Suv havzalariga bo`lgan ta‘sirlari




Download 316.5 Kb.
bet6/8
Sana10.04.2017
Hajmi316.5 Kb.
#3926
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Suv havzalariga bo`lgan ta‘sirlari

Suv havzalarini neft va uning mahsulotlari bilan bug`lanish, ular orqali (ustidan yoki tagidan) o`tkazilgan magistral neft quvur bo`limlarining yoki mahsulotini tashuvchi tanker, birjalarining ishdan chiqish bo`yicha yoyilib, uning yuzasida yupqa neft pardasini hosil qiladi. Ma‘lumotlarga qaraganda bir tonna to`kilgan neft 20-30 km2 maydonga

suv yuzasiga yoyilib, uni ifloslantiradi. Natijada, suv bilan atmosfera o`rtasidagi havo almashish buziladi. Bu o`z navbatida suvning ekologik sharoitini yomonlashtiradi. Undan tashqari, suv tarkibidagi (erkin, emulsiy va kolloid zarrachalar ko`rinishidagi) neftlar, suvning fizik, kimyoviy xossalariga ta‘sir ko`rsatib, unda yashayotgan o`simlik va hayvonot dunyosining yashash faoliyatini yomonlashtiradi, suvdan foydalanishni qiyinlashtiradi. Ayniqsa, neft bilan ifloslangan suvning baliq xo`jaligiga bo`lgan ta‘siri katta bo`ladi. Masalan, neft yoki uning mahsulotini suvdagi kontsentratsiyasi 0.5 MG/l bo`lganda 10 sutkadan keyin shu suvlarda yashayotgan baliq go`shtining mazasi neft mahsuloti ta‘miga o`tishi aniqlangan. Undan tashqari katta baliqlar olib quygan tuxumlari va ikralari nobud bo`ladi.

Suv tarkibidagi neft va uning mahsulotlari miqdorining kamayishi, ularning tabiiy parchalanish, kimyoviy oksidlanishi va suvda yashovchi mikroorganizmlarning ta‘sirlarida biologik parchalanish natijasida sodir bo`ladi. Lekin bu jarayonlar bir necha yillar davomida amalga oshadi. Bu o`z navbatida suvda yashovchi o`simlik va tirik organizmlarni ekologik sharoitini yomon holatda uzoq vakt davom etishini sodir etadi. Shuning uchun suvlarning ekologik sharoitlarini birlamchi holatiga qaytarish, ular tarkibidagi to`kilgan neftlarni tezlikda ajratib (yig`ib) olish samarador hisoblanadi. Buning uchun suv xavzasining holatiga qarab (oqar yoki oqmas) to`kilgan neftlar to`planadi, keyin esa ularni maxsus moslamalar (suzib yuruvchi sharlar) yordamida suvdan ajratib olinadi. Ajratib olish texnologiyasi va sharoitlari bilan ma‘ruza vaqtida batafsil tanishtiriladi.





Download 316.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 316.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv havzalariga bo`lgan ta‘sirlari

Download 316.5 Kb.