• Akademik litseylarda
  • Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni




    Download 3,04 Mb.
    bet23/190
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #228471
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   190
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika

    Akademik litseylar - o’quvchilarning qiziqishlarini va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivoj-lanishini chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o’qitishni ta’minlaydi. Akademik litseylar, asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Akademik litseylarda har bir o’quvchi o’zi xohlagan mutaxassislik bo’yicha o’qishi mumkin.
    Akademik litseylarda o’quvchilarni iqtidorlilari o’zlarini qiziqtirgan mutaxassisliklarda o’qib o’z iqtidorlarini ocha oladilar, ana shu maqsadni amalga oshirishga iqtidorli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
    Kasb - hunar kollejlari esa o’quvchilarning kasb - hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi. Kasb - hunar kollejlari oldingi bilim yurtlaridan ham mazmunan, ham shaklan farq qiladi. Bu farq - bularning eng avvalo o’quvchilarni o’qishga qabul qilishdan boshlab, o’quv jarayonining tashkil etilishi, mazmuni bilan mezonan va bir necha kasb - hunar egasi, ustasi, kichik mutaxassis bo’lib o’qishni tamomlashdan iboratdir. O’quv jarayoni Davlat ta’lim standartlari, yangi zamon talablariga javob beradigan o’quv reja va dasturlar asosida tashkil etiladi.
    Kasb - hunar kollejlarida oquv dasturlarida oldingi bosqichi- umumiy orta talim maktablarida, oliy okuv yurtlarining oquv dasturlari bilan ozaro talimning uzluksizlik va izchillik prinsiplariga amal qiladi.

    O’quv dasturi nima? U qanday qoidalar asosida tuziladi?


    Oquv dasturi - har bir alohida fan uchun tuziladi. Dastur o’kuv rejasiga asoslanadi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma - ketligi, ikkinchi mavzu birinchisini to’ldirishi, izchilligi bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. O’quv dasturida mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi.
    Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yo’nalishlari ajratiladi. Ular boblarga bo’linadi. Boblar katta katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo’linadi va o’quvchilarga tushuntiriladi. O’quv dasturining o’zini amal qilishi kerak bo’lgan qoidalari mavjud.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   190




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni

    Download 3,04 Mb.