• Neft, gaz va neft mahsulotlarini quvur orqali uzatish jarayoni QARSHI – 2013 yil Мавзу; Neft, gaz va neft mahsulotlarini quvur orqali
  • Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi




    Download 316.5 Kb.
    bet1/8
    Sana10.04.2017
    Hajmi316.5 Kb.
    #3926
      1   2   3   4   5   6   7   8


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI


    NEFT VA GAZ FAKULTETI
    «TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR» KAFEDRASI
    5541300-“Neft va gaz sanoatining mashina va jihozlari” ta'lim yo'nalishining NGS-304 guruh talabasi Nasriddinov Abdullaning “Texnologik mashina va jihozlardagi jarayonlar” fanidan



    Mavzu: Neft, gaz va neft mahsulotlarini quvur orqali

    uzatish jarayoni


    QARSHI – 2013 yil
    Мавзу; Neft, gaz va neft mahsulotlarini quvur orqali

    uzatish jarayoni

    Reja:
    1. Quvur devoriga ta‘sir etuvchi kuchlanishlar



    2. Magistral quvurlarning sinfi va kategoriyasi.

    3. Magistral neft quvurlari tarixi.

    Neft, gaz va neft mahsulotlarini tashish usullari.


    Neft, neft mahsulotlari va gazlarni tashishning asosan uch xil usuli mavjud: 1. suv transporti (barja va tankerlarda tashish), 2. temir yo`l transporti (temir yo`l tsisternalarida tashish), 3 quvur transporti (magistral quvur uzatgichlar orqali haydash).

    Quvur uzatgichlar orqali transport qilish katta miqdordagi neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan neft gazlarini bir tomonlama tashish uchun xizmat qiladi. Quvur uzatgichlarning boshqa usullardan afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:

    - quvur uzatgichlar trassasining uzunligi boshqa tashish usullarinikiga qaraganda kamroq, bundan tashqari quvurlar quruqlikdagi istalgan ikkita punkt (nuqta) orasida, ular orasidagi masofaning uzunligidan qat‘iy nazar yotqizilishi mumkin;

    - quvur uzatgichlarning boshqa tashish usullardan farqi uning uzluksizligidadir, bu esa o`z o`rnida mahsulot yetkazib beruvchilarning ish samaradorligini oshiradi va uni iste‘molchiga yetkazib berish to`xtovsiz amalga oshiriladi;

    - tashishning boshlang`ich va oxirgi nuqtalarda mahsulotlarni to`plash uchun katta hajmdagi sig`imlarga ehtiyoj yo`qoladi;

    - neft va neft mahsulotlarining yo`qotilishi (bekorchi sarfi) quvur uzatgichlarda, boshqa usullarga nisbatan kam;

    - quvur uzatgichlar ko`proq mexanizatsiyalangan bo`lib ularni avtomatlashtirishni va uzoqdan turib boshqarishni tezroq amalga oshirish kerak.

    Quvur uzatgichlarning kamchiligi – ularga metall sarfining ko`p miqdorda bo`lishi va uzatish trassasining qattiqligi, ya‘ni quvur yotqizilgandan so`ng uning yo`nalishini o`zgartirish mumkin emas.

    Bu asosiy tashish usullaridan tashqari neft va neft mahsulotlarini tashishda avtomobillardan foydalanish ham muhim rol uynaydi. Neft mahsulotlari avtotsisterna yoki mayda idishlarda tashiladi. Avtamobillar asosan neft mahsulotlarini katta neft omborlaridan kichiklariga yoki uni iste‘molchilarga yetkazib berish uchun ishlatiladi.

    Quvur devoriga ta‘sir etuvchi kuchlanishlar.


    Tuproqqa yotqizilgan magistral quvur devoriga quyidagi kuchlanishlar ta‘sir qiladi. Aylanaviy, buylama va ridial kuchlanishlar ta‘sir qiladi.

    Aylanaviy kuchlanishlar σa – ichki bosimdan yuzaga keladi va quyidagi formula orqali aniqlanadi.


    σа=pD / 2δ (1)
    Bu yerda: r- quvur ichidagi bosim; D – quvurning ichki diametri; δ – quvur devorining qalinligi.

    Буйлама кучланиш σа – ichki bosimning harakati ta‘sirida yuzaga keladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:


    σб = μ σа = μрD / 2δ (2)
    Bu yerda: μ – Puasson koeffitsienti, po`latlar uchun μ = 0,3 ga teng;

    Agar quvur o`z o`qi bo`ylab erkin harakat qila olsa unda:

    σб = рD / 4δ (3)
    Agar quvurdagi harorat o`zgarsa unda σб = -Еα ∆t teng bo`ladi.

    Bu yerda: - Ye – quvurning sirt tarangligi moduli; α – quvurning chiziqli kengayish koeffitsienti; ∆t = t – tё; t va tё – quvur devorining hisoblanayotgan va yotqizilayotgan vaqtlardagi harorati.

    Po`lat uchun: Е = 206000 МПа α = 12 * 10-6 (1/0С)

    Magistral quvurlar to`g`ri chiziqli yunalishidan og`ish joylarida egiladi bu joydagi bo`ylama kuchlanishlar quyidagi formula orqali aniqlanadi:


    σб = -+ЕDт / (2р) (4)


    Bu yerda: Dт – quvurning tashqi diametri; r – quvurning trassasining egilish radiusi; formuladagi “ – ” va “ + ” ishoralar quvurning siqilayotgan tarafidagi “ – ” va tortilayotgan tarafidagi “ + ” kuchlanishlar uchun ishlatiladigan ishoralar.

    Bo`ylama kuchlanishlarning hammasi birga qo`shiladi:


    σ, = μ hD | 2δ – Tα ∆t -+ TDn | (2р)
    Radial kuchlanish – σр ning ko`rsatkichlari juda kichik bo`lib u hisoblarda e‘tiborga olinmaydi. Bundan tashqari quvurga ta‘sir etadigan boshqa kuchlanishlar jumladan tuproqning og`irlik bosimi, harakatlanuvchi yuklarning (traktor, kFx mashinalari va avtomashinalarning) bosimi ham e‘tiborga olinmaydi. Chunki bu kuchlarning ta‘siri quvur ichidagi bosim bilan kompensatsiya bo`ladi.

    Magistral quvurlar asosan ularning chegaraviy holati usulida hisoblanadi.

    CHegaraviy holat deb – Biror bir konstruktsiyaning shunday holatiga aytiladiki, bu holatda mazkur konstruktsiyaning normal faoliyati buziladi.

    Ular: Birinchi, ikkinchi va uchunchi chegaraviy holatlardan iborat.

    1. Birinchi chegaraviy holat deb – shunday holatga aytiladiki bu holatda konstruktsiya o`ziga berilayotgan kuchlanishlarga qarshiligi yo`qoladi va u titilib ketadi.

    2. Ikkinchi chegaraviy holat deb – ishlatish davomida o`lchamsiz qoldiq deformatsiyalarga yoki silkinishlarga yo`l quymaslik.

    3. Uchunchi chegaraviy holat deb – ishlatish davomida yoriqlarga yo`l quymaslik.



    Download 316.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 316.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi

    Download 316.5 Kb.