• Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi




    Download 1,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/31
    Sana30.08.2024
    Hajmi1,34 Mb.
    #270091
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    16747060910827304daraja

     
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi 
    tadqiqotda qo‗llanilgan yondashuv, 
    usullar va nazariy ma‘lumotlarning rasmiy manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar 
    va tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-
    statistik tahlil metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning 
    amaliyotda joriy qilinganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan 
    tasdiqlangani bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. 
    Tadqiqot natijalarining 
    ilmiy ahamiyati taklif qilingan elektr tarmoqlari va tizimlari fanining mazmuni 
    takomillashtirilgani, ishchi dasturlarini tayyorlash, o‗quv jarayonida qo‗llanadigan 
    energetik faoliyatni tashkil etishga yo‗naltirilgan elektron axborot-ta‘lim resursining 
    pedagogik-psixologik, texnik, didaktik talablari, tarkibiy qismlari, yaratish 
    bosqichlari, pedagogik loyihasi, talabalarning mustaqil faoliyat olib borishi, kasbiy 
    faoliyatda ijodiy yondashish, energetikaning elektr tarmoqlari va tizimlari bilan 
    integratsiyalashuvi va mutaxassis kadrlarni tayyorlashda foydalanish mumkinligi 
    bilan izohlanadi. 
    Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, ishlab chiqilgan elektron axborot-
    ta‘lim resursidan foydalanib elektr tarmoqlari va tizimlari fanidan ma‘ruza, amaliy, 
    laboratoriya, mustaqil ta‘limni tashkil etish, oliy ta‘lim energetika yo‗nalishlari 
    talabalarini elektr tarmoqlari va tizimlarini o‗rganishga qiziqishi bilan birga o‗z 
    kasbiy faoliyatini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. 
     
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
    . Talabalarga elektron ta‘lim muhitida 
    elektr tarmoqlari va tizimlari fanini o‗qitishning metodik ta‘minotini takomillashtirish 
    bo‗yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
    elektron ta‘lim muhitida elektr tarmoqlari va tizimlari fani mehnat bozorining 
    zamonaviy ehtiyojlari va amaliy dasturlar Matlab, Dualux, ASKUE, Radiomer.uz ni 
    o‗zaro optimallashtirish hamda energiyatt.uz nomli elektron sayt yaratish asosida 
    takmilllashtirishga oid tavsiyalar «Elektr tarmoqlari va tizimlari» fani mazmuniga 
    singdirilgan (O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 



    2018 yil 25 maydagi 89-03-2035-son ma‘lumotnomasi). Natijada tegishli o‗quv 
    fanining ishchi-o‗quv dasturi mazmunini takomillashtirishga sharoit yaratilgan; 
    talabalarning kasbiy kompetentligi energetik masalalarni echishda 
    avtomatlashtirishga xizmat qiladigan ASKUE, Radiomer elektron dasturlardan 
    foydalanish hamda assesment texnologiyasi va grafik organayzerlarning didaktik 
    elementlarini ta‘lim jarayonida reproduktiv, produktiv va kognitiv usullarini 
    qo‗llashning kompetensiyaviy mazmuniga kiritish asosida takomillashtirishga oid 
    takliflar «Elektr tarmoqlari va tizimlari» fani mazmuniga singdirilgan (O‗zbekiston 
    Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-
    2035-son ma‘lumotnomasi). Natijada oliy ta‘lim energetika yo‗nalishlari 
    talabalarining kasbiy kompetentligi rivojlantirilgan va ta‘lim sifatini oshirishga 
    erishilgan; 
    bo‗lajak energetiklarni tayyorlash metodikasi elektr tarmoqlari va tizimlari fanini 
    o‗qitish samaradorligini belgilovchi reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan 
    komponentalarining gipermedia muhitiga uyg‗unlashtirishning metodik taminotini 
    yaratish asosida takomillashtirish bo‗yicha tavsiyalar «Elektr tarmoqlari va tizimlari» 
    fani mazmuniga singdirilgan (O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim 
    vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-2035-son ma‘lumotnomasi). Natijada 
    «Elektr tarmoqlari va tizimlari» fanini o‗qitish sifati oshirilgan va talabalarning 
    mutaxassislikka bo‗lgan qiziqishlarini orttirishga erishilgan; 
    bo‗lajak energetiklarni o‗qitish samaradorligi kasbiy faoliyat olib borish 
    imkoniyatlarini aniqlovchi adekvat baholash mezonlarining kasbiy faoliyatga 
    aloqador 
    parametr 
    va 
    indikatorlarni 
    strategik 
    prognozlashtirish 
    asosida 
    takomillashtirishga oid takliflar «Elektr tarmoqlari va tizimlari» fani mazmuniga 
    singdirilgan (O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 
    2018 yil 25 maydagi 89-03-2035-son ma‘lumotnomasi). Natijada aniq fanlarni 
    o‗qitish metodikasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan. 

    Download 1,34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 1,34 Mb.
    Pdf ko'rish