• Quyidagi ayrim xalqaro konventsiyalarni ko‘rib chiqamiz
  • Bundan tashqari, quyidagi konventsiyalarni keltirib O‘tish joiz




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet224/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Bundan tashqari, quyidagi konventsiyalarni keltirib O‘tish joiz. 
    1. 1980 yil 8 –maydagi temiryo‘l bo‘ylab yukni xalqaro transportirovka qilishga 
    oid konventsiyadagi qoidalar (COTIF)8 Temiryo‘l transporti bilan yukni xalqaro 
    tashish bo‘yicha kontraktga oid yagona qoidalar (CIM); 
    2. Transport nakladnoylariga taalluqli qonunchilikning ba’zi qoidalarini bir 
    xillashtirish 
    bo‘yicha 
    xalqaro 
    konventsiya 
    (1924, 
    Bryussel) 
    Bryusselda tuzilgan bayon noma asosida kiritilgan tuzatishlari bilan (Gaaga-Visbu 
    qoidalari); 
    3. Yukni dengiz transporti bilan transportirovka qilish bo‘yicha BMT 
    konventsiyasi, 1978, Gamburg (Gamburg qoidalari); 
    4. Yukni avtotransport bilan xalqaro tashishga oid ba’zi qoidalarni 
    birxillashtirish 
    bo‘yicha Konventsiya, Varshava, 1929 (Varshava Konventsiyasi). Yuklarni ichki suv 
    transporti 
    bilan 
    xalqaro 
    tashish 
    va 
    xalqaro 
    multimodal 
    tashish 
    bo‘yicha, hozirgi vaqtda hech qanday xalqaro konventsiyalar amalda emas. 1988 yili 
    Jenevada yukni xalqaro multimodal tashish bo‘yicha BMT Konventsiyasi tavsiya 
    etilgandi. Bu Konventsiyani faqatgina 9 davlat ratifikatsiya qilgan va hech qachon 
    kuchga kirmaydi. Xalqaro multimodal tashishlarga to‘xtalganda esa, bu sohada 
    multimodal tashishlar bo‘yicha hujjatlar uchun UNCTAD/IIC qoidalari, FIATA 
    Kombinatsiyalangan 
    transport 
    hujjati 
    va 
    yangi 
    chiqarilgan 
    BIMCO/INCACOMBIDOS 
    singari 
    xalqaro 
    andozaviy 
    kontraktlardan 
    foydalaniladi.[413] 
    Quyidagi ayrim xalqaro konventsiyalarni ko‘rib chiqamiz: 


    423
    - Cotif – Cim Konventsiyasi. Birinchi CIM Konventsiyasi 1890 yilga mansub 
    bo‘lib, u xalqaro yuk tashish sohasidagi xalqaro konventsiyalar orasida eng eskisi 
    sanaladi. Bir necha marotaba tuzatishlar (qo‘shimchalar) kiritilgan. 1980 yilda 
    yuklarni transportirovka qilish bo‘yicha CIM konventsiyasi va yo‘lovchilarni tashish 
    bo‘yicha COTIF konventsiyasi bitta yuk kontseptsiyasiga va ikkita ilovaga ega 
    COTIF konventsiyasiga birlashtirilgan edi: CIM - yuklar transaportirovkasi uchun (B 
    ilova) va CIV - yo‘lovchilarni tashish uchun (A ilova). COTIF Konventsiyasi 
    Yevropadagi barcha davlatlar, Shuningdek,Shimoliy Afrika va Osiyoning ba’zi 
    mamlakatlari tomonidan qabul qilingan. CIM Konventsiyasi yuklarni hech 
    bo‘lmaganda ikki davlat hududi bo‘ylab va OTIF (Temir yo‘l transporti bilan 
    yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha Xalqaro tashkilot, qarorgohi Shveytsariyaning Bern 
    shahrida joylashgan) tomonidan tuzilgan ro‘yxati kiritilgan temir yo‘l yo‘nalishlari 
    orqali tashishga yozilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nakladnoy shartlari bilan temir yo‘l 
    transporti bilan tashishda qo‘llanadi. Gaaga qoidalari va Gaaga-Visbu qoidalari. 1924 
    yil Bryusselda O‘tkazilgan Diplomatiya Konferentsiyasida Gaaga qoidalari qabul 
    qilingan, keyin esa transport nakladnoylari (Konosament) bo‘yicha Bryussel 
    konventsiyasiga kiritilgan edi. Gaaga qoidalari dengizdavlatlari tomonidan 
    umumjahon e’tirofiga sazovor bo‘ldi, garchi ulardan ba’zilari transport nakladnoylari 
    (Konosament) bo‘yicha Bryussel konventsiyasining haqiqiy a’zolari bo‘lishsada, 
    konventsiya qoidalari (shartlari)ni O‘z milliy qonunlariga kiritdilar. 1968 yilda 
    Konosamentlar bo‘yicha Bryussel konventsiyasiga (Visbu qoidalari deb ham 
    ataladi). Bayonnoma asosida Gaaga qoidalariga tuzatishlar kiritiladi. Tuzatilgan 
    Gaaga qoidalari Gaaga-Visbu qoidalari deb atala boshladi. Gaaga qoidalari 
    ishtirokchilari - davlatlarning cheklangan miqdorigina Visbu qoidalarini qabul qildi. 
    Gaaga-Visbu qoidalari konosamentda (transport nakladnoyida) yoki shunga O‘xshash 
    nomlanuvchi xujjatda ko‘rsatilgan dengiz yo‘llari bilan yuklarni tashish 
    kontraktlariga 
    nisbatan qo‘llanadi, qoidalar, Shuningdek, konosament yoki unga O‘xshash 
    hujjatning berilishi yuk tashuvchi va hujjat egasi O‘rtasidagi munosabatlarni tartibga 
    solish hollarida qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, qoidalar konosament uchun 
    tomonning fraxtlovchisi tarafidan berilganida qo‘llanadi. Qoidalar fraxt kontrakti 
    yoki boshqa tashish kontraktlariga, agar bunday tashishga konosament bo‘rilmagan 
    bo‘lsa, qo‘llanilmaydi. 
    Hududiy hamroh masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Gaaga-Visbu qoidalari 10- 
    moddasining qo‘llanishi bu qoidalarning turli ikki davlat portlari O‘rtasida 
    transportirovka qilishda quyidagi hollarda qo‘llanishini ta’minlaydi: a) konosament 
    kontrakt tuzgan mamlakatga berilgan; b) transportirovka kontraktni imzolagan 
    mamlakat portidan amalga oshiriladi; c) konosament yuk tashish kontrakti qoidalar 
    yoki qoidalar asosida ish ko‘radigan istalgan yuk tashuvchi tomonidan boshqarilishi 
    faktini kafolatlagan holda sug‘urta qiluvchining bitta kema bo‘yicha javobgarligi 
    doirasi to‘g‘risida qo‘shimcha shartlarga ham egadir. Kontraktni imzolagan davlat 


    424
    qoidalardan boshqa hollarda, masalan, O‘z hududida joylashgan portlarga yukni 
    transportirovka qilgan hollarda ham foydalanishi mumkin. Gamburg qoidalari 
    Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizda Xalqaro yuk tashish bo‘yicha birinchi 
    Konventsiyasi edi. Qoidalar UNCITRAL (bmtning Xalqaro Savdo to‘g‘risida qonun 
    bo‘yicha qo‘mitasi) tomonidan tayyorlangan va 1978 yil Gamburgda, Diplomatiya 
    Konferentsiyasida qabul qilingan edi. Ular yuzasidan jo‘shqin tortishuv bo‘lgan 
    va unga, jumladan, an’anaviy dengiz davlatlari ham qarshi chiqqan edilar. Gamburg 
    qoidalari faqat 1992 yilning noyabridan, 20 davlat tomonidan e’tirof etilganidan 
    keyin kuchga kirdi (ularning aksariyati transportirovkalardan arzimas darajada 
    manfaatdor bo‘lgan riovjlanayotgan mamlakatlaridir). Gamburg qoidalari Gaaga-
    Visbu qoidalariga qaraganda ancha keng qo‘llanish doirasiga ega: - Gamburg 
    qoidalari nafaqat konosament sharti bilan dengiz yo‘li orqali yuklarni Xalqaro 
    transportirovka qilishga, qolaversa fraxtlash kontrakti shartlari bilan yuk tashishni 
    istisno qilganda, bunday Xalqaro transportirovka kontraktining istalgan sohasiga ham 
    tatbiq etiladi (masalan, dengiz transporti nakladnoyi sharti bilan). Shunga qaramay
    fraxt kontrakti shartida konosament berilganda Gamburg qoidalaridan foydalaniladi; - 
    Gamburg qoidalarining transport qamrovi Gaaga-Visbu qoidalarinikiga qaraganda 
    ancha kattadir. Ularga quyidagi qo‘shimcha havolalar ham kiritilgan: yuklash porti 
    yoki tushirish porti, kontraktda nazarda tutilganidek, kontraktni imzolagan davlatda 
    joylashgan 
    bo‘ladi yoxud agar u chindan ham tushirish porti bo‘lishi sharti bilan qandaydir 
    tanlangan portda joylashgan bo‘ladi. 106 - Varshava Konventsiyasi 1929 yilda e’lon 
    qilingan. Hamma joyda e’tirof etilgan. 1955 yilda Gaaga Bayonnomasi asosida 
    Varshava konventsiyasiga tuzatishlar kiritilgan, 1961 yilda esa gvaladahra 
    konventsiyasi bilan to‘ldirilgan edi, yana 4 ta Bayonnoma 1975 yilda qabul 
    qilingan. Bu bayonnomalar Varshava va Gaaga qoidalariga qo‘shimcha tuzatishlarni 
    kiritgan, ammo bu Bayonnomalar hech qachon kuchga kirmagan. Konventsiya 
    Xalqaro yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni havo yo‘llari bilan tashishning barcha 
    turlariga nisbatan qo‘llanadi. Xalqaro tashish kontraktini imzolagan ikki mamlakat 
    O‘rtasida kontraktga muvofiq amalga oshiriladigan yuk tashish sifatida ta’riflangan 
    edi. Konventsiya, Shuningdek, kontraktni imzolagan davlatning hududi ichidagi 
    tashishlarga tatbiq etiladi va hatto agar bu davlat Konventsiyaga a’zo bo‘lmagan 
    taqdirda ham boshqa bir davlatning hududi doirasida to‘xtash uchun shartlashilgan 
    joy mavjud bo‘ladi. - CMR Konventsiyasi 1956 yilda tasdiqlangan. Ushbu 
    Konventsiya yuklarni qabul qilish joyi va ularni yetkazib berish joyi kontraktda 
    belgilanganidek, ikkita turli mamlakatda bo‘lganida ulardan garchi bittasi CMR 
    a’zosi bo‘lgantaqdirda ham tomonlarning qaerda ekanligi va fuqaroligidan qat’iy 
    nazar muzd evaziga avtomobil transportida yuk tashish kontraktlariga nisbatan 
    qo‘llanadigan mintaqaviy Yevropa Konventsiyasi sanaladi. Agar bu kabi tashish 
    ishtirok etuvchi tomonlar O‘rtasida kelishilgan bo‘lsa, avtomobil transporti bilan 
    Xalqaro yuk tashishlarga nisbatan qo‘llanadi. CMR Konventsiyasi pochta 


    425
    Konventsiyalari bo‘yicha tashuvlarga, dafn jo‘natmalariga mebellarni tashishga 
    nisbatan qo‘llanilmaydi. Yevropa mamlakatlarining aksariyati CMR Konventsiyasini 
    qabul qilgan. 
    Transport Intrnational Routiers (TIR) konvesiasi 
    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy komissiyasi rahnamoligi 
    ostida 1975-yil noyabr oyida Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan konferensiyada Xalqaro 
    yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi 
    bojxona konvensiyasi koʻrib chiqilgan. Ushbu konferensiya qatnashchilarining 
    koʻpchilik ovozi bilan xalqaro yuk tashish qonun-qoidalari qabul qilinib, shundan 
    buyon u asosiy universal tranzit tizimlaridan biri boʻlib qolmoqda. 
    Oʻzbekiston Respublikasi ushbu konvensiyaga 1996-yil 28-martda aʼzo boʻldi. 
    Ushbu konvensiyasining asosiy gʻoyasi va prinsiplari koʻplab boshqa tranzit 
    tizimlarini asosi hisoblanadi. Shu bilan birga, u bevosita yoki bilvosita xalqaro 
    transportda yuk tashishga toʻliq va avtomobilda yuk tashishda qisman 
    soddalashtirishda nafaqat Yevropa va oʻrta Sharqda, balki Afrika va Lotin Amerikasi 
    mintaqalarida ham yordam bermoqda. 
    Bugungi kunda, oʻzbekiston Respublikasi Konvensiyaga aʼzo 77 ta davlatlar 
    oʻrtasida TIR Karnet kitobchalaridan eng koʻp foydalanadigan davlatlardan biri 
    hisoblanadi va bu borada 6 oʻrinni egallaydi. Respublikamiz hududida xalqaro 
    tashuvlarni amalga oshirayotgan har uchinchi avtomobil transporti TIR Karnet 
    kitobchasi asosida tashuvlarni amalga oshiradi. 
    TIR Karnet kitobchasi – bojxona maqsadlarida foydalaniladigan, tovarlarni 
    avtomobil transportida xalqaro tashish uchun moʻljallangan va kafolat bilan 
    taʼminlangan xalqaro yuk-kuzatuv hujjati hisoblanadi. 
    Joriy yil 11-fevral kuni Konvensiyaning Ijro etuvchi kengashi aʼzoligiga 
    saylovlar oʻtkazildi. 
    Konvensiyaga muvofiq, Ijro etuvchi kengash – Konvensiyaning nazorat organi 
    hisoblanib, TIR Karnet kitobchalari asosida amalga oshiriladigan xalqaro tashuvlarda 
    qatnashadigan barcha tomonlarni Konvensiya qoidalariga rioya qilishini taʼminlovchi 
    transport va bojxona sohasidagi nufuzli organ hisoblanadi. 
    Oʻtkazilgan saylovlarda 54 ta davlatlarning vakillari qatnashgan boʻlib, Ijro 
    etuvchi kengashning 9 ta aʼzolari saylandi. Ovoz berish natijalariga koʻra, 
    oʻzbekiston Respublikasidan ilk marotaba Konvensiyaning Ijro etuvchi kengashi 
    aʼzoligiga 2021-2022-yillar uchun Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona nazoratini 
    tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Kabulov Rustam Kaxramonovich saylandi. 
    Shuningdek, ushbu organ aʼzosi sifatida oʻzbekiston vakilidan tashqari 
    qoʻyidagi nomzodlar saylandi: 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bundan tashqari, quyidagi konventsiyalarni keltirib O‘tish joiz

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish