56
formalarining ko'pligi shundan darak beradi. Janubiy Amerika markaziy Amerika
bilan birga Neotropik fauna oblasti sifatida ajratiladi va bu oblastning Braziliya
hamda Chili Pagoniya podoblastlari kiradi. Nam tropik o'ziga hosligi va turlarga
boyligi bilan ajralib turadi: biroq hayvonlar bu o'rmonlar landshaftida uncha katta
rol o'ynamaydi chunki ular qalin o'rmonlar orasida
yashirinib yoki vaqt baland
daraxtlarda yashaydi. Hayvonlarning daraxtlarda yashashga moslashganligi
Amazonka o'rmonlarning harakterli hususiyatlaridan biridir.
Janubiy Amerika o'rmonlarida hilma-hil qushlar ayniqsa rangi yarqirab
tovlanuvchi to'tiqushlar ko'p to'tiqushlarning eng kattasi ara-eng hashoratlarning
nihoyatda ko'pligidir ularning ko'pi endemiklardir.
Bu yerda kunduzgi va tungi
kapalaklar hilma-hil qo'ng'izlar chumolilar ko'p. Ko'pgina qo'ng'izlar va kapalaklar
ajoyib tovlanadi ba'zi qo'ng'izlar kechasi shu qadar yaltirab nur tarqatadiki uning
yaqinida kitob o'qish mumkin. Janubiy Amerikadagi bir muncha qirg'oqchil va
yalang yerlar ya'ni savannalar tropik siyrak o'rmonlar hamda subtropik o'rmonlar
faunasi qalin o'rmonlar faunasidan boshqachadir. Bu yerda yirtqich hayvonlardan
yaguardan tashqari puma janubiy Amerikada uchraydi va shimoliy Amerikada ham
uchrab turadi. Qushlardan ko'p sonli to'ti va kolibridan
tashqari janubiy Amerika
tulqushi nandu ba'zi bir yillik yirtqich qushlar yashaydi. Savanna va dashtlarda
ilon va va ayniqsa kaltakesaklar ko'p. And tog'lar faunasi o'ziga xos hususiyatlari
bilan ajralib turadi. Bu fauna materikning sharqiy qismi uchraydigan ko'plab
endemik hayvonlarni o'z ichiga oladi. And tog'lari oblastining hamma qismida
tuyasimon hayvonlar oilasining janubiy Amerikaga xos vakili lamalar tarqalgan.
And toqlarida shuningdek «ko'zoynakli» ayiq va ba'zi bir qopchiqlilar yashaydi.
Ilgari kichik endemik kemiruvchi hayvon shinshilla keng tarqalgan. Uning sur tusli
yumshoq iaksimon mo'ynasi eng yaxshi va qimmatbaho mo'ynalilardan
hisoblanar
edi. Shu sababli shinshila ko'plab ovlanaverib hozirgi vaqtda juda kam qolgan.
Vulkanik yo'l bilan paydo bo'lgan Galapogos orollari faunasi g'oyat o'ziga
xosligi bilan ajralib turadi bu fauna tarkibida yirik sudraluvchi hayvonlardan
quruqlikda yashovchi bahaybat toshbaqalar va dengiz kaltakesaklari nuganlar
alohida o'rin tutadi. Shuningdek turli tuman qushlar ham ko'p bular orasida ham
tropiklarga ham Antarktidaga xos fauna turlari va sovuq
oqimlar bilan birga kelib
tarqalgan pinkvinlar baklan va boshqalar bor. Sut emizuvchi hayvonlarning turli
uncha ko'p emas ulardan qulog'i katta tyulen ba'zi bir kemiruvchilar va
ko'rshapalaklarni aytib o'tish mumkin.
Janubiy Amerikada halqlar. Tub joy aholisi indiyslar eramizdan 15-17 ming
yil ilgari Yevrosiyodan shimoliy Amerika orqali kirib kelgan degan fikrlar mavjud.
materikda indiyslar miqdori shimoliy Amerika indiyslaridan ko'pdir. Peru,
Ekvador Boliviyada Xolining deyarli yarimini tashkil etadi. Kolenizasiya tufayli
ularning ko'pchiligi qirib yuborilgan ko'pchiligi baland tog'lar va chakalakzorlarga
quvg'in qilingan. Ular qabila-qabila bo'lib yashashadi. Xozirgi indiyslarning ko'p
sonlarini 10 % tini indiyslar tashkil etadi. Materikda ko'pchilik
aholi Yevropalik
va indiyslarning qo'shilishidan mitislar negirlar va sambalardan iborat. Materikda
sof yevropid irqlari uchratilmaydi. Mulatlar va negirlar materikning sharqiy
qismlarida yashashadi. Halqlar ispan partugal tillarida so'zlashadi materikda 300 dan
ortiq aholi yashaydi.
57
Savol :
1.
Materik organik dunyosidagi o'ziga hosligi nimada?
2.
Amerikaga halqlar qanday kirib keladi?