• Ta’lim mazmuni o’zi nima Uning ma’lumot mazmuni bilan munosabati
  • Ta’lim mazmunini tanlashga ilgari qanday yondashilgan, qanday nazariyalar bor
  • Ta’lim mazmuni boyib, rivojlanib boradimi? O’zbekistonda uni qanday yo’llar bilan takomillashtirilib borilyapti?




    Download 3,04 Mb.
    bet22/190
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #228471
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   190
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika

    Ta’lim mazmuni boyib, rivojlanib boradimi? O’zbekistonda uni qanday yo’llar bilan takomillashtirilib borilyapti?

    "Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta’limning mazmunini quyidagi yo’llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi:



    • fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish;

    • ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materiallardan qutilish;

    • o’rganilayotgan fanlar ro’yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o’quvchi yoshlar, albatta, o’zlashtirib olishi kerak bo’lgan malaka va ko’nikmalarning optimal hajmini belgilash;

    • o’quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g’oyalarni juda ham aniq bayon qilish;

    • o’quvchilarni pedagogik texnologiyalar: kompyuter, kserks, elektron pochta va shu kabi boshqa bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda shu texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.

    Umumiy ta’lim - bu o’quvchilarning har tomonlama umumiy tayyorgarligini va rivojlanishini ta’minlovich fan asoslarini egallab olishdir.
    Kasbiy ta’lim - insonning o’zi tanlagan, nisbatan tor yo’nalishdagi mehnat faoliyatiga xizmat qiladi.
    Politexnika ta’limi - o’kuvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari, uning energetikasi haqidagi bilimlar sistemasi bilan ta’minlaydi hamda inson faoliyatining turli sohalaridagi ish operatsiyalarini o’zlashtirib olish uchun baza ahamiyatiga ega bo’lgan bir qator mehnat ko’nikma va malakalarini egallash nazarda tutiladi.
    Ta’lim mazmuni o’zi nima? Uning ma’lumot mazmuni bilan munosabati
    Ma’lumot mazmuni - yoshlarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo’ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo’li bilan tanlangan bilimlar,ko’nikma-malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir4.
    Ta’lim mazmuni- yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, ta’lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko’nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur xodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir. Ta’lim mazmuni ma’lumot mazmuni asosida tanlanadi. Ta’lim mazmunini o’rgatish va o’zlashtirish yo’li bilan ma’lumot mazmunini amalga oshirishga, binobarin, yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalashga qarab boriladi.
    Ta’lim mazmunini tanlashga ilgari qanday yondashilgan, qanday nazariyalar bor?
    Ma’lumot mazmunini tanlashga oid nazariyalarning ayrimlari uzoq o’tmishga borib taqalsa, ayrimlari XX asrda paydo bo’lgan.
    Moddiy ta’lim nazariyasi X1X asrning keyingi choragida kirib keldi. (1879 y, F.Doerfeld. «Didaktik meterializm» kitobi). Moddiy ta’lim nazariyasi asoschilari maktabning vazifasi bolalarga imkoniyati yetguncha ko’proq bilim o’rgatishdan iborat deb hisoblardilar.
    Formal ta’lim tushunchasi 1791 yili (E.Shmidtning «Empirik psixologiya» kitobida) ishlatilgan.
    Formal ta’lim nazariyasi tarafdorlari maktabning vazifasini bolalar taraqqiyotida ko’rishadi. Ular maktabning ishi bilim berish emas, aksincha, bolalarda turli qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat, deb bilishadi. Bilimlarni esa har kim o’zi istagancha, o’z qobiliyatiga yarasha o’rganadi.
    Moddiy ta’lim va formal ta’lim nazariyalari g’oyalarini T-chizma asosida solishtirib, tahlil eting:



    Moddiy ta’lim nazariyasi

    Formal ta’lim nazariyasi

    Ijobiy tomonlari

    Salbiy tomolari

    Ijobiy tomonlari

    Salbiy tomonlari





    4 guruhga bo’linib «Ta’lim mazmuni», «O’quv reja», «O’quv dastur», «Darslik» mavzularida klaster tuzing. (Usul qoidalari oldingi mavzularda berilgan)


    (Har bir guruh nomidan bittadan talaba Klasterni taqdim etib, izohlab bersin.)
    Mutaxassislik fani bo’yicha umumiy o’rta ta’lim davlat standartlari bilan guruhda tanishib chiqib uning mohiyatini qisqacha izohlang.
    Ta’lim mazmuni nima ekanligini tushunib oldik, endi o’quvchilarga beriladigan ta’lim mazmuni nimalarda o’z aksini topadi degan savol sizni qiziqtirishi o’rinlidir.
    Ta’lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o’z aksini topadi.

    1. O’quv rejasi.

    2. O’quv dasturi.

    3. Darslik.

    O’quv rejasi - davlat hujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’kuv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona o’quv rejasi hisoblanib, u xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o’quv rejasi - shu fanni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatlaridir.
    O’quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi.
    O’quv tarbiya ishining maqsadi, o’quvchilarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko’nikmaga aylantirib, uni hayotga qo’llay olishga o’rgatish.
    Maktab o’quvchilariga bilim berish yoshiga qarab tizimga solinadi va qoidalarga asoslanadi:
    a) boshlang’ich ta’lim - 1-4 sinflar
    b) umumiy o’rta ta’lim - 5-9 sinflar
    v) o’rta maxsus kasb - hunar ta’limi, akademik litseylar, kasb - hunar kollejlari.
    Shu o’rinda ta’lim tizimining yangi zamonaviy bo’g’ini bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ham to’xtab o’tsak.
    Ta’lim to’g’risidagi qonunga asosan akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarining maqomi tenglashtirilgan. Shu bilan birga akademik litsey va kasb - hunar kolleji o’z oldiga qo’yilgan maqsadlar bilan bir - biridan ma’lum ma’noda farq qiladi.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   190




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim mazmuni boyib, rivojlanib boradimi? O’zbekistonda uni qanday yo’llar bilan takomillashtirilib borilyapti?

    Download 3,04 Mb.