• Spermiylarga harorat o’zgarishining ta’siri.
  • Spermiylarga tashqi omillarning ta’siri




    Download 2,5 Mb.
    bet14/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    Spermiylarga tashqi omillarning ta’siri. Spermiylar organizmdan tashqi muhitga chiqqandan so’ng turli xil ta’sirlarga uchraydi. Bu ta’sirlarni bilmasdan turib, spermani uzoq muddatga saqlash va spermiylarning urug’lantirish qobiliyatini oshirishga erishish mumkin emas.
    Haroratning ta’siri. Tashqi muhit haroratining o’zgarishi spermiylarga ta’sir qiladi va ular bu o’zgarishlarni turlicha qabul qiladi. Spermiylar +38-40°S haroratda yuqori faollikda (harakatchan) bo’ladi, ammo bunda ularning yashash muddati qisqaradi. Bu jarayon spermiylarda modda almashinuvining tezlashishi, oziqaviy moddalarning tez sarf bo’lishi natijasida sut kislotasining ko’p hosil bo’lishiga bog’liq. Harorat 43-45°S ga ko’tarilganida spermiylarning faolligi yanada oshadi, +47°S darajada ularning urug’lantirish qobiliyati mutlaqo yo’qoladi, +50°S haroratda spermiylarning hammasi o’ladi.
    Haroratning pasayishi (+38°S dan past bo’lganda) asta-sekinlik bilan olib borilsa, u vaqtda spermiylar chidamli bo’ladi. Haroratni tezda pasaytirish spermiylarga yomon ta’sir ko’rsatadi. Haroratni +18-16°S, ayniqsa 0°S darajagacha pasayishi spermiylarni sovuq urishi va harakatchanligi yo’qolib batamom o’lishiga sabab bo’ladi.
    Harorat shoki yoki sovuq urish holati yangi olingan urug’larni tezlik bilan kuchli sovutishda yaqqol namoyon bo’ladi. Urug’ +38°S dan 0°S gacha sovutilganda spermiylarning qariyib hammasi o’ladi. Agar urug’ olingandan so’ng bir necha soat xona haroratida saqlansa, unda ularning past haroratga chidamliligi ancha oshadi. Shundan so’ng urug’ +20°S dan 0°S gacha sovitilganda 30-50% spermiylar shok holatdan chiqadi va tirik qoladi, ammo urug’lantirish qobiliyati pasayadi.
    Spermiylarning sovuqqa chidamliligi ularni kislotali muhitda saqlaganga qaraganda harakatchanligini oshiradigan muhitda saqlanganda yuqori bo’ladi. Urug’don ortig’i kanalidan olingan spermiylarning sovuqqa chidamliligi yuqori bo’lib, ularda harorat shoki deyarli kuzatilmaydi.
    Qo’chqor va buqalardan yangi olingan sperma sovuq ta’siriga juda chidamsiz bo’ladi, bunga eyakulyatning juda oz miqdorda ekanligi va ularga sovuqning ta’siri kuchli bo’lishi sabab bo’ladi, bu ayniqsa urug’ qish oylarida sovuq urug’yig’gichlarga olinganda kuzatiladi.
    Odatda urug’ yig’gichning harorati +25-35°S, xonaning harorati +20-25°S, ishlatiladigan suyultirgichlarning harorati o’rtacha 18-20°S bo’lganda harorat shoki kuzatilmaydi.
    Urug’ni saqlashda optimal harorat 0°S hisoblanadi, bunda spermiylarning harakati to’xtab, modda almashinuvlari susayadi va ularning urug’lantirish qobiliyati uzoq vaqt saqlanadi. Bunday urug’lar sekin isitilganda spermiylarning harakati tiklanadi.
    M. P. Kuznesovning tajribasi shuni ko’rsatadiki, qo’chqorlardan olingan urug’ izotermik idishlarda 0°S da saqlanganda spermiylarning haraktchanligi 71 kungacha saqlanadi. Ammo bunda 3-4 kundan so’ng urug’lantirish qobiliyati pasayadi.
    Spermaning bu xususiyatlarini mukammal o’rganish bilan ularni past haroratda (minus 79-196°S) uzoq muddat saqlash usullari ishlab chiqilgan.
    M. P. Kuznesovning tajribasi shuni ko’rsatadiki, qo’chqorlardan olingan urug’lar izotermik idishlarda 0°S da saqlanganda spermiylarning haraktchanligi 71 kungacha saqlanadi. Ammo bunda 3-4 kundan so’ng urug’lantirish qobiliyati pasayadi.
    Spermaning bu xususiyatlarini mukammal o’rganish bilan ularni past haroratda (minus 79-196°S) uzoq muddat saqlash usullari ishlab chiqilgan.
    Osmotik bosimning ta’siri. Hayvonlarningspermasi nisbatan doimiy osmotik bosimgaega. Urug’ zardobining osmotik bosimi bilan spermiylar ichidagi osmotik bosim deyarli bir xil bo’ladi. Spermiylarning hayoti uchun spermaning suyuq qismida erigan moddalar qancha bo’lsa, xujayra protoplazmasida ham shuncha bo’lishi talab etiladi (izotoniya). Gipotonik va gipertonik eritmalar spermiylarga juda yomon ta’sir qiladi. I. I. Ivanovning aniqlashicha, spermiylar gipertonik eritmalarga qaraganda gipotonik eritmalarga yaxshi chidaydi.

    4- jadval. Spermiylarga harorat o’zgarishining ta’siri.

    Harorat, °S

    Spermiylarning harakati, mm/daqiqa

    Harakatning davom etishi

    46,5

    10-14

    1-1,5 soat

    45,0

    10-14

    1,5-4 soat

    38,0

    6-10

    12-30 soat

    17,0

    2-4

    36-120 soat

    10,0

    1-2

    72-160 soat

    5,0

    0

    120-280 soat

    0

    0

    10-24 kun

    -12

    0

    15-30 kun

    -79

    0

    365 kundan ortiq

    Spermiylar gipertonik va gipotonik eritmalarda asta-sekinlik bilan o’ladi. O’lishidan oldin ular «osmotik anabioz» - deb ataluvchi holatga o’tadi. Osmotik anabioz holatidan spermiylarni chiqarishga eritma konsentrasiyasini izotonik holatga etkazish bilan erishiladi. Ayniqsa osmotik bosimning birdan o’zgarishi spermiylarga juda yomon ta’sir qiladi. Eritmalar konsentrasiyasining sekinlik bilan o’zgarishiga spermiylar moslashib borib, uzoq yashashi mumkin.
    Spermiylar osh tuzining distillangan suvdagi - 0,5, 1, 2, va 3%-li eritmasi bilan aralashtirilganda ularning faqatgina 0,9 va 1%-li eritmalarda (izotonik) yashay olishi va harakatchan bo’lishi aniqlangan, ammo 0,5%-li (gipotonik) eritmalarda ham, 2%-li eritmada ham ularning harakatchanligi keskin kamayadi, 3%-li (gipertonik) eritmalarda esa ularning hammasi nobud bo’ladi. Bu holatni spermiylar qobig’ining fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko’ra yarim o’tkazgich membranadan iborat ekanligi bilan izohlash mumkin. Bu membrana orqali u yoki bu tomonga suv, kislorod va uglerod IV-oksidi bemalol o’tadi, ammo tuz zarrachalari, qand va boshqalar juda sekinlik bilan o’tadi.
    Shuning uchun gipotonik eritmalarda suvning hujayra sitoplazmasiga tez o’tishi hisobiga spermiylar shishadi va turgor holatga keladi, gipertonik eritmalarda esa aksincha, spermiylar sitoplazmasidagi suv ko’p chiqarilib, plazmoliz holatga keladi. Qo’chqor urug’i uchun - 6,4%, buqa va cho’chqalar urug’i uchun - 6%, quyonlar urug’i uchun - 5,4% ayg’irlar uchun - 7%-li glyukoza eritmasi izotonik eritma hisoblanadi.
    I. I. Ivanov birinchi bo’lib spermiylarning nafaqat qo’shimcha jinsiy bezlar suyuqliklarida, balki sun’iy tayyorlangan qandli va tuzli eritmalarda ham yashay olishini aniqlagan. Bu eritmalar urug’larni suyultiruvchilar deyiladi, ular qat’iy izotonik eritmalar bo’lishi kerak.
    Ionlarning ta’siri. Sperma tarkibida turli organik va anorganik moddalar bo’lib, ular ion tarkibiga ko’ra elektrlit va elektrolitmaslarga bo’linadi, ular spermaning muhitini belgilaydi. Ayg’ir va cho’chqalar spermasi tarkibida buqalar spermasiga nisbatan tuzlar (elektrolitlar) ko’p bo’ladi.
    Turli ionlarning spermiylarga ta’sirini spermani saqlash va ular uchun suyultiruvchilar tayyorlashda hisobga olish kerak. Ko’pchilik tuzli eritmalar spermiylarga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni ular spermiylarning ta’sirchanligi va harakatchanligini oshiradi, natijada spermiylar o’z energiyasini tezda yo’qotadi va nobud bo’ladi. Bundan tashqari, 2, 3 - valentli metallarning (Ca, Al, Mg) kationlari spermiylarning manfiy elektr zaryadini neytrallaydi va ularning agglyutinasiyasiga sabab bo’ladi. Bir valentli metallarning ionlari esa bunday salbiy ta’sirlarga ega emas, shuning uchun urug’ suyultiruvchilarni tayyorlashda natriy va kaliy tuzlaridan foydalaniladi.
    Eritmalar muhitining ta’siri. Spermiylarda energiya almashinuvining tezlashishi nafaqat tashqi muhit harorati va spermaning tarkibiga, balki muhitning reaksiyasiga ham bog’liq bo’ladi. Muhitning kislotali bo’lishi dissosiasiya jarayonida ajraladigan vodorod ionlarining konsentrasiyasiga (rN) bog’liq. rN - 7,07 ga teng bo’lganda muhit neytral hisoblanadi.
    Urug’don ortig’i kanalida spermiylar kislotali muhitda (rN-5,57 dan 6,9 gacha, o’rtacha 6,1) harakatsiz (anabioz holida) bo’ladi. Eyakulyasiya paytida sperma ishqoriy muhitga ega bo’lgan qo’shimcha jinsiy bezlar suyuqliklari bilan qo’shilib, uning muhiti neytral holga yaqinlashadi, bu spermiylarni anabioz holatidan chiqaradi va ular harakatlana boshlaydi.
    Yorug’lik nurlarining ta’siri. Infraqizil nurlar issiqlik effektini bersa, ultrabinafsha nurlar esa bakterisid ta’siriga ega. Shuning uchun ham quyosh nurining to’g’ri ta’siri hamda kuchli sun’iy yorug’lik spermiylarning 20-40 daqiqa ichida nobud qiladi. Shuning uchun sun’iy urug’lantirish paytida spermaga quyosh nuri to’g’ridan-to’g’ri tushmasligi kerak.
    Kimyoviy moddalarning ta’siri. Spermiylar turli xil kimyoviy moddalar ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Ayniqsa ularga yod bug’lari, kreolin, lizol, skipidar, nashatir spirti, xlorid va sulfat kislotalari, efir va boshqa uchuvchi, o’tkir hidli moddalar yomon ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun sun’iy urug’lantirish punktlari va laboratoriyalarida dori va dezinfisiyalovchi moddalar saqlanmasligi kerak.
    Sun’iy urug’lantirish punktlarida sun’iy qin va boshqa asbob-uskunalar hamda idishlarni yuvishda spermiylarga salbiy ta’sir etadigan soda eritmalari, dezinfeksiyalash uchun esa spirt yoki furasilindan foydalaniladi. Shu sababli bu eritmalarning qoldiqlarini ketkazish uchun idish va asboblar 1 %-li osh tuzi eritmasi bilan chayqaladi.
    Spermiylarga shuningdek, tamaki, atir sovun, poyafzal moyi, piyoz, sarimsoq piyoz, ayrim antibiotiklar (biomisin, sintomisin va gramisidin) va sulfanilamidlar zaharli ta’sir ko’rsatadi.
    Mikroorganizmlarning ta’siri. Sog’lom nasldor hayvonlar spermasi tarkibida mikroorganizmlar bo’lmaydi. Lekin ishlab chiqarish sharoitlarida veterinariya-sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilinmaganda urug’ turli xil mikroorganizmlar bilan ifloslanishi mumkin.
    Mikroorganizmlar spermaga sun’iy qin, nasldor hayvonlarning tanasi, jinsiy a’zolari va urug’ olinadigan xona havosidan tushadi.
    Odatda spermada turli kokklar, ichak tayoqchalari, bir xujayralilar va saprofit mikroorganizmlar shuningdek, erkak hayvonlar turli yuqumli va invazion kasalliklarining (trixomonoz, vibrioz, brusellyoz) qo’zg’atuvchilari ham uchrashi mumkin.
    Sperma olinayotgan buqaning jinsiy a’zolari kasallangan bo’lsa spermaga qon, yiringli ekssudat, siydik va boshqa moddalar aralashgan bo’ladi. Tarkibida ana shu aralashmalar bo’lgan sperma “sifatsiz” - deb topiladi va urug’lantirish uchun ishlatilmaydi.

    SPERMA OLISh USULLARI


    Sun’iy urug’lantirishdagi dastlabki va eng mas’uliyatli tadbirlardan biri erkak hayvonlardan sperma olish hisoblanadi. Sperma olishga qo’yidagi talablar qo’yiladi:
    1. Hamma hayvonlar uchun qo’lay va nasilli erkak xayvonning sog’ligiga zarar keltirmaydigan, ularda og’riq chaqirmaydigan va shartsiz jinsiy reflekslarning yaqqol namoyon bo’lishini ta’minlovchi tabiiy jinsiy aloqaga yaqin sharoitlarni yaratish;
    2. Isrofsiz va to’laqimmatli eyakulyat olishga erishish;
    3. Spermani mikrofloralar bilan ifloslanishining oldini olish, spermiylar miqdori va hayotchanligining pasayishiga yo’l qo’ymaslik;
    4. Sperma olayotgan nasldor erkak hayvonni turli xil travmalar va yuqumli kasalliklardan saqlanishini ta’minlash.
    Barcha sperma olish usullarini ikkiga bo’lish mumkin: 1. Uretral, ya’ni bevosita erkak hayvon jinsiy a’zolaridan (uretradan) sperma olish; 2. Qin orqali, ya’ni urg’ochi hayvonni tabiiy urug’lantirish va keyin qinidagi spermani yig’ib olish.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Spermiylarga tashqi omillarning ta’siri

    Download 2,5 Mb.