• 2. Me’yoriy huquqiy negizni Yevropa xalqaro
  • 3. Tahlillarning dalolat berishicha
  • turizm xizmatlarini rivojlantirish




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet223/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    turizm xizmatlarini rivojlantirish. 
    1. Asosiy Xalqaro transport yo‘laklarini tahlil qilish, axborot, yuklarning 
    saqlanishi va ularga ishlov berilishini O‘z ichiga oluvchi zarur xizmat ko‘rsatish 
    darajasini, harakatdagi tarkibga xizmat ko‘rsatilishini, haydovchilar va yo‘lovchilarga 
    zarur yo‘l xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlay oladigan transport-ekspeditsiya tizimini 
    tashkil qilish ushbu ish amalga oshirilishining eng qulay sharti sanaladi. 
    2. Me’yoriy huquqiy negizni Yevropa xalqaro bitimlari va bitimlariga 
    moslashtirmasdan turib kelib tushishining imkoni bo‘lmaydigan Horij sarmoyasini 
    O‘zichiga oluvchi byudjetdan tashqari mablag‘lar xalqaro transport yo‘laklarini 
    bunyod etish va rivojlangan mamlakatlar darajasida transport xizmati ko‘rsatish 
    texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni moliyaviy mablag‘ bilan 
    ta’minlashning asosiy manbai bo‘lishi lozim. 
    3. Tahlillarning dalolat berishicha, avtomobil transporti sohasida 18 ta xalqaro 
    hujjatlar mavjud bo‘lib, ularda nasosiy konventsiyalarni O‘zbekiston Respublikasi 
    tomonidan imzolanishi maqsadga muvofiqdir. 
    4. Xalqaro bitimlarga va konventsiyalarga qo‘shilish bo‘yicha takliflarni 
    umumlashtirish quyidagi xalqaro hujjatlar istiqbolli sanalishini ko‘rsatadi:
    - xususiy yo‘lda yuk tashish vositalarining vaqtincha tashib ketilishi to‘g‘risida 
    bojxona konventsiyasi;
    -chegarada yuklar nazoratini o‘tkazish shartlarini kelishib olish to‘g‘risidag 
    ixalqaro konventsiya;
    - xalqaro avto magistrallar to‘g‘risida Yevropa bitimi;
    - xalqaro kombinatsiyalashgan yuk tashishning muhim yo‘nalishlari va tegishli 
    ob’ektlar to‘g‘risida Yevropa bitimi;
    - yo‘lovchilar va bagajni xalqaro avtomobilda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi 
    konventsiya;


    422
    104-tezbuziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashish va bu yuk 
    tashishlarga mo‘ljallangan maxsus transport vositalari to‘g‘risidagi bitim;
    - xalqaro avtomobilda tashishni amalga oshira yotgan transport vositalarni 
    ekipajlarining ishiga oid Yevropa bitimi;
    - yuklarni yo‘lda xalqaro tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konventsiya;
    - konteynerlarga oid bojxona konventsiyasi;
    - xalqaro tashishlarda ishlatiladigan poddonlarga nisbatan qo‘llanadigan bojxona 
    rejimi to‘g‘risidagi Yevropa konventsiyasi. Dastlabki Xalqaro hujjatlarni imzolash 
    1954-yilda borada ikki oy farq bilan ikki ta hujjatni imzolash tariqasida amalga 
    oshirildi. Ular yo‘l-transport majmui va yo‘l ovchilar tashishni tartibga soladi. 
    O‘zbekiston ham boshqa davlatlarda ko‘proq qiziqish uyg‘otgan. Xavfli yuklarni 
    xalqaro yo‘lda tashish to‘g‘risida Yevropa bitimiga, chegarada yuklar nazoratini 
    o‘tkazish shartlarini kelishib olish to‘g‘risidagi xalqaro Konventsiyaga, xalqaro 
    kombinatsiyalashgan yuk tashishning muhim yo‘nalishlari va tegishli ob’ektlar 
    to‘g‘risida Yevropa bitimiga, yo‘lovchilar va bagajni xalqaro avtomobilda tashish 
    shartnomasi to‘g‘risidagi konventsiyalarga qo‘shilishni rejalashtir moqda. Shunday 
    qilib, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro avtomobilda tashishning me’yoriy-huquqiy 
    negizini shakllantirishga e’tibor bermoqda. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish