Magistral quvurlarning sinfi va kategoriyasi




Download 316.5 Kb.
bet4/8
Sana10.04.2017
Hajmi316.5 Kb.
#3926
1   2   3   4   5   6   7   8
Magistral quvurlarning sinfi va kategoriyasi.
Neft va neft mahsulotlarini haydash uchun ishlatiladigan quvur o`tkazgichlarga – neft quvurlari deyiladi. Agar quvurda haydalayotgan neft mahsulotining nomi keltirilishi kerak bo`lsa, unda haydalanilayotgan mahsulotning turiga qarab – benzin uzatuvchi quvur, kerosin uzatuvchi quvur, mazut uzatuvchi quvur ham deyilishi mumkin.

O`zining maqcadiga qarab neft va neft mahsuloti quvurlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:

Ichki quvur uzatgichlar – Neft konlari, neftni qayta ishlash zavodlari va neft omborlarining ichki qurilma va ob‘ektlarni bir biri bilan bog`lash uchun ishlatiladigan neft va neft mahsulotlari quvurlariga aytiladi.

Mahalliy quvur uzatgichlar – Ichki quvur uzatgichlardan farqi uning uzunligi (bir necha 10 kilometr) bo`lib, neft konlari yoki neftni qayta ishlash zavodlari bilan magistral neft quvurlarining bosh nasos stantsiyalarini yoki temir yo`l estakadalaridagi quyish punktlari bir-biri bilan bog`lovchi neft va neft mahsulotlarini uzatuvchi quvurlariga aytiladi.

Magistral quvur uzatgichlar – Bu quvur uzatgichlar o`zining katta uzunligi bilan harakterlanadi (100 va 1000 kilometr). Shuning uchun neft va neft mahsulotlarini haydash bir emas balki magistral quvur trassasi uzunligi bo`yicha joylashgan bir nechta haydovchi stantsiyalar orqali amalga oshiriladi. Ishlash tartibi bu quvur uzatgichlarda uzluksiz bo`lib, vaqtinchalik to`xtashlar tasodifiy yoki quvur ta‘miri bilan bog`liq bo`ladi.

2.05.06. – 85 raqamli «Magistral quvur uzatgichlar qurilishi me‘yori va qoidalari» (KMK) ga asosan Magistral neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlari shartli diametriga qarab 4 ta sinfga bo`linadi:




Sinfi

Shartli diametri (mm)

I

1000-1420

II

500-1000

III

300-500

IV

300 dan kam

Magistral gaz uzatgich quvurlar deb shunday quvur uzatuvchilarga aytiladiki – gazlarni ishlab chiqarish yoki qazib olish hududlaridan iste‘mol qilish hududlariga yetkazib beruvchi quvur uzatgichlarga magistral gaz quvurlari deyiladi. Magistral gaz quvuridan ajralib chiqqan quvurga shahobcha (otvod) deyilib, u haydalayotgan gazning bir qismini alohida joylashgan aholi punkti yoki sanoat korxonasiga yetkazib berish uchun quriladi.

2.05.06. – 85 raqamli «Magistral quvur uzatgichlar qurilishi me‘yori va qoidalari» (KMK) ga asosan ular quvurdagi ishchi bosimiga qarab 2 ta sinfga bo`linadi:


Sinfi

Ishchi bosim (MPa)

I

2,5 – 10

II

1,2 – 2,5

Bitta quvurga ega bo`lgan magistral gaz quvurlarning shartli diametriga asosan o`tkazuvchanlik qobiliyati taxminan 10 – 50 mlrd. m3Fyil ga teng bo`ladi.

Quvur uzatgichlarni bir yoki bir nechtasini parallel ravishda, ishlayotgan yoki loyihalanayotgan magistral quvur bilan birga texnik yo`lakka yotqizishi mumkin. Yuqorida keltirilgan «Magistral quvur uzatgichlar qurilishi me‘yori va talabi» ga asosan magistral quvurlarning texnik yo`lagi deb: - neft va neft mahsulotlarini yoki gazni haydash uchun ishlatiladigan quvurlarning trassa bo`yicha bir nechtasi parallel yotqizilgan quvur uzatgichlar sistemasiga aytiladi. Ba‘zi hollarda esa bir texnik yo`lakda ham neft uzatuvchi quvur, ham gaz uzatuvchi quvurlarni joylashtirishga ruxsat beriladi.

Magistral quvurlar (Magistral gaz quvurlari, neft va neft mahsulotlari

quvurlari) ni yerga 3 xil usulda yotqizish mumkin:

a) Yer ostiga yotqizish:

b) Yerga yotqizish:

v) Yer ustida yotqizish:

Magistral quvurlar shartli diametri va yotqizilishiga qarab quyidagi kategoriyalarga bo`linadi:


Quvur o`tkazgich

Quvurning yotqizilishidagi kategoriyasi

Yer ostida

Yerda va yer ustida

Gazlarni haydash uchun:

a) 1200 mm dan kam diametrli

b) 1200 mm va katta diametrli

v) Shimoliy qurilish zonasi



IV
III
III

III
III
III

Neft va neft mahsulot-larini haydash uchun:


IV

III

Magistral quvurlarning bo`limlarining kategoriyalari ham yuqorida keltirilgan «Magistral quvur uzatgichlar qurilishi me‘yori va talabi» da 3 – jadvalda keltirilgan.


Magistral neft quvuri.
Magistral neft quvurlarining tarkibi magistral gaz quvurlariga o`xshash bo`lib – bosh inshoot, bosh nasos stantsiyasi, quvurlar tizmasi, oraliq nasos stantsiyasi turli to`siqlardan o`tish joylari, elektrokimyoviy himoya vositalari va boshqalardan tashkil topgan bo`ladi.

Magistral neft quvurlari tarixi.


1.Neft quvurlari; 2. Bosh inshoot; 3. Bosh nasos stantsiyasi; 4. Quvur; 5. Tabiiy va sun‘iy to`siqlar; 6. Oraliq nasos stantsiyasi (NS); 7. Elektrokimyoviy himoya vositalar; 8. Neftni qayta ishlash zavodi; 9. Iste‘molchi.
Bosh inshootda quduqlardan olinayotgan neft tarkibidan suvlar, gazlar, mineral tuzlar va mexanik qo`shimchalardan tozalab iste‘molchiga tayyorlab berishdan iborat.

Bosh nasos stantsiyasida jo`natishga tayyorlangan neftni magisral quvurga haydashdan iborat. Neftni haydash uchun porshenli va markazga intilma nasoslaridan foydalaniladi.

Magistral neft quvurlarining chiziqli bo`limiga bosh nasos stantsiyasidan neftni qayta ishlash zavodigacha bo`lgan oraliqdagi quvurlar kiradi. Bosh nasos stantsiyasidan haydalgan neftni iste‘molchiga yetkazish uchun xizmat qiladi.

Magistral neft quvurlarining to`siqlar orqali o`tgan bo`limi quvurlarni yer osti va ur ustidan, suv osti va suv ustidan o`tishiga xizmat qiladi.

Oraliq nasos stantsiyalarining vazifasi – oraliq nasos stantsiyasi idishlarida yig`ilgan neftni kerakli bosimda magistral quvurga haydashdan iborat.

Neft haydovchi stantsiyalar orasidagi masofa 50 km dan – 150 km gacha, gaz haydovchi stantsiyalar uchun bu oraliq 100 km dan – 200 km gacha. Neft va neft mahsulotlarini uzatuvchi quvurlaridagi haydovchi (nasos) stantsiyalar elektruzatuvchili markazdan kochma kuchli nasoslar bilan jihozlangan. Neft quvurining boshida ya‘ni neft konlari yaqinida yoki neft konidan chiqib keluvchi quvurlarning oxirida bosh nasos stantsiyasi joylashgan bo`lib, uning oraliq stantsiyalaridan farqi shuki uning rezervuarlar saroyining hajmi magistral quvurni bir necha sutka uzluksiz ishlashiga yetadigan miqdorda bo`lishi kerak.

Asosiy qurilmalardan tashqari har bir nasos stantsiyada yordamchi qurilmalar kompleksi mavjud.

Elektruzatuvchi liniyaga uzatilayotgan tok kuchini 110 yoki 35 KV dan 6 KV gacha kamaytirish uchun transformator stantsiyalari, isitish uchun kotyol qurilmasi, bundan tashqari suv ta‘minoti, kanalizatsiya, sovutish va x.k. sistemalarida mavjud.

Magistral gaz quvurlarining haydovchi (kompressor) stantsiyalari porshenli yoki markazdan qochma kuchli kompressorlar bilan va porshenli ichki yonuv dvigatellari, gaz turbinli va elektrodvigatelli uzatuvchilar bilan jihozlangan bo`ladi. Ko`pincha markazdan kochma kuchli haydovchilar ikkita yoki uchta ketma – ket bo`lgan guruhlarda ishlaydi va bir nechta guruhlar qo`shilib parallel ravishda ishga tushiriladi. Bir agregatning sarfi 50 mln. m3/sut, stantsiyadan chiqishdagi bosim esa 10 MPa bo`lishi

mumkin. Agarda gaz koni ishga tushirilgan vaqtda qatlamdagi bosim yuqori bo`lsa magistral gaz quvurini bosh kompressor stantsiyasiz ham ishlatish mumkin. Hamma kompressor stantsiyalarida gaz changushlagichlar yordamida mexanik aralashmalardan tozalanadi. Bundan tashqari bosh kompressor stantsiyalarida gaz quritilishi, oltingugurt va uglekisluy gazdan tozalanishi va tabiiy gaz hidlantirilishi (odorizatsiya) lozim. Kompressor stantsiyalari ham nasos stantsiyalari singari yordamchi qurilmalar bilan jihozlangan bo`ladi.

Issiqlik stantsiyalari tez qotuvchan neft mahsulotlari va yuqori qovushqoqli neftlarini haydovchi quvurlarda quriladi, ba‘zi hollarda ularni nasos stantsiyalari bilan birgalikda quriladi. Haydalayotgan mahsulotni isitish uchun bug`li yoki olovli (pechli) isitgichlarni qo`llash mumkin. Issiqlik yuqotilishini kamaytirish uchun quvur issiq o`tkazmas qobiq bilan qoplanadi.

Elektrokimyoviy himoya vositalarining asosiy vazifasi magistral quvurlarining zanglashdan himoya qilishdir. Himoya vositasi vazifasida turli quvvatga ega bo`lgan katod stantsiyalaridan foydalaniladi.

Neftni qayta ishlash zavodining vazifasi neftni fraktsiyalarga ajratib, neft tarkibidan kerakli mahsulotlarni ajratib olish va ularni iste‘molchiga jo`natishdan iborat.

Neftni qayta ishlash natijasida 600 xildan ko`proq neft mahsulotlari olinadi.





Download 316.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 316.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magistral quvurlarning sinfi va kategoriyasi

Download 316.5 Kb.