1.2. Informatika fanidan yangi tahrirdagi DTS, optimallashtirilgan o„quv dasturlari, darslik, o„quv qo„llanmalari va ularning tahlili Informatika fanidan uzviylashtirilgan DTSning maqsad va vazifalari.
Informatika ta‘limi standartining tarkibiy qismlari va bo‗limlari. Yangi ta‘lim
standartlari va o‗quv dasturlarining avvalgilaridan farqi. Umumiy o‗rta, o‗rta maxsus,
kasb-hunar ta‘limi muassasalarida o‗qitiladigan umumta‘lim fanlari hamda oliy
ta‘limda davom ettiriladigan fanlar dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini
ta‘minlash to‗g‗risida. Informatika fanining fizika, matematika, kimyo, biologiya va
boshqa fanlar bilan bog‗liqligi.
Informatika mutaxassisligi yo‗nalishida o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi va
oliy ta‘limning davlat ta‘lim standartlarining mazmun-mohiyati. Mutaxassislik
bo‗yicha o‗qitishning turli texnik-didaktik vositalari, mavjud darsliklar, o‗quv
qo‗llanmalari, o‗quv-metodik adabiyotlar tahlili.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 2017-2018 o‗quv yiliga mo‗ljallangan
tayanch o‗quv rejasi va unga tushuntirish xati O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim
to‗g‗risida‖gi va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida‖gi qonunlari,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi ―Chet tillarni
o‗rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 1875-PQ-
sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi ―Uzluksiz ta‘lim
tizimining chet tillar bo‗yicha davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi
124-sonli, 2017-yil 15-martdagi ―Umumiy o‗rta ta‘lim to‗g‗risidagi nizomni
tasdiqlash haqida‖gi 140-sonli, 2017-yil 6-apreldagi ―Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus,
kasb-hunar ta‘limining davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 187-sonli
qarorlari hamda Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya
qoidalari va me‘yorlari (SanQvaM № 0102-00) asosida tuzilgan.
Tayanch o‗quv reja tarkiban davlat va maktab komponentlaridan iboratdir.
Davlat komponentiga ajratilgan fanlar davlat ta‘lim standartlari asosida tuzilgan
dasturlarga binoan o‗qitiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi ―Umumiy o‗rta ta‘lim
to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi 140-sonli va 2017-yil 6-apreldagi
―Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining davlat ta‘lim standartlarini
tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 187-sonli qarorlariga muvofiq, shu yil 16 mayda Xalq ta‘limi
20
vazirligining ―Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari uchun 2017-2018 o‗quv yiliga
mo‗ljallangan tayanch o‗quv rejani tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 165-sonli buyrug‗i qabul
qilindi.
Unga ko‗ra, O‗zbekiston Respublikasi umumiy o‗rta ta‘lim muassasalari uchun
2017-2018 o‗quv yiliga mo‗ljallangan tayanch o‗quv reja hamda tushuntirish xati
tasdiqlandi.