“Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va uning




Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana30.08.2024
Hajmi1,34 Mb.
#270091
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
16747060910827304daraja

“Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va uning 
natijalari” 
deb nomlangan uchinchi bobda pedagogik tajriba-sinovning maqsadi oliy 
ta‘lim energetika yo‗nalishlarida ―Elektr tarmoqlari va tizimlari‖ fanining 
takomillashtirilgan metodik ta‘minotidan foydalanib, o‗quv jarayonini olib borish 
samaradorligini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun biz quyidagi 
vazifalarni bajarishni zarur: oliy ta‘lim muassasasalarining tanlab olingan guruhlarini 
tajriba va nazorat guruhlariga ajratish; ajratib olingan tajriba guruhida 
takomillashtirilgan metodik ta‘minotdan foydalanib, nazorat guruhida an‘anaviy 
usulda mashg‗ulotlarni tashkil etish; baholash natijalarini to‗plash, tartiblash 
matematik-statistik usullardan foydalanib hisoblash va xulosalar qilish.
Tadqiqotdan ko‗zda tutilgan maqsad va uni amalga oshirish vazifalariga ko‗ra 
tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi: 


17 
Bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish 
esa har jihatdan ustozlarga, ularning bilimdonlik bilan o‗qitish jarayonini tashkil 
qilishi va dars berishiga bog‗liq. SHuning uchun ham, o‗quv jarayonini tashkil etish, 
talabalarning chuqur bilim olishiga yordam beruvchi o‗quv uslublarini qo‗llashga 
alohida e‘tibor qaratilmoqda. Ta‘lim jarayonining axborot texnologiyalariga 
asoslangan axborot-metodik ta‘minoti talabalarga chuqur bilim olish imkonini 
beruvchi vosita sifatida qo‗llanilishi mumkin. Albatta, bu ta‘minotni rivojlantirish uni 
muntazam ravishda o‗quv-ilmiy resurslar bilan to‗ldirib borish pedagogga yuklatiladi. 
Professor-o‗qituvchi tomonidan o‗quv fanlarining o‗quv-ilmiy resurslari 
kiritiladi. Buning uchun professor-o‗qituvchi o‗z elektron saytga va Radiomer.uz 
saytiga login va paroli bilan kiradi.
Elektron saytning Radiomer.uz sillkasi orqali mamlakatimizdagi elektr 
energiyasi iste‘molini onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyati mavjud. Bu esa 
talabalrni darsga qiziqishi keskin ortishiga sabab bo‗ladi. YAratilgan elektron sayt 
orqali talabalar jarayonni bevosita ishtirokchiga aylanadi, tajriba ishlarini bajara 
oladi, yuklamalar grafigini quradilar, tig‗iz vaqt (chas pik), iste‘molning meyordan 
ortib ketishi(perebor), kuchlanishning ortib ketishi (perenapryajeniya) va shunga 
o‗xshash bir qator amaliy ko‗nikmalarni singdira boshlaydi. Mashg‗ulot vaqtida 
talaba bevosita o‗zini amaliyot joyida yoki dispetcherlik vazifasida o‗zini xis qila 
oladi. YAratilgan sayt talabaga o‗tilgan xarbir mavzu yuzasidan video rolik, 
taqdimot, savol javob, nazariy qismni takroran qo‗rish imkoniyatini beradi. Faqatgina 
talabagina emas balki xar bir inson uchun o‗z hududi, viloyati, tumani, maxallasi va 
xonadoni elektr iste‘molini onlayn kuzatish juda qiziq hisoblanadi. 
Fan bo‗yicha o‗quv-ilmiy resurslar kiritilgan bo‗lib, ular fan dasturi, ishchi fan 
dasturi, ma‘ruza mashg‗uloti materiali, amaliy mashg‗ulot materiali, laboratoriya 
mashg‗uloti materiali, har bir mavzu bo‗yicha taqdimotlar, joriy nazorat bo‗yicha 
topshiriq, oralik nazorat bo‗yicha topshiriq, yakuniy nazorat bo‗yicha topshiriq, 
tayanch iboralar, o‗quv adabiyotlari, glossariylar, kurs ishlari mavzulari, mustaqil 
ta‘lim, mavzuni o‗zlashtirish uchun qo‗shimcha va boshqa materiallar, fan bo‗yicha 
xorijiy adabiyotlardan iborat.
Har bir mashg‗ulot, o‗qituvchining o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lgan, 
talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan, ma‘lum bir maqsadga yo‗naltirilgan, oldindan 
loyihalashtirilgan, ijobiy natija berishga kafolatlangan ijodiy asar bo‗lishi kerak. 
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan axborot-metodik ta‘minot asosida o‗qitishni 
tashkil etish uchun ―Elektr tarmoqlari va tizimlari‖ fanining ishchi dasturi va barcha 
mashg‗ulot shakllari (nazariy, amaliy va laboratoriya) materiallari kiritilgan. Bu 
sohadagi ishlar hozirgi paytda dolzarb bo‗lib turgan onlayn ta‘limning o‗quv-metodik 
ta‘minotiga zamin yaratadi.
Tadqiqot jarayonida texnologiyalarga asoslangan axborot-metodik ta‘minotdan 
foydalanib ma‘ruza, amaliy va laboratoriya mashg‗ulotlarini tashkil etish uchun 
Aralash ta‘lim (Blended learning) texnologiyasi tanlab olindi hamda ma‘ruza, amaliy 
va laboratoriya mashg‗ulotlarini olib borish metodikasi ishlab chiqildi. 
Elektr tarmoqlari va tizimlari fani uchun yaratilgan elektron sayt 
samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Tajriba-sinov 
ishlari bazasi sifatida Farg‗ona politexnika instituti, Jizzax politexnika instituti va 


18 
Andijon mashinasozlik institutlari tanlandi. Tajriba-sinov ishlari 2017-2021 yillar 
mobaynida uch bosqichda o‗tkazildi.
 
Birinchi bosqich – o‗rganuvchi bosqich (2017–2018 yillar). Tadqiqot 
muammosining ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy asoslari o‗rganildi, tadqiqotning maqsad 
va vazifalari aniqlandi; tadqiqot ob‘ekti va uning ko‗rsatkichlari hamda unga mos 
mezonlar nazariy manbalardan tahlil qilinib o‗rganildi. Tanlangan mavzu maqsadidan 
kelib chiqib, energitika talim yo‗nalishida talim oluvchi talabalar stansiyalar, 
transformatorlar, xavo va kabel liniyalari, yuklamalar grafigi, sxemalar va texnika 
xavfsizlik qoidalari elektr tarmoqlari va tizimlari bilan bog‗liqligi o‗rganildi, elektr 
tarmoqlari va tizimlarining o‗rni va ahamiyati tahlil qilindi. SHu sohadagi ilmiy 
adabiyotlar o‗rganildi.
 
Ikkinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi (2018–2019 yillar). Fanning metodik 
ta‘minotini tashkil etuvchi qismlarining loyihasi ishlab chiqildi. Bunda mavjud 
metodik ta‘minotni takomillashtirish uchun ma‘ruza matnlari, amaliy va laboratoriya 
topshiriqlarini ishlab chiqishda energetika mutaxassislarining kasbiy kompetentligini 
shakllantirilishiga e‘tibor qaratildi. Elektr tarmoqlari va tizimlari yordamida 
korxonalarning elektr iste‘mollarini o‗rganish va taqdim etishni avtomatlashtiradigan 
dasturiy vosita hamda fanning metodik ta‘minotini takomillashtirishga xizmat 
qiladigan elektron sayt yaratildi.

Download 1,34 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va uning

Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish