10
Dissertatsiyani
«
Elektron ta‟lim muxitida energetika ta‟lim yo„nalishlarida
«
Elektr
tarmoqlari
va
tizimlari
»
fanini
metodik
ta‟minotini
takomillashtirishning ilmiy nazariy asoslari
»
deb nomlangan birinchi bobida
ta‘lim jarayonlarining elektr tarmoqlari va tizimlari fanining
axborot-metodik
ta‘minotini yaratish bo‗yicha olib borilgan ishlar tahlili, axborot-metodik
ta‘minotning mazmuni, imkoniyatlari hamda tarkibi, shuningdek, elektron ta‘limga
asoslangan axborot-metodik ta‘minotni yaratish va rivojlantirish tamoyillari, fan
bo‗yicha integrallashgan o‗quv-ilmiy resurslarni yaratishga qo‗yiladigan talablar
yoritilgan.
Tadqiqotda A.A.Abduqodirov, M.Aripov, U.Begimqulov, S.Beknazarova,
F.Zakirova, M.Lutfillaev, M.A.Maxmudov, M. Mamarajabov, D.Mamatov va
boshqalarning tadqiqot ishlari o‗rganib chiqilgan.
Mustaqil davlatlar xamdo‗stligi I.V.Jejelenko, V.I.Idelchik, S.YU.Gamazin
S.O.Sergeevna, V.P.Tixomirova, A.N.Romanova, V.V.Dika, V.V. Evdokimova,
N.V.Makarovoy, A.I.Mishenina, YU.B.Rubina, G.A.Titarenko, E.N.Xotyasheva va
boshqalar
o‗z hissalarini qo‗shganlar.
Xorijlik olimlar I.F.Gerbard, Dj.Dyuilar elektr tarmoqlari va tizimlari
fanining ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish masalalarini tadqiq etgan,
C.W.Cobb, G. Pimbley, P.H.Douglas, Dj.Dyui, I.F.Gerbard, Ch.Abbott, N.Anderson,
F.Barbara, A.Connell, A.Edwards, M.Hammind, V.Jadhav, S.Kennewell, A.Sharma,
S.Sharma, W.N.Chambers, E.L.Cowen, Locard James, F.Raymond, H.Tannerlarning
o‗quv jarayonida elektr tarmoqlari va tizimlariga axborot texnologiyalarni qo‗llash,
masofaviy ta‘limni yo‗lga qo‗yish, oliy ta‘limni elektron
resurslardan foydalangan
holda boshqarish, ta‘lim jarayonining yagona axborot ta‘lim muhitini yaratish,
elektron o‗quv resurslarini yaratish va ularga qo‗yiladigan talablari ishlab chiqish,
axborot texnologiyalaridan ta‘lim tizimida foydalanish bo‗yicha tadqiqotlari tahlil
etildi.Ta‘lim jarayonining rivojlanishiga sabab bo‗layotgan asosiy jihatlardan biri bu
ta‘lim jarayonlarini elektronlashtirish hisoblanadi. Elektr tarmoqlari va tizimlari
fanidan yaratilgan elektron sayt ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilariga yangi
imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Bu albatta, ta‘lim muassasasining imkoniyat
darajasidan kelib chiqqan holda ta‘lim jarayonlarining axborot va metodik ta‘minotini
amalga oshirish bilan bog‗liq.
Ta‘lim jarayonlarining axborot-metodik ta‘minoti deganda, o‗z
navbatida,
zamonaviy talim, masofaviy ta‘lim, me‘yoriy-huquqiy, axborot-statistik, o‗quv-
tashkiliy kabi materiallarni qamrab olgan axborot ta‘minoti, shuningdek, ilmiy-
pedagogik, o‗quv-metodik kabi ma‘lumotlarni qamrab oluvchi o‗quv-metodik
ta‘minoti tushuniladi. Ta‘lim jarayonining barcha sub‘ektlari talabalar, professor-
o‗qituvchilar, ishchi-xodim va rahbar kadrlari uchun yagona axborot muhitini
yaratish, ta‘lim jarayonlarining axborot-metodik ta‘minotini yaratish hisoblanadi.
Ta‘lim jarayonlarining axborot ta‘minoti oliy ta‘lim muassasasini yagona
axborot muhitini bosqichma-bosqich shakllantirishga yo‗naltirilib, ta‘lim va
tarbiyaviy, ilmiy, boshqaruv va boshqa jarayonlarda axborot almashish intensivligini
oshirish, avtomatlashtirish imkonini beradi.
Dissertatsiyada ta‘lim jarayonlarining axborot-metodik ta‘minoti: axborotni
tezkor almashish va masofadan
turib kuzatish va boshqarish; elektron hujjat
11
almashinuvi va hujjatlarni saqlash; tashqi foydalanuvchilar va hamkor tashkilotlar
uchun OTM axborot resurslarini taqdim etish; OTM ning barcha o‗qituvchilari,
xodimlari va talabalari uchun Internet resurslaridan va mobil aloqa vositalaridan
foydalanish imkoniyatini yaratish; masofadan turib o‗quv-metodik resurslarni yagona
muhitda kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatish imkoniyatining mavjudligi; turli
elektron ta‘lim resurslari (elektron materiallar, taqdimotlar, audio va videodarslar)dan
masofadan
foydalanish; masofaviy ta‘lim tizimini yo‗lga qo‗yish; turli sohadagi
talabalarni tayyorgarlik va o‗zlashtirish darajasini nazorat qilish; turli statistik
so‗rovlarga aniq, tez va sifatli javob olish kabi imkoniyatlarni berishi ko‗rsatib
o‗tilgan.Ma‘lumki, fan va texnika jadal sur‘atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda
ko‗plab ilmiy bilimlar, tushuncha, tasavvurlar va axborotlar hajmi keskin o‗zgarib va
ortib bormoqda. Bu bir tomondan fan va texnikaning yangi bo‗limlari va sohalarining
shakllanishini ta‘minlayotgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida chegaralarni
buzib, integratsiya jarayonini jadallashtirishni talab etadi. Ta‘lim yo‗nalishlari
«boshidan kechirayotgan» bunday differensiyalashish va integratsiya jarayonlarining
o‗qitishda o‗z aksini etarli darajada topa olmayotgani ham bugungi oliy ta‘lim
tizimida ma‘lum muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, ta‘lim mazmuni va
to‗plangan boy ilmiy axborotlarning unda aks etishi orasida uzilish vujudga
kelmoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda ta‘lim jarayoniga zamonaviy
axborot texnologiyalarini, xususan axborot texnologiyalariga asoslangan axborot-
metodik ta‘minotni joriy etish va uni yaratish tamoyillarini ishlab chiqish maqsadga
muvofiqdir.
Izlanishlar natijasida, axborot texnologiyalariga asoslangan zamonaviy
axborot-metodik ta‘minotni yaratish va rivojlantirishning mavjud konseptual
tamoyillari aniqlandi hamda qo‗shimcha tamoyillar bilan takomillashtirildi. Bunga
yaqqol misol sifatida yaratilgan elektron platformani ko‗rsatib o‗tish mumkin. Bu
platforma bilan ishlash jaranida talaba ishlab chiqarish bilan bevosita to‗g‗ridan
to‗g‗ri muloqotga kirishadi. Bizga ma‘lumki xozirgi kunga kelib ishlab chiqarish
korxonalaridagi o‗rnatilgan jihozlar ta‘lim tizimidagi o‗rgatilayotgan jihozlardan
ancha oldinda. Bu esa bir qator muammolar kelib chiqishiga sabab bo‗ladi.
Radiomer.uz sayti orqali yurtimizning istalgan hududidagi elektr energiyasini
iste‘molini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud. Amaliyot yoki laborato
riya mashg‗ulotlarida talabalar bevosita sayt bilan bog‗lanib o‗ziga kerak
bo‗lgan barcha ma‘lumotlarni ko‗rish, olish va undan material
sifatida foydalanish
imkoniyatiga egadir. Axborot texnologiyalariga asoslangan axborot-metodik
ta‘minotni rivojlantirishning tahliliy, axborot, tashkiliy-uslubiy, maslahat, ta‘lim
tizimini axborotlashtirish, ta‘lim tizimini rivojlantirish uchun ilmiy yordam ko‗rsatish
kabi faoliyat turlari ishlab chiqilgan.
Zamonaviy axborot-metodik ta‘minot o‗quv-ilmiy resurslarning turli shakllari
(elektron, qog‗oz va h.k.) majmui bo‗lib, ular har bir fanning kasbiy ta‘lim
dasturlariga mos keluvchi, auditoriya darslarining barcha turlari va mustaqil ta‘limni
tashkil etish bo‗yicha o‗quv-metodik materiallarni o‗zida mujassamlashtirgan bo‗ladi.
Tadqiqot davomida, fan bo‗yicha integrallashgan o‗quv-ilmiy resurslarni
yaratishga qo‗yiladigan pedagogik-psixologik,
didaktik, metodik hamda texnik
talablar ishlab chiqildi.