Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi




Download 316.5 Kb.
bet2/8
Sana10.04.2017
Hajmi316.5 Kb.
#3926
1   2   3   4   5   6   7   8
Devor qalinligi har xil bo`lgan quvurlar hisobi.
Magistral quvurlar shunday hisoblanadiki uning konstruktsiyasi va uchunchi chegaraviy holatda, na ikkinchi chegaraviy holatda o`zining mustahkamligini va chidamliligini yo`qotmaydi..

Tuproqqa yotqizilgan quvur birinchi chegaraviy holat asosida hisoblanadi, ya‘ni unga berilayotgan kuchlanishlar miqdori uning mustahkamlik chegarasiga yetguncha ishlatish mumkin.

Bundan kelib chiqib quvurning mustahkamlik sharti quyidagicha bo`lishi mumkin:
n p D ≤ R1
n – Berilayotgan yuklama bo`yicha mustahkamlik koeffitsienti.

R1 – quvurning hisoblangan qarshiligi.

Bu tenglamaning chap tarafini tashkil etuvchi kuch: - quvurni yorib tashlashga intilayotgan kuchlanish, o`ng tarafi esa quvurni mustahkamlik qobiliyati. Agar D = Dт - 2δ бo`lsa, u holda quvurning devor qalinligi quyidagiga teng bo`ladi:
δ = (n p Dт) / (2(R1 + n p))
Bu yerda 2.05.06 – 85 raqamli «magistral quvurlarni qurishning me‘yori va talabi» (KMT) lariga muvofiq quvurning hisobiy qarshiligi
R1 = δ = Rn2 m / (k1 kn) га тенг
Rn2 normativ qarshilik, quvurning vaqtiy qarshiligi σвт ga teng;

m – quvurning ishchi sharoitining koeffitsienti;

k1 – quvur materialining mustahkamlik koeffitsienti;

kб – quvurning belgilangan ishi naznacheniyasi) bo`yicha mustahkamlik, koeffitsienti, bu koeffitsientning belgilangan qiymatlarini (KMT) laridan olish kerak.

Agarda quvurga bo`ylama o`qli siquvchi kuchlanishlarning ta‘siri mavjud bo`lsa, u holda quvurning devor qalinligi quyidagicha topiladi.
δ = (n p Dт) / (2(Ψ1R1 + n p))
Ψ1- quvur holatining ikki o`qli kuchlanishlarni hisobga oluvchi koeffitsient.
Ψ1 = √1-0,75 (|α б N| / R1)2 – 0.5 |α б N| / R1
Bu yerda: α б N – Ko`ndalang o`qli kulanish bo`lib, u quvur uchun hisoblangan yuklama va beriladigan ta‘sirlar orqali, quvur metalining elastik – taranglik ishini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Magistral quvurning to`g`ri chiziqli va tarang qayrilgan joylarida, quvurning bo`ylama va ko`ndalang harakati bo`lmagan qismlari uchun u quyidagiga teng:

α б N = -Еα Δt + μpD / (2δn)
Bu yerda: Δt – Hisobiy haroratlar farqi; δn – quvurning nominal qalinligi.
Agar quvurning devor qalinligi quvurdagi bosimiga kamayib borsa, u holda magistral neft va neft mahsulotlari quvurlarini qurishda metall sarfini anchaga kamaytirishga erishamiz. Lekin magistral gaz quvurlarida haydash oralig`ining oxiridagi bosim quvurning o`rtacha bosimiga (haydash to`xtatilganida) teng bo`lishi mumkin. Haydash oralig`i (ikki haydovchi stantsiya orasidagi masofa) ning boshidagi boshlang`ich va o`rtacha bosim o`rtasida farq uncha yuqori emas, shuning uchun gaz quvurlarining devor qalinligi har xil qilib qurilmaydi.

Magistral neft va neft mahsulotlari quvurlari devorining qalinligi kamayishi bosqichma – bosqich amalga oshiriladi. Ularning soni har haydash oralig`iga odatda uchta qabul qilinadi. Har xil devor qalinligidagi quvurlarni haydash oralig`i bo`yicha joylashtirishga – quvurlarni taxlash deyiladi.

Birinchi bo`lib trassa profilida har bir haydash oralig`i uchun gidravlik qiyalik (nishablik) chizig`ini qurish kerak. Undan so`ng haydash oralig`i oxiridagi nuqta S dan gidravlik qiyalik chizig`i V gacha bo`lgan masofa (Napor) aniqlanadi, bu 1–rasmda VS oraliq. Bundan esa VS oraliqdagi naporga teng bo`lgan bosim hisoblanib, quvur devorining qalinligi aniqlanadi. Aniqlangan devor qalinlikdagi quvurni Davlat standartidagi quvurlar qalinligiga solishtirib haydash oralig`iga taxlash uchun olingan eng kichik devor qalinligi (δ3) deb qabul qilamiz. Undan so`ng esa qabul qilingan devor qalinligidagi quvurimiz bardosh beradigan naporni aniqlaymiz va bu naporni A nuqtadan tik pastga qarab tashlaymiz (A3 oraliq). Quvurning boshlang`ich nuqtasidagi devor qalinligi (δ1) va δ3 oralig`idan standart bo`yicha δ2 ni tanlab olamiz. Bu qalinlikka to`g`ri keladigan naporni aniqlaymiz va uni A nuqtadan tik pastga qarab tashlaymiz (A2 oraliq). 3,2,1 nuqtalardan AV gidravlik qiyalik chizig`iga parallel ravishda 33, 22, 11 chiziqlarini o`tkazamiz. Bunda 33 chizig`i profil bilan qisishgan nuqtasidagi napor A3 ga teng, profilning 33 chiziqdan balandda bo`lgan qismidagi napor A3 dan kichik bo`ladi. Magistral quvurning bu qismida devor qalinligi δ3 ga teng bo`lgan quvurlar yotqizilishi kerak. Profilning liniyasining 33 va 33 chiziqlar orasida joylashgan qismida quvurning devor qalinligi δ2 bo`lishi kerak, 22 chiziqdan pastda (22 va 11 chiziqlar orasida) joylashgan qismidagi devor qalinligi eng katta bo`lishi, ya‘ni δ3 ga teng.
Neft haydovchi stantsiyalarning ish tartibi hisobini olib borish.
Neft haydovchi stantsiyalarni magistral quvur trassasida joylashtirish zonalari va stantsiya joylashtiriladigan nuqta aniqlangandan so`ng, stantsiyaning ish tartibi hisoblanadi. Bu hisobning maqsadi: - nasos ishchi g`ildiraklarining diametrini tanlash, stantsiyaga kiruvchi va undan chiquvchi naporlarni va drosellashga mo`ljallangan napor miqdorini aniqlash. Undan oldin esa gidravlik qiyalik (i), neft haydovchi stantsiyasi kommunikatsiyalaridagi naporning yo`qotilishini hсур hbosh va hkol va quvurning oxirgi nuqtasidagi napor Но aniqlangan bo`lishi kerak. Undan tashqari nasosning mavjud bo`lgan hamma ishchi g`ildiraklaridagi hisobiy sarfi va stantsiyaning differentsial napori (Ндиф) ham aniqlangan bo`lishi kerak. Hisob uchastkalar bo`yicha bo`ladi, ya‘ni NXS va unga ulangan haydash oralig`i. Uni oxirgi uchastkadan boshlash qulay.

Hisobni olib borish quyidagicha bo`lishi mumkin.

1. Oxirgi haydash oralig`idagi dovon nuqtani izlaymiz:

- Haydash oralig`idagi shubhali nuqtalarda naporni aniqlaymiz: H'=Δz'-il' bu yerda Δz' - dovon nuqta va oxirgi punkt o`rtasidagi geodizik balandliklar farqi; I – dovon nuqta va oxirgi punkt orasidagi masofa.

Agar Н' > Но bo`lsa dovon nuqta mavjud deyish mumkin.

2. Neft haydovchi stantsiyadan chiqishdagi kerakli naporni aniqlaymiz:

- Agar dovon nuqta mavjud bo`lmasa, unda napor Нcm.mp. = hbosh +il + Δz + Ho dan topiladi. Agar dovon nuqta mavjud bo`lsa, Нcm.mp. = hбош +il_ + Δz_ + H_ dan topiladi.

3. Talab qilinayotgan differentsial naporni aniqlaymiz: -

Н = Нcm.mp. + hkol – Нsur бu yerda: Нsur – birinchi nasosga kiruvchi old (podpor) oldingi neft haydovchi stantsiyadan olinadi, lekin hali aniq emas. Uni oxirgi zarur bo`lgan miqdor Ns ga teng deb qabul qilamiz.

4. Nasos ishchi g`ildiraklarining nabordagi hamma diametrlari uchun Q – Н tasnif asosida, nasosning hisobli o`tkazuvchanlik qobiliyatiga to`g`ri keluvchi differentsial naporlarini (Нdif) topamiz. Ulardan Нdif.tr ga to`g`ri keluvchi eng yaqinini tanlab olamiz.

5. Ortiqcha naporni drosellash uchun uning miqdorini aniqlaymiz:

Hdrdifdif.tr

6. Agar Нdifdif.tr bo`lsa, unda birinchi nasosga kirayotgan old napor

(podpor), Нdif.tr – Нdif miqdoriga ko`tarilishi kerak. Bundan:

Нsur = Нs + Нdif.tr - Нdif hosil qilamiz.

7. Bu old napor (podpor) yanada yuqori bo`lishi mumkin, agarda oldingi haydash oralig`ida dovon nuqta mavjud bo`lsa. Dovon nuqtani aniqlash uchun esa НF ni hisoblab topish lozim. U quyidagicha aniqlanadi:

H'=Δz'-il'-hsur

bunda: Δz' – dovon nuqta va oxirgi НХС geodizik belgilarning farqi; l' – dovon nuqta va oxirgi НХСsi orasidagi masofa; Agar H'>Нsur bo`lsa, ko`rilayotgan nuqta dovon nuqta bo`ladi. Bu holda oxirgi neft haydovchi stantsiyasidagi old napor (podpor) H' ga teng deb hisoblanadi va hisobimizning 3-bo`limidan boshlab hisobni qayta qilishimizga to`g`ri keladi.

8. Shundan so`ng boshqa haydash oraliqlari uchun ham hisob shu tariqa olib boriladi.

Neft quvurining o`tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish


Birgalikdagi tasnif.

1-Mavjud bo`lgan НХС; 2-Mavjud va qo`shimcha НХС.

3,4 – quvur va luping yotqizilgandan so`ng.

Birgalikdagi tasnifda quvur o`tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish deganda ishchi nuqtani unga surishga aytiladi. Bu narsa sodir bo`lishi uchun yo neft haydovchi stantsiyalar tasnifini ko`tarish, yoki quvurning (haydash oralig`ining) tasnifini yanada yassiroq qilish kerak. Bu yerdan o`tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishning ikki usuli kelib chiqadi.

1. Mavjud bo`lgan stantsiyalar orasida qo`shimcha stantsiyalarni qurish.

2. Luping (parallel quvur) yotqizish.

O`tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish koeffitsienti χ=Q*/Q (oshirilgan o`tkazuvchanlik koeffitsientining oldingi o`tkazuvchanlik qobiliyatiga nisbati). Bu koeffitsientining miqdori neft haydovchi stantsiyalar sonini oshirishda aniq bo`ladi. Lupinglar yotqizilganda esa koeffitsient (χ) ning miqdori yotqiziladigan lupinglar uzunligi va diametriga bog`liq bo`ladi. Bu ikki holda ham stantsiyadan chiqayotgan napor miqdori kamayadi (Нcm*cm). SHuning uchun quvurining ko`tara olish qobiliyati (nesuxaya sposobnost) ishlatilmay qoladi. Neft haydovchi stantsiyalar sonini oshirish yoki luping yotqizish samaradorligi oshishi mumkin, qachonki bosim miqdori mustahkamlik shartlari chegarasiga yaqin borsa. Bunga esa nasos ishchi g`ildiraklari diametrlarini tanlash yo`li bilan, stantsiyadagi mavjud nasoslarni ko`tarilgan ko`rsatgichlarga javob bera oladigan boshqa nasoslar bilan almashtirish, qo`shimcha bo`lgan podpor nasoslarni o`rnatish yoki shu maydonning o`zida mavjud stantsiyaga parallel ravishda ishlaydigan magistral nasos stantsiyasini qurish bilan erishish mumkin.

O`tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishdan oldin ham keyin ham stantsiyadan chiqishdagi bosim bir xil deb olamiz (Нcm*cm).

Stantsiyalar sonini oshirganimizdagi – koeffitsient χ=Q*/Q ni aniqlaymiz:

- Mavjud bo`lgan «S» stantsiya va unga tutashgan haydash oralig`i uchun napor tenglamasini yozamiz.

O`tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishdan oldin:
ΔHc+(Hcm-Δh)=ilc+Δzc+ΔHc+1 (1)
НХСлар soni 2 martaga oshganda:
ΔHc+2(Hcm-Δh)=i*lc+Δzc+ΔHc+1 (2)
(2) ni (1) ga bo`lib, ΔHcк ΔHck1 deb qabul qilamiz va
i*/i=(Q */Q)2-m= χ2-m=2(Hcm-Δh)-Δzc)/((Hcm-Δh)-Δzc)
Agar Δz bir xil deb olsak u holda χ=21/(2-m) hosil qilamiz.

Endi o`tkazuvchanlik qobiliyatini luping yotqizishda ko`ramiz:


ΔHc+( Hcm-Δh)= ilc+Δzc+ΔHс+1
x – uzunlikdagi luping yotqizishni hisobga oluvchi tenglama
ΔHc+(Hcm-Δh)= i*[lc-х(1-ω)]+Δzc+ ΔHc+1 dan
i*[lc-х(1-ω)=il i*/i= χ2-m=l/(l-х(1-ω))
Bundan berilgan o`tkazuvchanlik qobiliyatini (χ) ga oshirishni ta‘minlaydigan luping uzunligini quyidagicha topish mumkin:
х=l/(-ω)(l-l/χ2-m)
Bu yerdan ko`rinib turibdiki o`tkazuvchanlik qobiliyatini nisbatan kam oshirish uchun luping yotqizish maqsadga muvofiq: (χ<21/(2-m))

Agar o`tkazuvchanlik qobiliyatini (21/2-m) ga yaqin marta ko`tarish kerak bo`lsa unda neft haydovchi stantsiyalar sonini oshirish yo`li bilan amalga oshirish kerak. (Turbulent oqimda Blazius formulasi orqali hisoblanadigan zona uchun 21/2-m=1,486).




Download 316.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 316.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi

Download 316.5 Kb.