; yuzasida uzinasiga katta va baland, ko’ndalangiga kichik burmalar mavjud.
    B achadon buynining uzunligi 4-8 sm, diametri 3-5 sm. Bachadon buynining orqa qismi qinga tomon 2-2,5 sm burtib turadi. Burtik yuzasidagi burmalar yulduz shaklini eslatadi. Jinsiy a’zolarning fiziologik holatiga ko’ra, bachadon buynining konturi va uning yuzasi o’zgarishi mumkin.
    Bachadonning tanasi muskulli a’zo bo’lib, bachadonning shoxlariga tutashadi. Bachadonni uning shoxlariga tutashadigan joyi “bachadonning tubi” - deb ataladi. Bachadon tanasinig uzunligi 8-15 sm, kengligi 7-12 sm. Bachadon shoxlarining uzunligi 14-30 sm, kengligi 3-7 sm.

    2-rasm. Qo’ylarda bachdon bo’yni (ko’ndalang kesmasi).

    Tuxum yo’llarinig uzunligi 14-30 sm, kuchli egrilangan, uning qorin tomondagi uchi kengayib borib voronka (abdominal teshik) hosil qiladi, unig notekis qirrasi tuxumdonning ovulyasiyalanuvchi chuqurchasi atrofida joylashadi.


    Tuxumdonlar dumaloq, nuxatsimon yoki notug’ri oval shaklda bo’lib, qorin bo’shlig’ida joylashadi. O’ng tuxumdon 3-4-, chap tuxumdon esa 4-5- bel umirtqasiga osilib turadi. Tuxumdonlar bachadon shoxining uch qismi bilan tuxumdonlar tutqichi yordamda tutashadi.
    Biyalarda tuxumdonlarning diametri 2 sm dan 10 sm gacha bo’lib, jinsiy siklning bosqichi va shuningdek, voyaga yetgan follikulalarning soni va kattaligiga bog’liq bo’ladi. Ularning kattaligi va joylashishi tuxumdonlarning shakliga ham ta’sir etishi mumkin.
    Tuxumdonlar, tuxum yo’llari, bachadonning shoxi, tanasi, buyni va qinning bir qismi qorin bo’shlig’ida peritonial pardaning juft burmalariga bachadonning keng tutqichlari yordamida osilgan holatda joylashadi. Bu tutqichlar umirtqa pog’onasining yonlaridan boshlanib, keng plastinkalar holida tuxumdonlarning qon tomirli chetiga, tuxum yo’llari, bachadon shoxlari va bachadon tanasi va buynining yon yuzalariga tutashadi.

    Download 2,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 2,5 Mb.