• 70 kilometrdan , maktab va bogʻchalar atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha masofada 30 kilometrdan
  • Yuk tashish shartnomasi tushunchasi




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet216/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Yuk tashish shartnomasi tushunchasi. Ijro uchun qabul qilingan yuk tashish 
    to‘g‘risidagi arizalarni (buyurtmalarni) amalga oshirish transport korxonasi va yuk 
    jo‘natuvchilar o‘rtasida shartnoma tuzish hamda uni bajarish yo‘li bilan ruyobga 
    chiqariladi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatda iqtisodiy vaziyat o‘zgarganiga va 
    bozor munosabatlariga o‘tilayotganiga qaramay, transport qonunchiligidagi asosiy 
    qoidalar (masalan, yuk tashish shartnomasini belgilash) ko‘p vaqtdan buyon 
    o‘zgarishsiz qolmoqda, Shuning uchun yurist olimlarning transport qonunchiligining 


    391
    baxsli muammolari bo‘yicha ancha ilgari (SSSR mavjudligi davrida) bildirgan fikrlari 
    dolzarbligicha qolmoqda hamda amaldagi transport qonunchiligini yaxshirok 
    tushunish va baxolash transport munosabatlaridamavjud ayrim baxsli muammolar 
    bo‘yicha to‘g‘ri xulosa chiqarishda ko‘maklashadi. Transport tashkiloti (tashuvchi) 
    tashish shartnomasi bo‘yicha unga jo‘natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni 
    belgilangan punktga yetkazish va yukni olishga vakil qilingan shaxsga (oluvchiga) 
    topshirish majburiyatini oladi, jo‘natuvchi esa yukni tashish uchun belgilangan xakni 
    to‘lash majburiyatini oladi. Yuk tashish shartnomasining huquqiy tavsifi borasida 
    hozirga qadar yagona fikr yuk. Bu masalaga yuridik adabiyotda katta ahamiyat 
    berilishiga qaramay, u fuqarolik huquqi fanida hali ham baxsli bo‘lib qolmoqda. Yuk 
    tashish shartnomasining huquqiy tavsifini aniqlashda unda yukni qabul qilib 
    oluvchining huquqiy holatini, uning yuk jo‘natuvchi va tashuvchi bilan munosabatini 
    aniqlash yetarliga o‘xshaydi. 
    Yukni qabul qilib oluvchining yuk jo‘natuvchi va tashuvchi bilan tashish 
    shartnomasidagi o‘zaro munosabatlari borasida bir qancha nuqtai nazarlar mavjud. 
    Ba’zilar yuk tashish shartnomasini uchinchi shaxs foydasiga ishlovchi shartnoma 
    sifatida kvalifikatsiya qilishadi. Ayni mahalda boshqalar yuk tashish shartnomasining 
    ijrosini uchinchi shaxsga topshirish to‘g‘risidagi shartnoma toifasiga kiritiladi yoki 
    yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qilib oluvchini yuk tashish shartnomasida bir tomon 
    deb hisoblashadi.
    Boshqa nuqtai nazarga ko‘ra, yuk tashish shartnomasi yukni qabul qilib 
    oluvchi uchinchi shaxs yoki yuk jo‘natuvchi bilan bir tomon emas, balki mustaqil 
    sub’ekt hisoblanadigan o‘ziga xos shartnomadir. Ayrim mualliflar tashish 
    shartnomasini katnashchilar huquqka xam, tegishli majburiyatlarga xam ega bo‘lgan 
    uch tomonlama shartnoma, deb hisoblashadi. Yuk tashish shartnomasi uchinchi shaxs 
    foydasiga ishlaydigan shartnoma sifatida qaraladigan fikr yuridik adabiyotda ancha 
    keng tarqalgan. Shartnoma uchinchi shaxs foydasiga ishlaydi, degan kontseptsiyani 
    kullabkuvvatlovchi mualliflar yuk tashish shartnomasi yetkazib berish, kapital 
    qurilish to‘g‘risidagi shartnomalar va boshqa shartnomalar hamda ularga asas bo‘lgan 
    me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadigan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi
    deb hisoblashadi. Shunday qilib, tashish shartnomasi – yuk jo‘natuvchi uchun mazkur 
    shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish vositalaridan biri. 
    Mahsulot haridori (qabul qilib oluvchi) ushbu shartnomani tuzar ekan, shartnomada 
    esa uni yetkazib berish usuli belgilanadi.
    Buyurtirilgan mahsulotni qabul qilib oluvchi tegishli shartnomani (etkazib 
    berish, oldisotdi) tuzish jarayonidayoq, birinchidan, tashish shartnomasini tuzishga 
    rozilik beradi, bunda u qabul qilib oluvchi, deb ko‘rsatiladi, ikkinchidan transport 
    tashkilotidan yukni qabul qilish olishgina emas, balki tashish shartnomasidan kelib 
    chiqadigan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatini xam oladi. Yuk 
    jo‘natuvchi (etkazib beruvchi, sotuvchi) esa, uz navbatida, tashish shartnomasini 
    tuzar ekan, uzining mahsulot (yuk)ni qabul qilib oluvchi(haridor)ga topshirish 


    392
    majburiyatini ijro etishni transport tashkilotiga topshiradi, uning bunga roziligi 
    tegishli shartnomani tuzishda olingan bo‘ladi. Ya’ni qabul qilib oluvchi transport 
    tashkilotlaridan yukni berishni talab kilar ekan, yuk tashish shartnomasi tuzilishiga 
    sabab bo‘lgan narsani ijro etish uchun tuzilgan tegishli shartnoma tufayli yuzaga 
    kelgan huquqini amalga oshiradi. Yukni qabul qilib oluvchi –tashish bo‘yicha 
    majburiyatning alohida sub’ekti – tashish shartnomasi uning foydasiga tuziladigan 
    uchinchi shaxs bo‘lib chiqadi. Yukni qabul kiluvchining yuk tashish bo‘yicha 
    huquqiy munosabatlarda uchinchi shaxs sifatida ishtirok etishi uning foydasiga 
    shartnoma tuzayotgan yuk jo‘natuvchining xattiharakatiga xam, yukni qabul qilib 
    oluvchining yuk jo‘natuvchi bilan yetkazib berish shartnomasini yoki boshqa 
    fuqaroning huquqiy shartnomani tuzayotganda ifodalagan xoxishirodasiga xam 
    asoslangan bo‘ladi. Yuk tashish shartnomasi uchinchi shaxs foydasiga qilingan bitim, 
    deb hisoblanadi, biroq bunda yetkazib berish bo‘yicha avval tuzilgan yoki boshqa 
    shartnoma kuchga ega bo‘ladi. 
    Ammo bu kontseptsiyaning zaif jihatlari ko‘p. Birinchidan, na yetkazib berish 
    shartnomasi, na boshqa har qanday shartnoma tashish shartnomasi tuzish uchun 
    majburiy shart bulmaydi. Chindan xam, fuqarolik-huquqiy shartnomalari ko‘p 
    xollarda tashish shartnomasini tuzish zaruriyati doim xam yuzaga kelavermaydi. 
    Agar bir shaharda yashovchi mahsulotni yetkazib beruvchining omboridan o‘ziga 
    tegishli avtotransportda olib ketsa, tashish shartnomasi bulmaydi. Mahsulot miqdori 
    tashish umum talab kilinmaydigan darajada kam bo‘lganda xam tashish shartnomasi 
    kerak bulmaydi. Shuning uchun, buyurtmachi yetkazib berish shartnomasini tuzar 
    ekan, o‘zi to‘g‘ridanto‘g‘ri bildirgan roziligi bilan tashish majburiyati tomonlaridan 
    biriga aylanadi, deb karash kerak emas. Buyurtmachi yetkazib berish shartnomasi 
    tomonlaridan biri hisoblanadi, lekin bu faqat uni xam tashish majburiyati sub’ektiga 
    aylantirmaydi. Fuqarolik kodeksida mutlako uchinchi shaxsning foydalanishi yoki 
    voz kechishi mumkin bo‘lgan huquqlari haqida gap boradi. Uchinchi shaxsga 
    nisbatan majburiyatlar emas, huquqlar belgilanishi mumkin, chunki shartnoma 
    bo‘yicha majburiyatlarga uni shaxsan yoki vakili orqali imzolagan shaxsgina ega 
    bo‘ladi. Yukxatda yukni qabul qilib oluvchi sifatida uni jo‘natuvchi emas, balki 
    boshqa 
    shaxs 
    ko‘rsatilgan yuk tashish shartnomasini uchinchi shaxs foydasiga ishlovchi shartnoma 
    deb emas, balki uchinchi shaxsga bajarib berish shartnomasi, deb e’tirof etish kerak. 
    Transport jarayoni uch qismga bo‘linadi: Birinchi qism – tashish shartnomasi bilan 
    yuzaga kelgan munosabatlar; Ikkinchisi – tashuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchi – 
    uchinchi shaxs o‘rtasida yuzaga keladigan majburiyat munosabatlaridir. Yukning 
    qabul qilib oluvchi manziliga junatilishi, belgilangan punktga yetib borishi yoki 
    yetkazib berish muddati utib ketishi tashuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchi – 
    uchinchi shaxs o‘rtasida majburiyat munosabatlarini yuzaga keltiradigan yuridik 
    faktlardir. Bunda yukni qabul qilib oluvchining huquq va majburiyatlari tashish 
    shartnomasiga emas, balki ularni bevosita tartibga soluvchi ustavga butkul asolangan. 


    393
    Ayrim yuridik nashrlarda tashish shartnomasida yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qilib 
    oluvchi bir tomon, tashuvchi esa boshqa tomon bo‘lishi ko‘rsatilib, bu fikr-muloxaza 
    yukni qabul qilib oluvchining tashuvchiga talablar bo‘yicha uz huquqlarini yuk 
    jo‘natuvchiga utkazish huquqi bilan, Shuningdek yuk tashish yo‘qolganda va tashuv 
    tulovlari ortiqcha olinganda talab qilish huquqi yuk jo‘natuvchiga xam, uni qabul 
    qilib oluvchiga xam, ulardan kaysi biri talab qilish uchun zarur hujjatlarga ega 
    ekanligiga karab, taalluqli ekanligi bilanasoslaydilar. Yuk jo‘natuvchi bilan yukni 
    qabul qilib oluvchining tashish shartnomasida bir tomon bo‘lib ishtirok etishi 
    yukning belgilangan stantsiyaga kelishi bilan tasdiqlanadi va ushbu tashish bo‘yicha 
    tashuvchi oldidagi barcha majburiyat yukni qabul qilib oluvchining zimmasiga 
    tushadi. Ya’ni yukni qabul qilib oluvchi yukni jo‘natuvchi bilan tashuvchi O‘rtasida 
    tashish shartnomasi tuzilgan ondan boshlab jo‘natish stantsiyasida tashish 
    shartnomasi sub’ektiga aylanadi. Agar yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi 
    bir xil huquq hamda majburiyatlarga ega bo‘lgan xollardagina qonuniy bo‘ladi. 
    Biroq transport ustavlarida belgilangan normalar tomonlar – yuk jo‘natuvchi va 
    yukni qabul qilib oluvchi – shartnomadan kelib chiqadigan hamda mustaqil 
    xususiyatga ega bo‘lgan turli huquq va majburiyatlarga ega ekanliklaridan dalolat 
    beradi (masalan, yuk jo‘natuvchi yukni tashishga tayyorlashi – taralangan holatda 
    ko‘rsatishi, yo‘l haqini to‘lashi shart; yukni qabul qilib oluvchi uz nomiga kelgan 
    yukni qabul qilib olishi, olib ketishi, uni qabul qilish tartibini bajarishi shart). 
    Undan tashqari, yuk jo‘natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi tashuvchi oldida 
    har xil javobgarlikka egadirlar (masalan, yuk jo‘natuvchi – transport vositlaridan 
    foydalanmaganligi uchun va x.k.; yukni qabul qilib oluvchi – yukni vaqtida tushirib 
    olmagani, transport vositalari bekor turib qolgani uchun javobgardir), bu yuk 
    jo‘natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi tashish shartnomasida bir tomon 
    emasliklarini tasdiqlashda muhimdir. Boshqa mualliflar tashish shartnomasi alohida 
    tur shartnoma, unda yukni qabul qilib oluvchi uchinchi shaxs yoki yuk jo‘natuvchi 
    bilan bir tomon bulmay, balki muayyan huquq va majburiyatlarga ega mustaqil 
    sub’ekt, deb hisoblashadi. Qabul qilib oluvchi tashish shartnomasi katnashchilari 
    qatoriga kiradigan vaqt sifatida uning shartnomaga rozilik berishi vaqtini – uning 
    tomonidan transport kvitantsiyasi (konosament)ning qabul qilinishi vaqtini olish 
    kerak. Kvitantsiya (konosament) qabul qilib oluvchi ixtiyoriga O‘tgan vaqtdan 
    boshlab unda transport korxonasiga talab qo‘yish huquqi yuzaga keladi, natijada yuk 
    tashuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchi O‘rtasida majburiyat munosabatlari 
    urnatiladi. Yuk yuk xatda ko‘rsatilgan qabul qilib oluvchiga, yuk kvitantsiyasini 
    bermay topshiriladi. Boshqa mualliflar yukni qabul qilib oluvchi shartnomaning 
    mustaqil katnashchisi bo‘lib, u amaldagi transport qonunchiligiga muvofiq muayyan 
    huquq va majburiyatlarga ega, deb hisoblanadi va yuk tashish shartnomasiga uch 
    tomonlama shartnoma sifatida karash kerak, deyishadi. 
    Yuk tashish shartnomasini tuzishni ikki qismga bo‘lishadi. Bu – yuk 
    jo‘natuvchi bilan tashuvchi O‘rtasida yuk tashish shartnomasining tuzilishi, unga 


    394
    muvofiq yuk jo‘natuvchi yukni lozim darajada topshiradi, tashuvchi esa unga 
    belgilangan joyga yetkazib berish majburiyatini oladi, bu yukni qabul qilib 
    oluvchining shartnomaga kushilishidir. Yukni qabul qilib oluvchi nomiga keladigan 
    yuk kvitantsiyasi (konosament)ni olish vaqtini uning shartnomaga kushilish vaqti
    deb hisoblash kerak. Shu vaqtdan boshlab yukni qabul kiluvchida nafaqat huquqlar, 
    balki majburiyatlar (yukni belgilangan tartibda qabul qilib olish, tashib keltirganlik 
    haqini to‘lash va x.k.) Xam yuzaga keladi. Kurib chikilayotgan vaziyatlarda yuk 
    kvitantsiyasining olinishi vaqtini yukni qabul qilib oluvchining tashish shartnomasiga 
    kushilishi vaqti, deb hisoblash lozimligi muhim holatdir. Biroq yukni qabul qilib 
    oluvchi bironbir sababga ko‘ra yuk kvitantsiyasini (yoki konosamenti) olmagan 
    bo‘lishi mumkin. Transport qonunchiligining taxlili yukni qabul qilib oluvchi, uning 
    nomiga yuk kvitantsiyasi (konosament) kelgan yoki kelmaganligidan kat’inazar, 
    shartnomaga kushiladi, deb xulosa qilish imkonini beradi. Chindan xam, yuk 
    kvitantsiyasi (konosament)ning mavjudligi yukni qabul qilib oluvchini shartnoma 
    tomonlaridan biri, deb hisoblash huquqini beradi. U yukni boshqalar nomiga 
    jo‘natishi mumkin (mazkur maokolalarda (moddalarda) shu vaqtda yuk kvitantsiyasi 
    bo‘lishi zarurligi to‘g‘risida xech gap deyilmaydi). 
    Yukni qabul qilib oluvchi yuk kvitantsiyasi mavjud bo‘lmasa xam tashish 
    shartnomasi tomonlaridan biridir, deb hisoblash mumkin. Shunday qilib, yuk tashish 
    shartnomasi uch tomonlama shartnoma bo‘lib, uning barcha katnashchilari huquq va 
    majburiyatlarga egadirlar. To‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashish shartnomasi 
    yuk tashish shartnomasi turlaridan biri ekanligini hisobga olib, uni ko‘p tomonlama 
    shartnoma deb hisoblash lozimki, uning barcha katnashchilari huquq va 
    majburiyatlarga egadirlar, bunda tashish shartnomasini bajarishga qaratilgan bo‘ladi. 
    To‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashishda tashuvchi vazifasini turli transportlar 
    (masalan, temir yo‘l, avtomobil, havo transportlari) bajaradi. Bunda yuk tashish 
    bo‘yicha huquqiy munosabatlar yuzaga kelib, unda bir necha xamkatnashchilar 
    ishtirok etishadi, ularning har biri yukni avvalgi transport tashishlardan olib, yuk 
    harakatining tegishli bulagida yuk tashish bo‘yicha dastavval tashuvchi tomonidan 
    tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan uz majburiyatini bajaradi. Boshqa nuqtai 
    nazar tarafdorlaridan «keyingi har bir tashuvchi, shartnomaga kushilar ekan, avvalgi 
    tashuvchining yuk xatdan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini amalga 
    oshirish lozim», deb hisoblanadi va yuk jo‘natuvchi (yukni qabul qilib oluvchi) bilan 
    transport tashkilotidagi (xam tashuvchilar) o‘rtasidagi shartnomaviy huquqiy 
    munosabatlar mavjudligini asoslash uchun to‘g‘ri aralash temir yo‘l – suv aloqa 
    yo‘llarida yuk tashish qoidalarining 21moddasiga murojaat etishadi. Bu moddaga 
    ko‘ra, portlar temir yo‘ldan tushiribyuklash punktlariga kelgan yuklarni, navigatsiya 
    to‘xtaganiga karamay, belgilangan muddatlarga rioya etgan holda qabul qilib olishlari 
    hamda yuk jo‘natuvchidan yukni nima qilish haqida ko‘rsatma talab qilishlari shart. 
    Jo‘natuvchi esa o‘n kunlik muddat ichida yukni nima qilish to‘g‘risida portga 
    (pristanga) ko‘rsatma berishi kerak. Biroq bu nuqtai nazar tarafdorlari 


    395
    xamtashuvchilar yukni to‘g‘ri aralash aloqa yo‘lidan tashishda o‘zaro shartnomaviy 
    munosabatlarda bo‘lishini rad etmagan holda, xam tashuvchilar bilan dastlabki 
    tashuvchi o‘rtasida to‘g‘ri aralash aloqa yo‘lidan yuk tashish shartnomasini tuzish 
    izchilligini ochib berishmaydi. Boshqalar, agar dastlabki tashuvchi har bir transport 
    korxonasi nomidan chikkanida, usha xamtashuvchilarning har birida muayyan huquq 
    va majburiyatlar yuzaga kelishi lozim edi, deb hisoblashadi. Lekin oralik 
    tashuvchilarda, umumiy qoida bo‘yicha, mijozlar bilan huquqiy aloqa mavjud emas, 
    ya’ni yukni qabul qilib oluvchi bilan transport tashkilotlari xamtashuvchilar) o‘rtasida 
    shartnoma munosabatlari mavjud emas, deb ta’kidlanadi. Xam tashuvchilarning bir-
    biri bilan, yuk jo‘natuvchilar (yukni qabul qilib oluvchilar) bilan va dastlabki 
    transport tashkiloti bilan huquqiy holatini belgilash uchun xamtashuvchilar dastlabki 
    tashuvchi bilan tuzilgan tashish shartnomasi asosida yuzaga keladigan tashish 
    majburiyatlari sub’ekti hisoblanishhisoblanmasligini, agar shunday deb hisoblansa, 
    bu kaysi tartibda ruy berishini aniqlash zarur. Xam tashuvchilarning huquqiy holati 
    va ularning dastlabki tashuvchi hamda yuk jo‘natuvchi bilan o‘zaro munosabatlari 
    to‘g‘risidagi masalani kurib chiqishda masala transport tashkilotlari o‘rtasidagi 
    munosabatlar shartnomaviy munosabatlarmi yoki yukmi, degan masala bilan uzluksiz 
    bog‘liq. Transport tashkiloti yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan 
    yukni belgilangan punktga yetkazish va uni yukni qabul qilib olishga vakil qilingan 
    qabul qilib oluvchiga topshirish lozim tashuvchida bunday majburiyat to‘g‘ri aralash 
    aloqa yo‘llaridan yuk tashishda xam yuzaga keladi. Lekin bunda bir o‘ziga xoslik 
    bo‘lib, yuk bir turdagi transport bilan tashiladi va dastlabki tashuvchi uni qabul qilib 
    oluvchiga olib borib beri majburiyatini oladi. Qonun kurib chikilayotgan 
    munosabatlarning yuridik konstruktsiyasini belgilamaydi, faqat tashishdagi 
    kamchiliklar uchun javobgarlik so‘nggi transport tashkilotida bo‘lishini belgilaydi, 
    xolos. 
    To‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashish shartnomasini taxlil qilinganda, 
    bizningcha, tashishning ikki boskichini kurib chiqish lozim. Birinchi boskichda 
    dastlabki tashuvchi to‘g‘ri aralash aloqa bo‘yicha shartnoma tuzar ekan, yukni 
    belgilangan punktga olib borib berish majburiyatidan tashqari, yuk jo‘natuvchining 
    vakili sifatida xamtashuvchilar bilan o‘zaro munosabatga kirishish huquqini qo‘lga 
    kiritadi. Bu huquq, dastlabki tashuvchi qonun (transport ustavlari, kodekslari va x.k.) 
    Unga yukni topshirish borasida berilgan vakolatlar tufayli yuk jo‘natuvchi tashish 
    shartnomasinituzib o‘ziga bergan huquq va majburiyatlarni unga utkazgan holda, yuk 
    jo‘natuvchi nomidan (uning vakili sifatida) xamtashuvchi bilan shartnoma tuzadi, 
    ya’ni keyingi har bir xamtashuvchi avvalgi tashuvchi bilan majburiyatli 
    munosabtlarga kirishib, yuk jo‘natuvchining vakiliga aylanadi. Qonunda xam 
    tashuvchilarning ushbu majburiyatini ko‘rsatilgan holda, xamtashuvchi dastlabki 
    tashuvchi hamda yuk jo‘natuvchi bilan qanday shaklda shartnoma tuzishi 
    mumkinligini 
    konkretlashtirilmaydi. 
    Xam 
    tashuvchilar 
    jo‘natuvchi 
    bilan 
    shartnomaviy munosabatda emaslar, deb hisoblash xam to‘g‘ri bulmaydi. O‘tkazish 


    396
    vedomosti va yukxatda boshqa tashuvchining kalendar tamgani bosishi va tilxat 
    yozishi vaqtini ular orasidagi shartnoma tuzilgan vaqt deb hisoblash kerak. To‘g‘ri 
    aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashishni tartibga soluvchi transport qonunchiligi taxlili 
    yuk jo‘natuvchi bilan xam tashuvchilar o‘rtasida aynan shartnomaviy munosabatlar 
    borligidan dalolat beradi.
    Tashuvchilar to‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan yuk tashishda mijozlar 
    huquqlarida yagona transport tashkiloti sifatida voqif bo‘lishadi va barcha yuk 
    tashuvchilar yuk jo‘natuvchi (qabul qilib oluvchi) bilan shartnomaviy munosabtlarda 
    bo‘lishadi. Xam tashuvchilar yuk jo‘natuvchi (yukni qabul qilib oluvchi) bilan 
    shartnomaviy munosabatlarda bo‘lishgani holda, ayni mahalda o‘zaro shartnomaviy 
    munosabatlarda bo‘lishadi. Yuqorida aytilganidek, yuk bir tashuvchidan boshqasiga 
    berilgan, topshirish vedomostiga va yuk xatga kalendar tamg‘a bosilgan va tilxat 
    yozilgan vaqt shartnoma tuzilgan vaqt hisoblanadi. To‘g‘ri aralash aloqa yo‘llaridan 
    yuk tashish shartnomasi yuk jo‘natuvchi nazarida, O‘zi bilan shartnomaviy 
    munosabatlar bo‘lgani holda, yagona transport tashkiloti sifatida voqea bo‘ladigan 
    xam tashuvchilar O‘rtasida tuzilgan ayrim shartnomalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. 
    O‘zbekiston Respublikasida transport sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlar 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Transport 
    sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi PF 5647-son Farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi 
    negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi. Vazirlik 
    avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l 
    xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga 
    oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi; 
    Vazirlikning vakolatlari va vazifalari yuqoridagi qayd etilgan Farmon, 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston 
    Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4143 sonli 
    qarori bilan belgilab berilgan. 
    Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning 
    tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali 
    amalga oshiradi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat 
    boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-
    fevraldagi PF-5647-son 
    Farmoniga 
    muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Transport 
    vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida 
    Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasida mehnat faoliyatini 
    amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni soddalashtirish, sohada yashirin iqtisodiyot 
    darajasini pasaytirish maqsadida: 
    Moliya vazirligi va Transport vazirligining 2021-yil 15-maydan 2022-yil 
    oxiriga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish 


    397
    faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish 
    to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: 
    Yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga 
    ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati yakka tartibdagi 
    tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi; 
    Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport 
    vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga (keyingi o‘rinlarda — litsenziya 
    varaqasi) asosan amalga oshiriladi; 
    Litsenziya varaqasi 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 
    10 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil 
    transporti mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi 
    orqali beriladi; 
    Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadigan yakka 
    tartibdagi tadbirkorlar (keyingi o‘rinlarda — yakka tartibdagi tashuvchilar) 
    “Akkreditatsiya markazi” dukda akkreditatsiyadan o‘tgan texnik xizmat ko‘rsatish 
    stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan 
    o‘tkazishi shart 
    Hukumat qarori (172-son, 12.04.2022-y.) Bilan Yoʻl harakati
    qoidalari 
    tasdiqlandi

    Qarorga koʻra, aholi punktlarida transportlarning tezligini soatiga 70 kilometrdan
    maktab va bogʻchalar atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha masofada 30 kilometrdan
    turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) 
    esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. 
    Bunda Prezidentning tegishli qarori bilan tashkil etilgan Yoʻl harakati 
    xavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasi qarori asosida Toshkent 
    va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yoʻl harakati qatnovi yuqori 
    boʻlgan va aholi gavjum hududlarda transport harakatlanishining yuqori tezligi 
    soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin. 
    Yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga oʻrnatilgan 
    yukxonadagi 
    yukning 
    balandligi 

    metrdan 
    (maxsus 
    moslamalar 
    bilan 
    mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi 
    avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish