|
-bob. INFORMATIKA YO„NALISHIDAGI FANLARNINGBog'liq Informatika fanini uqitish metodikasi2-bob. INFORMATIKA YO„NALISHIDAGI FANLARNING
UMUMIY VA XUSUSIY TUSHUNCHALARI
2.1. Informatika yo„nalishidagi fanlarning umumiy tushunchalari
Informatika fanining eng asosiy tushunchalaridan biri axborot tushunchasidir.
Axborot tushunchasi informatika fanida juda ko‗p qo‗llaniladigan tushuncha bo‗lib,
informatika fani ayni shu axborot ustida bo‗ladigan turli xil jarayonlarni tashkil qilish
va boshqarishning qonun-qoidalarini o‗rganib boradi.
Axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o‗lchamlari,
xususiyatlari va holatlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar tushuniladi. Axborot so‗zi
lotincha «informatsiya» so‗ziga mos kelib, tushuntirish, tavsiflash degan ma‘nolarni
bildiradi. Axborot bu-biz barcha sezgi a‘zolarimiz orqali qabul qila oladigan
ma‘lumotlar to‗plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea hodisalar haqidagi
ma‘lumotlar yig‗indisidir.
Axborot to‗liqlik, ma‘lum darajada qimmatli bo‗lishi, ishonchli bo‗lishi kabi
sifatlarga ega bo‗lishi kerak.
Informatika fanida bundan tashqari algoritm, dastur, kompyuter, texnologiya,
axborotlashgan jamiyat va boshqa tushunchalar ham mavjud.
«Kompyuter» so‗zi inglizcha so‗z bo‗lib, «hisoblovchi» ma‘nosini anglatadi.
Hozirgi kunga qadar elektron hisoblash mashinasi (EHM), shaxsiy elektron hisoblash
mashinasi (ShEHM), personal kompyuter tushunchalari hayotimizga kirib kelgan. U
hozirda faqat hisoblash ishlarini bajaribgina qolmasdan, balki matnlar, tovush, video
va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi.
«Texnologiya» grekcha so‗z bo‗lib (techne) mohirlik, ustalik, biror ishni
uddalay olishni anglatadi. Bu ma‘lum bir jarayonga nisbatan qo‗llanilgan. Jarayon –
maqsadga erishishga yo‗naltirilgan xatti-harakatlar majmuyi. Ushbu jarayon kishi
tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar
yordamida amalga oshiriladi.
|
| |