1.3. Informatika fanining predmeti va vazifalari ―Informatika o‗qitish metodikasi‖ fani ―Informatika va axborot
texnologiyalari‖ va ―Zamonaviy dasturlash tillari‖ kabi fanlar bilan uzviy bog‗liq
bo‗lib, ushbu fanlarning ko‗p bo‗limlari ―Informatika o‗qitish metodikasi‖ o‗quv
kursini to‗ldiradi va shu bilan birga bakalavrlarning fan bo‗yicha olgan bilimlarini
kengaytiradi.
―Informatika o‗qitish metodikasi‖ fanini o‗qitishda ilg‗or pedagogik va axborot
texnologiyalaridan foydalaniladi. Amaliy mashg‗ulot darslari bevosita kompyuter
bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi.
Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT)– o‗sib kelayotgan
avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini
puxta o‗zlashtirishni ta‘minlashdan iborat. O‗quvchilarning ilmiy dunyoqarashi,
mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‗z-o‗zini anglash
salohiyatini shakllanishi va o‗sishi ko‗p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‗liqdir.
Inson o‗z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga
kirishishi, jamiyatda o‗z o‗rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini
hal etishi, eng muhimi o‗z sohasi, kasbi bo‗yicha raqobatbardosh bo‗lishi uchun zarur
bo‗lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‗lishi lozim.
Bundan tashqari ta‘limda har bir o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida
o‗quvchilarda, shu fanning o‗ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga
tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Fanning maqsadi o‗quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini
shakllantirish orqali ularnimamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shadigan
shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari o‗quv fani o‗rta umum ta‘lim
maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi
muassasalarida umumta‘lim o‗quv fani sifatida uzviy davom etadi.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari Informatika va axborot texnologiyalari
ta‘limida o‗rganilgan o‗quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Informatika va axborot texnologiyalari ta‘limida aynan takrorlanmasligi,
o‗quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy o‗rta ta‘lim
tayyorgarligiga mos kelishi hamda informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin
oddiydan murakkabga shakllantirilishi e‘tiborga olingan.
Ilg‗or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‗qitishda
rivojlangan davlatlarda keng qo‗llanilayotgan STEM (science, technology,
engeenering and mathematics – fan, texnologiya, muhandislik va matematika)
21
o‗qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy
amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va h.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish
maqsadga muvofiq.