• Adabiyotlar
  • -mavzu:Avtomobil transporti.uningtexnik - iqtisodiyxususiyatlari va




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet218/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    4-mavzu:Avtomobil transporti.uningtexnik - iqtisodiyxususiyatlari va 
    rivojlantirish ilmiy -texnikmuammolari 
    Reja 
    1.Avtomobil transporti asosiy texnika jihozlari 
    2. Avtomobil transporti ishini tashkil qilish va boshqarish 
    3. Avtomobil transportining o‘ziga xos texnik-iqtisodiy xususiyatlari 
    4.O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transportining Hozirgi holati 
    5. Avtomobil transportini rivojlantirishning ilmiy-texnik muammolari 
    Adabiyotlar 
    1. O‘zbekiston Respublikasida halq xo‘jaligini, shu jumladan avtomobil 
    sanoatini bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasini 
    tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 
    ma’ruzalari, xuqumat qarorlari, yetuk olim va mo‘taxassislarning fikrlari, chiqishlari 
    va ilmiy maqolalar (1991yildan shu kungacha. 
    2.B.A.Xo‘jayev-yagona transport sistemasi, t:, 2004 
     

    1. Avtomobil transporti asosiy texnika jihozlari 
    Avtomobil transporti texnika jihozlari asosiy elementlariga transportvositalari, 
    avtomobil yo‘llari hamda avtomobil transporti korxonalari kiradi. 
    Transport vositalari avtomobillar, tyagachlar, tirkama va yarim tirkamalardan 
    iborat bo‘lib, uning hissasiga barcha investitsiyaning 60—70 foizi to‘g‘ri keladi. 
    Avtomobil va tyagachlar murakkab, o‘z yurguzuvchi dvigatellariga ega bo‘lib, 
    transport vositalarining faol birligi bo‘lish bilan birga uning texnika rivoji darajasini 
    hamda ekspluatatsion-iqtisodiy tomonlarini tavsiflaydi. Yarim tirkama va tirkamalar 
    o‘z yurguzuvchi dvigatellariga ega bo‘lmay, yuk va passajirlarni tashishga 
    mo‘ljallangan aravalardan iborat bo‘lib, ularni harakat-lantirishda avtomobil va 
    tyagachlardan foydalaniladi. Hozirgi kunda ishlovchi barcha avtomobillar asosiy 
    vazifa-larini quyidagicha tasniflash mumkin (1-rasm) va bu tasnif davlat standarti 
    (dst) talabiga mutlaqo bo‘ysundi-rilgandir. 
    Barcha avtomobillar o‘z massalari yoki ular o‘qlaridan yo‘l qoplamalariga 
    tushuvchi kuch og‘irliklari bo‘yicha uch guruhga bo‘linadilar.
    Dst talabiga binoan, barcha avtomobillar umumfoydalanish yo‘llarida ishlovchi 
    “a” va “b” guruhlariga va umumfoydalanish yo‘llaridan tashqarida ishlovchi 
    uchinchi guruhga bo‘linadi. 
    “a” guruhli avtomobillarning o‘qlar orasidagi masofasi 2,5 metr va undan ortiq 
    bo‘lganda, har bir o‘qidan yo‘l qoplamasiga tushuvchi kuch xalqaro talablarga ko‘ra 
    115 (100) kn dan oshmasligi kerak. Demak, bunday avtomobillar i va ii kategoriyali, 
    ya’ni sement-beton va asfalt-beton yo‘llarda ishlashga mo‘ljallangan. 


    400
    “b” guruhli avtomobillarning o‘qlari orasidagi masofa 2,5 metr va undan ortiq 
    bo‘lganda, uning har bir o‘qidan yo‘l qoplamasiga tushuvchi kuch 60 kn dan 
    oshmasligi kerak. Demak, bunday avtomobillar yuqori kategoriyali avtomobil 
    yo‘llari bilan bir qatorda quyi kategoriyali (engillashtirilgan qoplamali) barcha 
    yo‘llarda ham ishlashlari mumkin. 
    Agar yo‘l qoplamasiga yuqoridagi chegaralangan miqdordan ortiq kuch bilan 
    og‘irlik tushsa, u tez ishdan chiqishi mumkin. 
    Uchinchi guruhli yoki umumfoydalanish avtomobil yo‘llaridan tashqarida 
    ishlovchi avtomobillar, asosan ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobillari bo‘lib, ular 
    asosan karerlarda vaqatnovi uchun maxsus qurilgan karer yo‘llaridagina ishlashlari 
    mumkin.
    Barcha avtomobillar bajaradigan vazifalariga ko‘ra, yuk va passajirlar 
    tashishga mo‘ljallangan transport avtomobillariga va maxsus avtomobillarga 
    bo‘linadilar. Maxsus avtomobillar ish vazifalari bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin: 
    kommunal va shahar xo‘jalik ishlariga moslangan (suv sepuvchi, qor supuruvchi, 
    axlat tashuvchi va hakozo); o‘t o‘chiruvchi; tez tibbiy yordami va boshqa sanitariya 
    avtomobillari; avtokranlar; ustaxona o‘rnatilgan avtomobillar; har xil qurilish 
    uskunasi yoki jihozlari o‘rnatilgan (beton tayyorlovchi va hakozo) avtomobillar 
    bo‘lishi mumkin. 
    Maxsus avtomobillarga sport avtomobillari ham kiradi va ularning asosiy 
    vazifasi tezlikni oshirish mahoratiga qaratilgan bo‘ladi. 
    Yuk tashuvchi avtomobillar o‘z navbatida tirkamalar ulab ishlatilishi mumkin. 
    Tyagachlar va yuk avtomobillari tirkama hamda yarim tirkamalarga ulansa, 
    avtopoezdlarni tashkil qiladi. 
    Tyagach va yuk avtomobillarini avtopoezd qilib ishlatish transport vositalari 
    ish unumini oshirishning real yo‘llaridan biridir. 
    Yuk tashishga mo‘ljallangan avtomobil va tirkama (yarim tirkamalar), asosan 
    yuk tashiy olish qobiliyati hamda kuzovlari turlariga qarab tasnif qilinadi. 
    Avtomobil va tirkama (yarim tirkama)ning nominal yuk tashiy olish qobiliyati 
    ularni ishlab chiqaruvchizavodkonstruktorlari tomonidan belgilanadi. Bunda asosiy 
    mezon transport vositalarini har xil og‘ir yo‘l sharoitlarida ham maksimal yuklash 
    imkoni bo‘lishi kerak. 
    Avtomobil, tirkama va yarim tirkamalarning nominal yuk ko‘tara olish 
    qobiliyati unga o‘rnatilgan aniq kuzov turiga va ishlatilayotgan avtorezinaga 
    bog‘liqdir. Agar kuzov turi o‘zgarsa, uning nominal yuk ko‘tara olish qobili-yati 
    ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, yog‘och kuzovli avtomo-bil temir kuzovli 
    avtosamosval kuzoviga almashtirilsa, avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati ancha 
    kamayishi mumkin. Chunki temirdan ishlangan kuzov ¸g‘ochdan ishlangan kuzovga 
    nisbatan ancha og‘ir. Bundan tashqari, samosval tamoyilida ishlashi uchun 
    avtomobil shassisiga qo‘shimcha ag‘daruvchi mexanizm o‘rnatilishi lozim. 


    401
    Dst talabiga binoan, yuk ko‘tara olish qobiliyati bo‘yicha avtomobillar 
    quyidagi sinflarga bo‘linadi:
    – eng kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar (0,5 tonna-gacha); 
    – kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar (0,5–2,0 tonna-gacha);
    – o‘rtacha yuk ko‘taruvchi avtomobillar (2,0–5,0 tonna-gacha);
    – ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobillar (5,0–15,0 tonna-gacha); 
    – eng ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobillar (15,0 tonnadan ortiq). 
    Eng kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar, asosan engil avtomobillar shassisiga 
    o‘rnatilgan furgon va pikaplardir. Ular pochta yig‘ish yoki tarqatishda, har xil 
    mayda savdo nuqtalari, bufet va oshxonalar yuklarini tashish va shu kabilarda 
    ishlatiladi.
    Kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar yuk oboroti kichik bo‘lgan mayda partiyali 
    mahsulotlarni tashishga mo‘ljallangan avtomobillardir. Masalan, xo‘jalik va savdo 
    korxonalari mahsulotlari, qishloq xo‘jalik yo‘llarida tashiluvchi kichik partiyali 
    yuklar va shu kabilar. 
    O‘rtacha va ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobillar yirik partiyali ko‘p yuklarni 
    tashishga mo‘ljallanadi. Masalan, sanoat korxonalari xom ashyo va tayyor 
    mahsulotlari, ko‘p partiyali qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish mahsulotlari, yonilg‘i, 
    boshqa xom ashyolar va hakozolar. 
    Eng ko‘p yuk ko‘taruvchi yoki karer avtomobillari, asosan, tog‘ konlarini ochiq 
    usul bilan ishlashda, masalan, toshko‘mir, metall ma’danlari va boshqa sanoat xom 
    ashyolarini ishlab chiqarishda, yirik gidrotexnik inshoot qurilishlarida ishlatiladi. 
    Kuzov turlari bo‘yicha yuk avtomobillari quyidagicha tasniflanadi: universal 
    platformali va bortli (yoki qisqacha nomi bortli) avtomobillar; samosval avtomobil-
    lar; maxsus va ixtisoslashtirilgan kuzovli (non, un, beton, benzin va hakozo 
    tashuvchi) avtomobillar. 
    Avtomobillar va avtopoezdlarning maksimal gabarit hajmlari dst talabiga 
    binoan, uzunligi 22 (xalqaro tashishlarda 20) metrgacha, eni 2,5 (2,6) metrgacha va 
    balandligi (yuk ortilganda ham) 4,0 metrgacha qilib chegaralangan. 
    Avtomobil yo‘llari inshootlari ayni DSTgabarit talablari bo‘yicha quriladi. 
    Avtobuslar passajirlarni ko‘plab tashishga mo‘ljal-langan avtomobillar bo‘lib, 
    ular yuqorida keltirilgan DST talabiga binoan, kuzovining sig‘imi bo‘yicha 
    quyidagicha tasniflanadi:
    – eng kichik avtobuslar (passajirlar sig‘imi 8 ta o‘ringacha yoki gabarit 
    uzunligi 5 metrgacha); 
    – kichik avtobuslar (passajirlar sig‘imi 9–35 o‘rinli yoki gabarit uzunligi 6,0–
    7,5 metr);
    – o‘rta sig‘imli avtobuslar (passajirlar sig‘imi 35–60 o‘rinli yoki gabarit 
    uzunligi 8,0–9,5 metr);
    – katta sig‘imli avtobuslar (passajirlar sig‘imi 60–100 o‘rinli yoki gabarit 
    uzunligi 10,5–12 metr);


    402
    – eng katta sig‘imli avtobuslar (passajirlar sig‘imi 100 o‘rindan ortiq yoki 
    gabarit uzunligi 12–16,5 metr);
    – eng katta sig‘imli va yarim tirkamali (birlashti-rilgan) avtobuslar (passajirlar 
    sig‘imi 160–190 o‘rinli yoki gabarit uzunligi 16,5 metr, undan ortiq).
    Passajirlar tashishda harakat xavfsizligi juda muhim bo‘lganligi uchun hozirga 
    qadar tirkamali avtobus poezdlari qo‘llanilgan emas va uning uzil-kesil 
    konstruksiyasi ham ishlab chiqilmagan. 
    Maxsus avtobuslarga turistik sayohatlarga va shunga o‘xshash qatnovlarga 
    moslab ishlangan avtobuslar kiradi.
    Vazifalari va ishlatilish joylariga qarab avtobuslar shahar ichi avtobuslari va 
    shaharlararo avtobuslarga bo‘linadi.
    Shahar ichi avtobuslari, asosan, vagon tipidagi ko‘p sig‘imli salonga egadirlar. 
    Shahar ichida qatnovchi avtobuslarga qo‘yiladigan asosiy talab ularning turgan 
    joyidan tez qo‘zg‘alishi va zarur darajadagi tezlanishidir. Chunki shahar ichi yo‘na-
    lishlarida qatnovchi avtobuslar tez-tez to‘xtab ishlaydi. 
    Demak, ularning joylaridan tez qo‘zg‘ala olish va tezlana olish qobiliyatiga ega 
    bo‘lishi juda muhimdir. Shahar ichi avtobuslarining eshiklari, passajirlar o‘tish va 
    turar joylari keng qilib ishlanishi, eshiklar soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak, 
    chunki uning biri chiqish uchun bo‘lsa, ikkinchisi tushish uchun xizmat qiladi.
    Shaharlararo yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslar tez yurishga va passajirlarga 
    maksimal qulaylik hamda shinamlik yaratishlarga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur. 
    Bunday avtobuslarning maksimal harakat tezliklari 120 km/soat va undan ham ortiq 
    bo‘lishi mumkin. 
    Shaharlararo marshrutlarda qatnovchi avtobuslarning passajirlar saloni bagaj 
    joylaridan ajratilgan bo‘lishi kerak. Ko‘p hollarda bagajlar avtobus saloni tagiga 
    joy-lashtirilib, uning eshiklari tashqarida bo‘ladi. Salondagi o‘rindiqlar yumshoq 
    qilib yasaladiki, ular uxlab ketishga ham mo‘ljallangan bo‘ladi.
    Engil avtomobillar quyidagi ko‘rsatkichlari yoki parametrlari bo‘yicha ham 
    tasnif qilinadi: silindrlar ish hajmi yoki litraj bo‘yicha; kuzov turi bo‘yicha. 
    Litraj bo‘yicha engil avtomobillar 4 guruhga bo‘linadi: eng kichik litrajli (0,75 
    l); kichik litrajli (1,5 l gacha); o‘rta litrajli (3,0 l gacha); katta litrajli (3,0 l dan 
    ortiq).
    Kuzovlar turi bo‘yicha engil avtomobillar yopiq kuzovli (sedan); ochiq quzovli 
    (faeton), usti ochiladigan kuzovli (kabriolet) avtomobillarga bo‘linadi. Shaxsiy mulk 
    egalari foydalanishiga hisoblangan avtomobillar keyingi yillarda yopiq kuzovli qilib 
    yasalmoqda. 
    Avtomobil transporti moddiy – texnika bazasi tarkibiga avtomobil yo‘llari ham 
    kiradi. Transport vositasidan foydalanish samaradorligi mavjud yo‘llarga va 
    ularning holatiga bevosita bog‘liqdir. Yo‘llarning qoniqarsiz holatda bo‘lishi 
    transport vositasi tezligini va uning ish unumini keskin pasaytiradi hamda yuk va 
    passajirlar tashish tannarxi oshishiga sabab bo‘ladi. 


    403
    Avtomobil yo‘llari yo‘llardan tashqari kompleks injenerlik qurilmalaridan ham 
    iborat bo‘lib, ularning hammasi avtomobillarning yil mobaynida, kechayu–kunduz, 
    iqlim injiqliklariga qaramay, xavf–xatarsiz, zarur tezlik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
    bilan muntazam harakatlanishga mo‘ljallangan inshootlardir. 
    Avtomobil transporti korxonalari – avtomobil ekspluatatsiyasi korxonalar, yuk 
    avtomobili terminali, vokzal, passajir avtomobil bekati, servis (texnik) xizmat 
    ko‘rsatish bekatlari, garaj, mehmonxonalar, avtomobil va shina ta’miri zavodlari va 
    boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
    Shaxsiy transport vositalari egalari, ya’ni mulkdorlar o‘z avtomobillari bilan 
    tadbirkorlik (tashish) ishi bilan shug‘ullansalar, ular xissadorlik tashish saroylariga 
    birlashib ishlashlari tavsiya etiladi.
    Avtoekspluatatsion saroylar yuk va passajir tashish uchun belgilangan asosiy 
    korxonalardir.
    Ko‘pchilik avtoekspluatatsion saroylar transport vositasini saqlash, undan 
    foydalanish, servis (texnik) xizmat ko‘rsatish va mayda ta’mirlash ishlari bilan 
    shug‘ullanadi. 
    Transport vositasi maxsus uskunalangan ochiq maydon-larda, shuningdek, usti 
    yopiq maydonlarda saqlanadi. Avtomobillar ochiq maydonda saqlanganda sovuq 
    qish kunlarida dvigatellarni ishlatishni osonlashtiradigan maxsus moslamalar (bug‘, 
    suv, gaz yoki elektr isitgichlar)ni, uskunalar va avtomobil detallari eyilishiga yo‘l 
    qo‘ymaslik uchun tegishli moylash materiallarini tanlashga alohida ahamiyat berish 
    zarur. 
    Odatda, barcha avtomobil saroylarida avtomobillarga kundalik va texnik 
    xizmat ko‘rsatiladi. Buning uchun ularda maxsus ustaxonalar va uskunalar bo‘lishi 
    kerak. 
    Avtomobil saroylarining ko‘pchiligi yuk yoki passajir tashish bo‘yicha 
    ixtisoslashtirilgan. Ba’zi bir, asosan qishloq va uzoq tumanlarda joylashgan 
    avtomobil saroy-lari aralash turda tashkil etilgan bo‘lib, ular tarkibida yuk 
    avtomobillari, avtobuslar va taksilar mavjud, ular yuk va passajirlar tashiydi. 
    Mintaqaviy (viloyat) avtomobillarda tashish uyushma-lariga qarashli avtomobil 
    saroyalarining ko‘pchiligi yirik korxonalardir, ularda 100-120 ta avtomobil bor.
    Yuk avtomobili terminallari (yuat) avtomobil transporti tizimida shaharlararo 
    va xalqaro yuklarni tashish uchun tashkil qilinadi. 
    Yuat yirik shaharlarda va sanoat markazlarida, shaharlararo muntazam 
    yo‘nalish uzellari, dengiz va daryo pristan va portlari oldida joylashadi. Odatda, 
    yuat binolar va qurilmalar kompleksiga ega bo‘ladi.
    Yuatning asosiy vazifalari quyidagilardir: yuklar-ni shaharlararo vaxalqaro 
    muntazam ravishda tashishni tashkil qilish, konteynerlarda mayda yuklarni etkazib 
    berish va jo‘natish; transport-ekspeditsion va ombor operatsiyalarini bajarish; o‘z 
    omborlarida yuklash-tushirish ishlarini bajarish; qisqa masofaga tashiladigan 
    yuklarni temir yo‘ldan avtomobil transportiga o‘tkazish; yuk egalaridan yuklarni 


    404
    qabul qilib olish va ularni yirik partiyalarga qayta to‘plash; tovarlarni 
    iste’molchilarga etkazib berish; qisqa vaqt davomida transport vositasini o‘z hovli 
    maydonchalarida yuk bilan birga saqlash; quzov-larni yuvish va tozalash; konteyner 
    va yarim tirkamalarni mayda ta’mir qilish; shaharlararo va mamlakatlararoqatnay-
    digan haydovchilarning hordiq chiqarishini ta’min-lash; transport vositasining 
    harakat grafigini nazorat qilish; tashilgan yuk uchun yuk jo‘natuvchilar bilan hisob-
    kitob qilish va hakozo. 
    Yuat tashish uchun yuklarni shartnomalar va buyurtmalar asosida qabul qiladi. 
    Mayda yuklar yig‘ilib, yuat omboriga etkaziladi va yo‘nalish tomoniga ko‘ra 
    guruhlanadi. Yuatning o‘z transport vositasi bo‘lmaydi. Mayda yuklarni yig‘ib 
    keltirish va egalariga topshirish, shuningdek, shaharlararo yuk tashish ishlarini 
    bajarish uchun yuat buyurtmasiga muvofiq avtomobillarda tashish xissadorlik 
    uyushmalari korxonalari transport vositalari beradilar. 
    Yuat ixtiyorida transport vositasi ishini nazorat qilib turish va uning muntazam 
    ishlashini ta’minlash uchun telefon, teletayp yoki radioaloqa vositalari bo‘lishi 
    kerak. 
    Yuat-xo‘jalik hisobidagi xissadorlik tashkiloti bo‘lib, yuk jo‘natuvchilar va 
    yukni tayinlangan joyga etkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar uchun 
    to‘la hisob-kitob qiladi.
    Yuat tashkil etish ko‘p yuk ko‘taradigan transport vositalarni qo‘llanish, 
    ishning ilg‘or shakllarini amalga oshirgan holda ulardan unumli foydalanish 
    imkonini beradi. 
    Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi passajir-larga xizmat qilish uchun 
    avtobus vokzallari quriladi. Odatda, avtobus vokzallari kompleks inshootlar bo‘lib, 
    katta shaharlarda quriladi. Uning tarkibiga passajirlar zali va xizmat binolari bilan 
    birga vokzal binosi; passajirlarni avtobusga chiqarish va tushirish perronlari, reysga 
    chiqadigan avtobuslarni tozalash, yuvish va texnik xizmat ko‘rsatish postlari kiradi. 
    Avtobus vokzalining bosh rejasi shahar transporti keladigan va taksilar turishi uchun 
    mo‘ljallangan vokzal oldi maydonini o‘z ichiga oladi. Avtobus vokzalining ichki 
    xududi bilan vokzal oldi maydoni bir-biri bilan shunday bog‘langan bo‘lishi 
    kerakki, passajirlar perronga vokzal binosi orqali ham, binoga kirmasdan ham chiqa 
    olsinlar. 
    Odatda, avtobus vokzali binosida chipta kassalari va boshqa tur transport 
    agentliklari bo‘lgan passajirlar zali, bolalik passajirlar uchun xona, yuk (bagaj) 
    saqlash va jo‘natish kamerasi, qahvaxona, tibbiyot xonasi, pochta va shaharlararo va 
    xalqaro telefon uzeli, xizmat xonalari (dispetcherlik, idora, aloqa uzeli, 
    haydovchilarning hordiq chiqarish xonasi, ventilyasion kamera) joylashadi. Avtobus 
    vokzallari avtomatik signalizatsiya vositalari, avtobuslar harakatini boshqarish 
    uchun radioaloqa hamda televizion qurilmalar bilan jihozlanadi. Avtobuslar-ning 
    kelishi va jo‘nab ketishi haqida passajirlarga radiouzellar yoki signalizatsiya 
    yordamida habar qilinadi. 


    405
    Avtovokzallarga avtobuslarni viloyat avtomobillarda tashish uyushmalari 
    saroylari shartnomaga binoan, hamda belgilangan jadvalga ko‘ra ajratadilar. Shaxsiy 
    avtobus egalari ham shaharlararo va xalqaro passajirlar tashish tadbirkorligi bilan 
    shug‘ullanishni istasalar avtovokzal-lar bilan shartnoma tuzib, belgilangan jadval 
    bilan ishlashlari shart.
    Passajir avtobus bekatlari (pab) avtomobil yo‘llarida, kichik shahar va aholi 
    yashaydigan joylarda quriladi va avtomobil yo‘llardagi inshootlar kompleksiga 
    kiradi. Passajir avtobus bekatlarining asosiy vazifasi - shaharlararo va xalqaro 
    avtobus aloqasi o‘rnatish, barcha passajirlarga xizmat qilish. Pab passajirlar binosi 
    va passajirlarni avtobusga chiqarish va tushirish uchun usti yopiq perrondan iborat 
    bo‘ladi. 
    Bino passajirlar zali, kassa, bufet, sanitariya xizmati va bug‘ qozoni o‘rnatilgan 
    xonani o‘z ichiga oladi. Turistlar ko‘p qatnaydigan yo‘llarda pab binosiga 
    qo‘shimcha ravishda mehmonxona bilan restoran ham quriladi.
    Ba’zan avtovokzallar va passajir avtobus bekatlari temir yo‘l vokzali bilan bir 
    joyda quriladi. Bu hol passajirlar uchun bir transport turidan ikkinchisiga o‘tishda 
    qulaylik tug‘diradi, maydon va qurilish harajatlarini tejaydi. Bunday holda kutish 
    zali, kassalar zali, bufet, oshxona, bolalik passajirlar xonasi, bagaj saqlash kamerasi 
    umumiy bo‘lishi mumkin. 
    2. Avtomobil transporti ishini tashkil qilish va boshqarish 
    Avtomobil transporti ishini tashkil qilish tizimi tashish va boshqa yordamchi 
    ishlarni bajarishda barcha bo‘lim va bo‘linma ishlarini muvofiqlashtirib olib 
    borishdan iboratdir.
    Tashish ishlari, avvalo, mavjud reja hamda boshqarishni tashkil etish hujjatlari 
    talablari asosida bajarilishi lozim. Boshqarishni tashkil etish hujjatlari avtomobil 
    transporti korxonalari va mijozlar orasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilovchi 
    hujjatlardir. 
    Bunday hujjatlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi “avtomobil transporti” 
    qonuni va uning ilovalari,“yo‘l harakati xavfsizligi”, “avtomobil transporti nizomi”, 
    avtobus va shaharlararo hamda xalqaro yuk va passajirlar harakat jadvali, 
    shaharlararo va xalqaro yuk va passajirlarni tashishni tashkil qilish tartib va 
    qoidalari va boshqalar kiradi. 
    Avtomobil transportidagi boshqarish tizimi boshqa transport turlaridagidan 
    ancha farq qiladi. Yirik avtomobil transporti saroylarini boshqarish uchun 
    O‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy (qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
    va toshkent shahri) avtomobillarda tashish hissadorlik uyushmalari tashkil etilgan. 
    Toshkent shahar, viloyatlar hamda qoraqalpog‘iston respub-likasi avtomobillarda 
    tashishni tashkil etuvchi hissador-lik uyushmalari transport saroylari, ilmiy-
    tekshirish tashkilotlarini ham boshqarib turadi. U shu turdagi transportni 
    birlashtirish, yuk va passajirlarni tashishni tashkil etish, transport saroylarining 


    406
    vakolatiga binoan yagona texnik siyosat, moddiy-texnika ta’minoti va boshqa 
    ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanadi. 
    Xalqaro avtomobillarda tashish ishlari bilan shug‘ullanuvchi mustaqil ikki 
    korxona bo‘lib, uning birinchisi “bk intrans” mustaqil xo‘jalik yurituchi shaxsiy 
    mulkchilik sub’ekti bo‘lib, o‘z ishini O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti 
    agentligi bilan hamkor-likda ishlaydi, ikkinchisi “o‘rtaosiyo trans” hissadorlik 
    kompaniyasi, ularning ikkovi ham mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lib, 
    O‘zbekiston tashqi savdo aloqalari hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo 
    transporti agentliklari bilan hamkorlikda ishlaydi. Respublika miqyosidagi 
    avtota’mir, avtoshinata’mir sanoati korxona-lari “o‘zavtosanoat” ham mustaqil 
    boshqaruv sub’ekti bo‘lib O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan 
    hamkorlikda boshqaruv ishlarini olib boradi. Shaharlararo yuk tashish ishlari bilan 
    “shaharlararoavtotrans (mejavtotrans)” xissadorlik mustaqil boshqaruv sub’ekti 
    O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan hamkorlikda boshqaruv va 
    tashish ishlarini olib boradi.
    3. Avtomobil transportining o‘ziga xos texnik-iqtisodiy xususiyatlari 
    Avtomobil transporti bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bilan transportning 
    boshqa turlaridan ajralib turadi. Avtomobil transporti yuqori darajada 
    manyovrchanligi tufayli kerakli miqdordagi transport vositalarini zarur joylarga tez 
    yig‘a oladi, yuklarni jo‘natuvchilar omboridan yuk qabul qiluvchilar omborigacha 
    bevosita etkazib beradi. Bunda yuklarni bir transport turidan boshqasiga qayta 
    yuklashga ehtiyoj qolmaydi. Avtomobil transportining qisqa masofalarda yuk va 
    passajirlar tashish tezligi temir yo‘l va daryo transportlardagiga nisbatan ancha 
    yuqoridir. Yuk va passajirlar oqimi kam bo‘lgan erlarda avtomobil transporti temir 
    yo‘l transportiga nisbatan investitsiya sarfini kam talab etadi. Chunki avtomobillar 
    har qanday yo‘llarda ham ishlashi mumkin bo‘lib, maxsus izlar yoki yo‘l qurilishini 
    talab qilmaydi. Avtomobil transporti yo‘llarning doimiy bo‘lishi bilan bog‘liq 
    bo‘lmay, ayrim yo‘llar ishdan chiqqan paytda ularga parallel bo‘lgan yo‘llarda ham 
    qatnashi mumkin. Ba’zan avtomobil yo‘llari orqali yuk yoki passajirlar tashish 
    masofalari temir yo‘l va daryo yo‘llariga nisbatan qisqa bo‘lgan hollari ham 
    uchraydi, chunki ular yo‘llardagi to‘siqlarni aylanib o‘tmay, to‘g‘ri yo‘l 
    yo‘nalishlari bilan harakatlanishlari mumkin. Masalan, toshkentdan namangangacha 
    bo‘lgan temir yo‘llarda yuk va passajirlar tashish masofasi angren-xo‘jand tog‘larini 
    aylanib o‘tish hisobiga 450 kilometrni tashkil etsa, avtomobil transporti to‘g‘ri 
    angren tog‘ining qamchi dovonidan o‘tib borish hisobiga tashish masofasi 300 km 
    tashkil etadi yoki qarshi va termiz shaharlari orasidagi avtomobil yo‘llar masofasi 
    temir yo‘llardagiga nisbatan 320 km kam hamda horijiy davlat xududi 
    (turmaniston)ga kirmay o‘tadi va bu hol O‘zbekistonga valyo‘ta harajatini tejash 
    imkonini beradi. 
    Qisqa masofalarda avtomobil transporti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk tashish, 
    aralash tashish tizimiga xos bo‘lgan yuklarni yo‘llardagi transport uzellarida qayta 


    407
    ortish-tushirish ishlari bo‘lmasligi va tashish tezligining kattaligi yuk tashish 
    umumiy harjatlarini ancha tejash imkoniyatini beradi. Uzoq masofalarga yuk 
    tashishda tashish tannarxining qimmatligi uning iqtisodiy samaradorligini boshqa 
    transport turlardagiga nisbatan kamaytirib yuboradi. Hozir avtomobil transporti 
    hissasiga O‘zbekiston Respublikasi transportning barcha turlarida tashiladigan 
    yuklar hajmining (tonna hisobida)90% dan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda 
    avtomobil transportisiz iqtisodiyotning bironta tarmog‘i ham o‘z faoliyatini davom 
    ettira olmaydi. 
    Sanoatda avtomobil transporti har yili deyarli 600 mln. Tonna yuk tashiydi. 
    Sanoat korxonalariga xom ashyo avtomobillarda tashiladi va u erdan tayyor 
    mahsulot yana avtomobillarda olib chiqiladi. Karerlarda 135, 170 tyuk ko‘taradigan 
    samosval-avtomobillarning qo‘llanilishi tog‘ - konishlama sanoatining shaxtali 
    usuliga nisbatan ruda qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqarishni keng 
    rivojlantirishga yo‘l ochib beradi. Har yili bunday ishlarda samosval-avtomobillar 
    yordami bilan 500 mln. Tonnadan ortiq ruda, slanets, ko‘mir va karerlar ust qobig‘i 
    jinslari tashiladi.
    Hozirgi zamon industrial qurilishida avtomobil transportining ahamiyati 
    yanada o‘sdi. Sanoat va uy-joy qurilishlarida ishlatiluvchi yirik temir-beton 
    buyumlar, bloklar, panellar, ferma boshqa qurilish inshootlari elementlari faqat 
    avtomobilda tashiladi. Avtomobil transportisiz mamlakatimizda qurilish-montaj 
    ishlarini avj oldirib bo‘lmaydi. 
    Ulkan gidrotexnika inshootlarini qurishda avtomobil transporti juda katta 
    ishlarni bajaradi.
    Avtomobil transportisiz ko‘plab mahsulot etishtiruvchi hozirgi zamon qishloq 
    xo‘jaligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligida avtomobil ichki hamda 
    tashqi yuk tashish ishlarida keng qo‘llanilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
    (g‘alla, paxta, qand lavlagi va hakozolarni) yig‘im-terim paytida tashishda 
    avtomobil transporti hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Hosilni buzilishdan saqlash uchun 
    uni qisqa muddat (10-20 kun)da yig‘ib-terib va tashib olish kerak. Qishloq 
    xo‘jaligida avtomobil transporti yordamida yuk tashishning umumiy xajmi yiliga 
    100 mln. Tonnani tashkil etadi va bu raqam yanada o‘sib bormoqda.
    Barcha savdo, shu jumladan, xususiy mulk egalariga tegishli tarmoqlarida yuk 
    tashishning katta partiyali mollarni omborlardan va har bir savdo joyiga etkazib 
    berishgacha bo‘lgan hamma turlarini, asosan, avtomobil transporti vositasida 
    amalga oshirish mumkin. 
    Murakkab kommunal xo‘jalik inshootlariga ega bo‘lgan zamonaviy 
    shaharlarda transport xizmatini avtomobil transporti to‘la egallamoqda.
    Avtomobil transportining boshqa transport turlariga nisbatan afzalliklaridan 
    yana biri shundaki, u yuklarni har qanday joyga, yuk jo‘natuvchi va yuk qabul 
    qiluvchi eng kichik joylargacha etkazib beradi. Mana shunday afzallik-larga ko‘ra, 
    avtomobil transporti mahalliy aloqalardagi katta ahamiyatidan tashqari, magistral 


    408
    temir yo‘l, suv va havo transporti uchun ham zarur qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lib 
    xizmat qiladi. Keyingi yillarda ko‘plab yuklar 200-300 km gacha masofalarda temir 
    yo‘l transportidan avtomobil transportiga o‘tkavzilmoqda. Bu narsa temir yo‘l 
    transporti ishini ancha engillashtiradi, yuklarni bir transportdan ikkinchisiga qayta 
    tushirib-ortishni kamay-tiradi va ularni iste’molchilarga etkazish tezligini oshiradi. 
    Avtomobil transporti temir yo‘lga qaraganda qisqa va uzoq masofalarda ham yuk 
    tashish tezligini ancha oshiradi. Avtomobil transportida uzoq masofalarga yuk olib 
    borishni tezlatish shahar va xalqaro avtomobillarda shaharlararo yuk tashish ishini 
    rivojlantiradi. O‘zbekiston xududida buyuk ipak yo‘lining tiklanishi avtomobil 
    transportida shahar va xalqaro yuk tashishni keng qo‘llanish uchun yaxshi shart-
    sharoitlar yaratiladi. Bularga ko‘p yuk ko‘taruvchi avtomobil va avtopoezdlarning 
    ko‘plab ishlatilishi, yo‘l qurilishining takomillashishi va amalga oshirilgan boshqa 
    bir qator tadbirlar yordam bermoqda. Bunga birinchi navbatda mintaqaviy 
    avtomobil-larda tashish uyushmalariga tegishli avtomobil transpor-tini ko‘paytirish, 
    shahar va xalqaro yuk tashish uchun ixtisoslashtirilgan avtomobil saroylarini va yuk 
    tashish ishini uyushtiruvchi avtomobil terminallarini tashkil qilish va boshqalar 
    kiradi.
    Avtomobillarda shaharlararo yuk tashishni tashkil etishdagi muhim 
    tadbirlardan biri transport vositasidan foydalanishda “yuk tashish elkasi”usulini 
    joriy etish-dir. Bunday usulda yuk tashishda yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchi 
    shaharlar orasidagi harakat yo‘nalishi bir necha “yuk tashish elkalariga” 
    (uchaskalarga) bo‘linadi. Har bir uchastkaning oraliq masofasi haydovchining ish 
    kuni (smenasi) davomida borib qaytishini hisobga olingan holda belgilanadi.
    Yuklar bu usulda tashilayotganda yarim tirkamali avtopoezdlardan 
    foydalaniladi. Yuk jo‘natilgan shahardan yuk oluvchi shahargacha etkazib berishda 
    turli uchastkalarda boshqa tyagachlar va haydovchilar ishlaydi. Avtomobil 
    poezdining yarim tirkamalari har uchastkaning oxirida (odatda, yuk terminalida) 
    almashtiriladi. Bunday yuk tashishda qatnashayotgan haydovchilar soni uchastkalar 
    soniga teng bo‘lishi kerak. 
    Yuk tashishni “yuk tashish elkasi” usulida tashkil qilish tashish tezligini 
    yagona avtomobilda tashish tizimi-ga nisbatan ancha oshiradi va haydovchilar 
    mehnatini me’-yorida tashkil qilishga imkon beradi. Bunday yuk tashish tizimi
    ayniqsa,qimmatbaho, zudlik bilan tashiladigan, tez buziladigan va tushirib-ortishga 
    noqulay yuklar uchun foydalidir. 
    Avtomobil transportining yana bir afzalligi shundaki, uni qisqa vaqt ichida 
    ishga tushirish va avtomo-billarda temir yo‘l bo‘lmagan erlarda yuk va passajirlar 
    tashish mumkin. Avtomobil transportining bu afzalligi qo‘riq va bo‘z erlarni 
    o‘zlashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirish katta 
    miqdorlarda yuk tashishni talab qiladi. 
    Masalan, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda mirzacho‘l va qarshi cho‘llarida, 
    surxon-sherobod vodiysi, qoraqalpog‘is-tonda va boshqa mintaqalarda 1 mln. 


    409
    Gektarga yaqin yangi erlar o‘zlashtirildi. Mana shu o‘zlashtirilgan erlarda tashilgan 
    yuklarning umumiy hajmi va yuk oborotining 90 foizdan ortig‘i avtomobil 
    transporti zimmasiga tushdi.
    Avtomobil transportida juda katta miqdorlarda passajirlar ham tashiladi. 
    Masalan, shahar ichi passajir-lar tashishda avtomobil transportining ulushi 60 
    foizdan ko‘p. Shaharlararo uzoq masofalarda hamda shahar atrofi erlarida passajirlar 
    tashishda ham avtomobil transporti-ning ahamiyati ortib bormoqda. 
    Lekin avtomobil transporti yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklarga qaramay, temir 
    yo‘l va daryo transportiga qaraganda ancha past texnik-ekspluatatsion 
    ko‘rsatkichlarga ega. Muhim kamchiliklardan biri - avtomobil transporti ishchilari 
    mehnat unumdorligining pastligidir. Bu hol avtomobil transportidagi transport 
    vositasi birligining temir yo‘l va daryo transportidagiga nisbatan kam yuk ko‘tara 
    olishi yoki passajirlar sig‘imi kichikligi bilan izohlanadi. Shuning uchun yuk tashish 
    tannarxining kattagina qismini haydovchilar va ta’mirlovchi ishchilar ish haqi 
    tashkil qiladi. Transport vositasi birligiga to‘g‘ri keladigan dvigatellar quvvatining 
    nisbiy kattaligi yonilg‘i sarfini oshiradi.
    Transport vositasidan foydalanish ko‘rsatkichlari-ning pastligi va yo‘l 
    sharoitlarining og‘irligi ham avtomobil transportida mehnat unumdorligining past 
    bo‘lishiga olib keladi. 
    Avtomobil transportining yana bir muhim kamchiligi tashish tannarxining 
    kattaligidir. Avtomobil transporti tashish tannarxining kattaligi, uning qimmatbaho 
    yonilg‘i-da ishlashi, bajarilgan ish birligiga nisbatan yonilg‘i sarfi ko‘pligi, transport 
    vositasi birligi yuk ko‘tara olish yoki passajirlar sig‘dira olish qobiliyatining kichik-
    ligi sababli bajarilgan ishga nisbatan to‘lanadigan ish haqi kattaligidir. Bundan 
    tashqari avtomobil transporti-da transport vositalarining yuk eltib berilgach, 
    qaytishda yuksiz yurishlari ham tashish tannarxini oshirishga olib keladi. 
    Yuqorida aytilganlarga ko‘ra, avtomobil transportini qisqa masofalarda, 
    ayniqsa, ichki tashishlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu:Avtomobil transporti.uningtexnik - iqtisodiyxususiyatlari va

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish