|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiBog'liq Informatika fanini uqitish metodikasiPortativ kompyuteri (notebook)
Afzalliklari:
- kichik o‗lchami va og‗irligi;
- akkumulyatordan ishlash (3-5 soatgacha) yoki tarmoqdan;
- mobillik;
- klaviaturasi qisqartirilgan;
- o‗zgartirib bo‗lmaydi;
- kichik unumdorlik;
- zarbga, vibratsiyaga tasirchanligi;
Netbuk – bu Internetga murojaat qilish va oddiy ofis dasturlar bilan ishlash
uchun kichik noutbuk;
Afzalliklari:
- kichik o‗lchami va og‗irligi;
- akkumulyatordan ishlash (5-12 soatgacha) yoki tarmoqdan;
- kichik narx;
Cho‘nchak kompyuteri (palmtop)
- Mobil navigator;
- Smartfon;
1.5. Informatikaning ta‟lim taraqqiyotida tutgan o„rni
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida informatikani o‗qitish o‗z oldiga hozirgi
jamiyatimiz talablariga javob beradigan va har bir maktab bitiruvchisiga mustaqil
ravishda informatika fani bo‗yicha keyingi hayotining unumli faoliyatida amalga
oshirish imkoniyatlarini ochib beradigan kafolatli tayyorgarligini va bu sohada
iqtidorini rivojlantirishni ta‘minlashni maqsad qilib qo‗ygan.
Informatikani o‗rganish o‗quvchilarni amaliy faoliyatda qo‗llash o‗zaro bog‗liq
fanlarni o‗rganish, ta‘limni davom ettirish uchun zarur bo‗lgan informatikaga oid
aniq bilimlar bilan qurollantiradi. U o‗quvchilarning intellektual rivojlanishiga
muhim hissa qo‗shadi.
O‗quvchilarning informatika bo‗yicha tayyorgarligiga qo‗yiladigan talablar:
umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida informatika kursining asosiy vazifasi –
25
o‗quvchilarni kelajak amaliy faoliyatida kompyuterlardan foydalana olishga
tayyorlash va salohiyatini oshirishdan iborat.
Ushbu predmetni maktabdanoq o‗rganishdan asosiy maqsad kompyuter
texnikasi imkoniyatlarini va uni hayotga qo‗llashni biladigan, dasturlashning asosiy
prinsiplarini o‗zlashtirgan, kompyuter bilan muloqotda bo‗la olish ko‗nikmasiga ega
bo‗lgan va yangi axborot texnologiyasini tasavvur qila oladigan foydalanuvchini
tayyorlashdan iborat.
Informatikani o‗rganish, informatika haqida haqiqatni bilishni tavsiflash shakli
va bilish metodi sifatida tasavvur qilib insonning madaniyati va iqtidorining
shakllanishiga zamin yaratadi. Ta‘lim tarbiyaning umumiy maqsadlaridan
informatikaning fan sifatida o‗ziga xosligi uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan
o‗rni va rolidan hozirgi axborotlashtirilgan jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib
chiqqan holda informatikani o‗qitish va o‗quvchilarda iqtidorni shakllantirishning
maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o‗quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;
o‗quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish
jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli ravishda o‗zlashtirib
olishlarini ta‘minlash;
o‗quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko‗rinishini shakllantirishda
axborot
jarayonlarining
ahamiyatini,
jamiyatning
rivojida
axborot
va
kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;
texnika asrida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko‗nikmalarini
shakllantirish.
Informatika predmetining pedagogik funksiyalari insonning umumiy ta‘lim
olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‗shadigan o‗ziga xos hissasi bilan
aniqlanadi:
1. O‗quvchilar tomonidan informatika asoslarini egallash va ularning tafakkuri,
iqtidorini rivojlantirish. Bu vazifa informatika o‗qituvchisi oldida turgan birinchi
vazifadir.
2. Ilmiy dunyo qarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda
butun pedagogik jamoa barcha o‗quv predmetlarini o‗qitish jarayonida ishtirok etadi.
3. O‗quvchini iqtidorini mashg‗ulot davomida ilg‗ash va uni to‗g‗ri
yo‗naltirish. Bu vazifa informatika o‗qituvchisining asosiy maqsadi bo‗lib
hisoblanadi.
|
| |