• 48-mavzu:Sanoat transporti va sanoat yo‘llarini tashishyutuqlari va rivojlanish muammolari Reja
  • Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet401/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Nazorat savollar 
    1. Yuk tashish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni 
    tushuntiring? 
    2. Texnologik jarayonda bajariladigan ishlarni izohlabbering? 
    3. Transport uzellari nima
    4. Transport uzellarida qanday ishlarbajariladi? 
    5. To‘g‘ri va aralash usulda qanday turdagi yuklartashiladi? 
    6. Turli transportlar uchrashadigan joylar 


    737
    48-mavzu:Sanoat transporti va sanoat yo‘llarini tashishyutuqlari va 
    rivojlanish muammolari 
    Reja 
    1. Sanoat transporti tavsifi va texnika vositalari 
    2. Sanoat korxonalari yuklariini tashish 
    3. Sanoat transportining o‘ziga xos texnik-iqtisodiy xususiyatlari 
     
    Mujassamlangan “sanoat transporti” tushunchasi sanoat, qurilish, qishloq 
    xo‘jaligi va boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy foydalanilmaydigan 
    transport vositalarini anglatadi. 
    Sanoat transporti joylashishi va vazifalariga ko‘ra, tashqi va korxona ichi 
    transportiga bo‘linadi. 
    Tashqi sanoat transporti vositalari korxonaga keltiriladigan xomashyo, yarim 
    fabrikat, yonilg‘i va boshqa turli xil buyumlarni umumfoydalaniladigan magistral 
    transportidan korxonaichiga va tayyor mahsulotlar hamda bo‘shagan vagonlarni 
    magistral transport yo‘llarigacha tashish bilan shug‘ullanadi. 
    Korxona ichi sanoat transporti xom ashyo, yarim fabrikatlar, turli xil detallar, 
    yonilg‘i va boshqa buyumlarni omborlardan sexlarga, sexlararo va sex ichida, tayyor 
    buyumlarni esa sexlardan omborlarga tashish bilan shug‘ullannadi.
    Sanoat transporti texnika jihozlari bo‘yicha har xil bo‘lishi temir yo‘l, 
    avtomobil, suv, quvur orqali yuborgich (truboprovod) va maxsus transport (monorels, 
    osma kanat va hakozo)lar kompleksi yoki ulardan ayrimlari bo‘lishi mumkin. Bundan 
    tashqari, unga sexlar ichi, sexlararo ishlovchi turli konveyer va transportyorlar, elektr 
    yoki avtomobil quvvati bilan ishlovchi yuk karalari va boshqalar kirishi mumkin. 
    Tashqi sanoat transporti, asosan, temir yo‘l va avtomobil transportlaridan 
    iboratdir. Suv yo‘llari yoqasidagi korxo-nalar suv transporti vositalaridan 
    foydalanadi, o‘z suv kemalari, bekatlari bo‘lishi mumkin. Katta hajmdagi yuklarni 
    hamda ayrim turdagi yuklarni tashishda korxona va sexlar ichi-dagi temir yo‘l 
    shoxobchalari va vositalaridan foydalaniladi.
    Hozir sanoat tashqi transporti va sexlararo yuk tashish ishlarining 95 foizidan 
    ko‘pi temir yo‘l va avtomobil transporti yordamida bajarilmoqda. 2000 yilda 
    O‘zbekiston Respublikasida sanoat, qurilish korxonalari ichidagi temir yo‘l 
    shoxobchalarining umumiy uzunligi 2,1 ming kilometr edi. Bu ko‘rsatkich 
    umumfoydalanadigan magistral temiryo‘l uzunligiga yaqinlashib boradi. Statistik 
    ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat ichi temir yo‘l shaxobchalari ko‘rsatgichi 2000 yilga 
    kelib 1995 yilga nisbatan 1100 km ga kamaygan. Bu degan so‘z 1100 km sanoat ichi 
    temir yo‘l transporti shaxobchalari vaqtinchalik konservatsiyaga o‘tgan. Bu hol esa 
    ayni temir yo‘l shaxobchalari egalarining iqtisodiyotiga salbiy ta’sir etadi. Shuning 
    uchun ham ayni masalani temir yo‘l shaxobchasi, mulk egalari bilan birga ularning 
    yuqori pog‘onadagi hissadorlik uyushmalari hamda joylardagi hokimiyatlar 


    738
    sinchiqlab o‘rganishlari va temir yo‘l shaxobchalari ishini qaytadan tiklab, joylardagi 
    mulkdorlar iqtisodiyoti yaxshilanishiga ko‘maklashishlari zarur. 
    Sanoat korxonalari temir yo‘l shahobchalariga qarashli transport vositalarining 
    yarmidan ko‘pi elektrovoz va teplo-vozlardan iborat. 
    Ko‘pchilik konlarning ochiq usulda qazib chiqarish erlarida sanoat transporti 
    sifatida elektrovoz yo‘llardan tashqari ishlovchi ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobil – 
    samosvallardan foydalanilmoqda. 
    O‘zbekiston Respublikasi sanoat transportida ishlatila-yotgan temir yo‘l 
    lokomotivlarining texnika ko‘rsatkichlari 28-jadvalda berilgan.
    Sanoat temir yo‘l transportida ishlatiladigan vagonlar, asosan, magistral temir 
    yo‘l transportidagi vagonlaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning uchdan bir qismi 
    kichik bortli ochiq platformalardan, to‘rdan bir qismi dumkarlar (har bir o‘qiga 
    dvigatel o‘rnatilgan va yukni o‘zi ag‘darib tushiradigan vagonlar)dan, beshdan bir 
    qismi yarim vagonlardan, o‘n foizga yaqini sisternalardan va qolganlari boshqa 
    turdagi vagonlardan iboratdir.
    Ochiq usulda ishlanadigan tog‘ konlarining chuqur joylarida ishlash uchun 
    ko‘tarish qobiliyati 70–170t bo‘lgan yaponiyaning “kamatsu”, germaniyaning “tr-60 
    tereks”, ”amerika qo‘shma  
    28-jadval 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish