|
U rg’ochi uy hayvonlarining ko’payish a’zolari
|
bet | 3/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTU rg’ochi uy hayvonlarining ko’payish a’zolari: A- biya; B- sigirlar; V- qo’ylar; G- ona cho’chqa; 1- klitor; 2- jinsiy lablar; 3- ventral va dorsal bezlar teshigi; 4- qin dahlizi yoki siydik-jinsiy sinus; 5- siydik chiqarish kanali teshigi; 6-qizlik pardasi; 7- qin (ochilgan holatda); 8- siydik xaltasi; 9- bachadon buynining qin teshigi; 10- bachadon buyni; 11- bachadonning tanasi; 12- tuxumdonning maxsus tutqichi; 13- tuxumdon; 14- tuxum yo’li; 15- bachadon shoxi (biyada chap, sigir va qo’ylarda o’ng bachadon shoxi ochilgan); 16- bachadon charvisi va bachadonning keng tutqichi va undan o’tadigan arteriya qon tomirlari.
Tuxumdonlar sigirlarda oval shaklda, uzunligi 2-5 sm, kengligi 1-2 sm gacha bo’ladi. Katta yoshdagi hayvonlarda o’ng tuxumdon chapiga nisbatan katta bo’ladi, lekin tuxumdonlarning kattaligi va shakli ularning funksional holatiga bog’liq bo’ladi.
Kavshovchilarda tuxumdonlarning kattagina yuzasi zardob pardadan holi bo’lib, bu tuxumdonlarga qon tomirlarning kirib borishi bilan bog’liqdir.
Qo’y va echkilarning jinsiy a’zolari sigir va bug’ularning jinsiy a’zolaridan anatomik jihatdan kichikligi bilan farq qiladi. Qin dahlizining uzunligi 4-5 sm, qinning uzunligi 8-12 sm. Tusoqlarda bachadon buynining uzunligi 3-5 sm, katta yoshdagi qo’ylarda 5-7 sm, shilliq pardasida 7-8 ta yaxshi rivojlangan ko’ndalang burmalar mavjud bo’lib, qinga tomon kattalashib boradi va baliqning og’ziga o’xshash tirqishni hosil qiladi (2-rasm). Bachadonning tanasi 2-4 sm bo’lib, oxirigacha buralib va torayib boruvchi bachadon shoxlariga tutashadi. Bachadon shoxlarining uzunligi o’rtacha 10-20 sm gacha bo’lib, bu urg’ochi hayvonning yoshi va zotiga bog’liq bo’ladi. Bachadonning shoxlari shilliq pardasida 88-110 tagacha karunkulalar bo’lib, tepa qismida chuqurchasi bo’ladi. Homila rivojlanayotgan bachadon shoxida karunkulalar soni nisbatan ko’p bo’ladi. Bachadon shoxlari orasidagi ariqcha yaxshi bilinadi. Tuxum yo’llari egri shaklda, uzunligi 9-18 smgacha. Tuxumdonlar oval shaklda, uzunligi 0,5-1 sm, kengligi 0,3-0,5 sm, jinsiy qo’zg’alish bosqichi paytida 2,2x2 sm gacha kattalashadi.
|
| |