3-mavzu: Avtomobil transportisohasini rivojlantirish to‘g‘risidagi
hukumat qarorlari, qonunlar, nizom va qoidalar
Reja:
1.Avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonu qoidalar
2.Transportda boshqarishning huquqiy asoslari
3.Transport huquqining manbalari.
4.O‘zbekiston Respublikasida transport sohasida amalga oshirilayotgan
isloxotlar
Transportda boshqarishning huquqiy asoslari.
«Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga asosan 1998-yil 29-avgustda amalga
kiritilgan «Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
transport huquqining asosiy bosh manbalaridan biri deb hisoblanadi. Mazkur
qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining
huqu qiy asoslarinishakllantirishdan iborat deb belgilab qo‘yilgan
Avtotransport huquqining eng muhim manbalaridan biri – O‘zbekiston
RespublikasiFuqarolik kodeksi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining «Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish» deb nomlangan 39-bobi 17 ta
moddadan (709-725 moddalar) iborat bo‘lib, unda yo‘lovchi, bagaj va yuk
tashishning umumiy qoidalari; yo‘lovchi va yuk tashish shartnomasi; bir yo‘nalishda
har xil transportda tashish; umumiy foydalanishdagi transportda tashish; kira haqi;
transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish); yo‘lovchi, bagaj va yukni eltib
qo‘yish muddati; tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik;
tashish shartnomasi talablarini bajarmaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun
javobgarlik; yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast
yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi; tashishni tashkil etish
shartnomalari; yuk tashishga nisbatan talab va da’volar hamda boshqa shu kabi
huquqiy me’yorlar berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 40-bobi ham transport ishini tashkil etishga bag‘ishlangan bo‘lib,
«Transport ekspeditsiyasi» deb nomlanadi. Bu bob 6 ta moddadan (726-731
moddalar) tashkil topgan bo‘lib, unda transport ekspeditsiyasi shartnomasi;
shartnomaning shakli; transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo‘yicha ekspeditorning
javobgarligi; espeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot; uchinchi shaxsning
ekspeditor majburiyatini bajarishi va ekspeditsiya shartnomasidan bosh tortish kabi
huquqiy masalalar yoritib berilgan.
Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga O‘tish sharoitida O‘zbekiston
transportini boshqarish vazifalari va metodlari O‘zgarmoqda. Hozirgi paytda temir
yo‘l transportini boshqarish «O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat aktsiyadorlik temir
yo‘l kompaniyasi (DATK) tomonidan, aviatsiyada tashishda «O‘zbekistonhavo
386
yo‘llari» kompaniyasi, avtomobil transportida esa –
O‘zbekiston Avtomobil
transporti
Agentligi tomonidan amalga oshirilmokda. «O‘zbekiston temir yo‘llari»
DATK temir yo‘l transportida davlat siyosatini O‘tkazish, Shuningdek temir
yo‘llarning, Davlat aktsiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi (DATK) O‘zbekiston
qonunlariga muvofiq tartibga solish zimmasiga yuklatilgan kompaniyadir. Temir yo‘l
transportida tashish jarayonini boshqarish markazlashtirilgan holda bajariladi va
datkning mutlaq vakolatiga kiradi. DATK transportning boshqa turlari, masalan,
avtotransport va h.k. Manfaatlarigataalluqli bo‘lgan masalalarda O‘z faoliyatini
muvofiqlashtiradi. DATK, jumladan, quyidagi juda muhim funktsiyalarni bajaradi:
Tashish ishlari normativini va ularni bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilaydi,
tashish jarayonini tezkor boshqarishni tashkil qiladi; Temir yo‘ldan foydalanish,
tashish jarayoni bilan bog‘liq texnik vositalarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash
bilan bog‘liq normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
O‘zbekiston temir yo‘llari bo‘ylab yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish qoidalarini
ishlab chiqadi; Tashish jarayoni bilan bog‘liq transport va boshqa texnik
vositalarning harakatlanishi va ularning ishlatilishi xavfsizligining ahvolini nazorat
qiladi, harakatlanish xavfsizligining buzilishi sabablarini aniqlaydi, temir yo‘l
transportida avariyalarning va ekologik halokatning oldini olish bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshiradi, tabiiy ofatlar, temir yo‘l transportida favqulodda
vaziyatlar, halokatlar va avariyalar oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishni tashkil
qilishda
belgilangan
tartibda
qatnashadi;
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar uchun majburiy bo‘lgan
harakatdagi
tarkibda harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi ortish va yukni mahkamlashning
texnik sharoitlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Sinovlarni O‘tkazish, Shuningdek
temir yo‘l transporti xodimlarining temir yo‘lni texnik ekspluatatsiya qilish
qoidalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishini tekshirish tartibini,
umumiy foydalaniladigan yo‘llarda lokomotivni, O‘zi yurar temir yo‘l mashinasini
va olib qo‘yilmaydigan turdagi temir yo‘l transportini boshqarishni sinovdan
O‘tkazish va boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma berish tartibini, lokomotiv
mashinistlariga klass (malaka) berish tartibini va boshqalarni belgilaydi;
Temir yo‘l transportida yo‘lovchi, yuk, yuk-bagaj va bagaj tashish sohasida tarif
siyosatini yuritadi, temir yo‘l boshliqlari, temir yo‘l transportining boshqa korxona va
tashkilotlari rahbarlari bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi, temir yo‘llar
tarkibiga kiruvchi korxona va muassasalar rahbarlari bilan mehnat shartnomalari
(kontraktlar) tuzish tartibini belgilaydi; Ish vaqti va dam olish vaqti rejimini, ishi
bevosita poezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti xodimlarining
alohida toifalari mehnat sharoitini belgilaydi,temir yo‘l ustavini, Shuningdek temir
yo‘l transporti boshqa korxonalari hamda muassasalarining ustavlari va qoidalarini
tasdiqlaydi, temir yo‘l tarkibiga kiradigan korxonalar va muassasalar nizomini
tasdiqlash tartibini belgilaydi; Idoraga qarashli korxona va tashkilotlarga biriktirilgan
387
mulkning tarmoq reestrini o‘rnatilgan tartibda olib boradi, asosiy fondlarni temir yo‘l
transporti korxonalari hamda muassasalariga balansdan balansga beg‘araz o‘tkazish
masalalarini hal etadi, mulkni xo‘jalik tasarrufiga berishni hamda temir yo‘l
transporti korxona va tarmoq reestrini o‘rnatilgan tartibda olib boradi, asosiy
fondlarni temir yo‘l transporti korxonalari hamda muassasalariga balansdan balansga
beg‘araz o‘tkazish masalalarini hal etadi, mulkni xo‘jalik tasarrufiga berishni hamda
temir yo‘l transporti korxona va tarmoq reestrini o‘rnatilgan tartibda olib boradi,
transportning boshqa turlari bilan o‘zaro munosabatlar borasida takliflar tayyorlaydi;
Temir yo‘l transportida tabiatni muhofaza qilish ishlarini olib borishni tashkil qiladi
boshqa funktsiyalarni bajaradi.
|