32
ko‗chirilishi va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo‗ladi.
Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko‗pincha kompyuter bilan
maxsus tarmoq vositalari orqali bog‗langan displey
va aloqa kanallaridan
foydalaniladi.
Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va axborot
tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot fondining elementlari bilan ishlov
berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va
tuzatish operatsiyalari bajariladi. Natijada axborot fondining dolzarb holatda
saqlanishi ta‘minlanadi, shuningdek ishlov berish topshirig‗iga muvofiq bo‗lgan
chiqish axboroti shakllantiriladi.
Axborot massivlarini shakllantirish (strukturalashtirish)
va saqlab turish,
shuningdek axborotga ishlov berish bo‗yicha barcha amallar axborotni saqlash va
ishlov berish kichik tizimi tarkibiga kiradigan dasturlar majmuyi boshqaruvida
amalga oshiriladi. Bu kichik tizim tashqi xotira qurilmalarida axborotni joylashtirish
va undan foydalanish imkoniyatini ta‘minlaydi.
Axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi,
kichik tizimning ishini
amalga oshiruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o‗zi ham),
shuningdek axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash tizimi (AIST) ga
birlashadi. AIST o‗z ichiga axborot massivlari, ularni tashkil etish va ishlov berish
usullari,
metodlari va algoritmlari, tegishli dasturiy va texnik vositalar majmuyini
oladi. AIST tashqi muhit bilan kiritish-chiqarish vositalari yordamida aloqa qilishi
AIST doirasida hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko‗rib chiqishda bu vositalarni
ham albatta hisobga olish zarur.