15
3-rasm. Elektron axborot-ta‟lim resursining strukturasi
Elektr tarmoqlari va tizimlari fani bo‗yicha metodik ta‘minotining pedagogik-
psixologik vazifasi o‗quv materiallarini gipermedia
muhitida taqdim etish, talabalar
orasidagi didaktik muloqotni tashkil etish va o‗quv materialini o‗qitish vositalari
orqali tarqatishdan iborat. Tadqiqot natijasida, elektron sayt asosida o‗quv-ilmiy
resurslarini yaratishning pedagogik-psixologik, didaktik, metodik va texnik talablari
hard skills, soft skills ko‗nikmalari
reproduktiv-metodik, produktiv-metodik,
tadqiqot-metodik faoliyatni o‗zlashtirish darajalari taksonomiyasini hisobga olgan
holda ishlab chiqildi. SHuningdek, o‗quv-ilmiy resurslarini taqdim etishning shakli
sifatida me‘yoriy hujjatlar, asosiy mazmunni belgilovchi, didaktik, metodik, baholash
va qo‗shimcha komponentalari aniqlangan hamda vositasi sifatida elektron
o‗quv
darsliklari (AutoCad, Articulate), elektron taqdimotlar (Power point, Prezi, Focusky);
kompyuter qurilmalari yoki mobil aloqa vositalari (energiyatt.uz, Radiomer.uz);
avtomatlashtirish (ASKUE); ma‘lumotlar va bilimlar bazasi;
elektron kutubxonalar
belgilangan.
Hozirgi
kunda
zamonaviy
axborot
texnologiyalari,
o‗quv-tarbiya
jarayonlarining barcha bosqichlarini jadallashtirdi. Bunda axborot texnologiyalaridan
foydalanish asosida, ta‘lim jarayonining sifati va samaradorligi ortishi, talabalarning
bilish faoliyatini faollashuvini, fanlararo aloqalarning chuqurlashuvini kuzatish
mumkin.
Ta‘limda yagona axborot-metodik ta‘minotning qo‗llanilishi fan sohalarini
axborotlashtirishga,
o‗quv
faoliyatini
intellektuallashtirishga,
integratsiya
jarayonlarini tezlashtirishga, ta‘lim tizimi infrastrukturasi va uni boshqarish
mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
Oliy ta‘lim muassasalari energetika ta‘lim yo‗nalishlari talabalarini ta‘lim
texnologiyalari (modulli, muammoli o‗qitish, kichik guruhlarda ishlash,
assessment
texnologiyasi, grafik organayzer, interfaol metodlar va h.k.) yordamida o‗qitishni
16
tashkil etish, natija (ishlab chiqilgan baholash mezonlariga asosan talabalarni elektr
tarmoqlari va tizimlari fanidan o‗zlashtirish darajasini aniqlash) orqali fanni o‗qitish
amaliyotida joriy etildi. Oliy ta‘lim energetika yo‗nalishlarida ―Elektr tarmoqlari va
tizimlari‖ fani mazmunini yo‗nalishga moslab takomillashtirish natijasida talabalarda
energetikani vazifalari, bir chiziqli sxemalar, almashtirish sxemalari, ulanish
sxemalari, yuklamalar grafigi, chastota, kuchlanish, tok kuchi, isroflar, sim markalari,
elektr
hisoblagichlar, stansiya va podstansiyalar, transformatorlar, elektr xavfsizligi
asoslari va Radiomer.uz dasturidan foydalanish kabi bilim va ko‗nikmalarni
shakllantirishga erishildi.
Amaliy dasturlar (AutoCad, Dualux, Matlab, ASKUE, Radiomer) dan
foydalanib, ―Elektr tarmoqlari va tizimlari‖ fanining takomillashtirilgan metodik
ta‘minotini o‗zida jamlagan elektron sayt yaratildi va ta‘lim jarayonida
foydalanilmoqda. YAratilgan elektron sayt talabalar uchun:
fanni ixtiyoriy vaqtda kompyuter yoki shaxsiy mobil qurilmalar yordamida
o‗rganish, tezda o‗rgana olmagan
bilimlarni qayta-qayta video, matn, taqdimot,
atamalarning izohli lug‗ati ko‗rinishida o‗rganib olish;
mutaxassislik va fanga oid me‘yoriy hujjatlar bilan tanishish, mustaqil ta‘lim
mavzularini erkin tanlash, fanning modullari bo‗yicha nazariy, amaliy va laboratoriya
ma‘lumotlarni o‗rganib borish;
amaliy, laboratoriya topshiriqlarni o‗z vaqtida bajarib borish, mutaxasislik,
elektr tarmoqlari va tizimlariga oid saytlardan foydalanish, test savollariga javob
berib o‗zini o‗zi
baholash, mutaxasislikka oid ma‘lumotlarni o‗rganib, o‗z
xulosalariga ega bo‗lish kabi imkoniyatlarni beradi.
Fan o‗qituvchisi uchun esa:
fan mavzularini o‗qitish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalar olish, mavzularning
nazariy ma‘lumotlarni ko‗zdan kechirish, ma‘lumotlarni yangilab borish va kerakli
vaqtda unidan foydalanish;
talabalarning o‗zlashtirish darajalarini nazorat savollari, test orqali aniqlash,
fanni o‗qitishda taqdimot
slaydlaridan foydalanish, amaliy, laboratoriya
mashg‗ulotlari topshiriqlarini, mustaqil ta‘lim mavzularini taqdim etish, innovatsion
fikrlash, olingan bilimlarni kasbiy faoliyatga qo‗llash, kasbiy kompetentligini yuqori
darajada bo‗lishiga yaqindan yordam beradi.
Dissertatsiyaning