|
Tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimiBog'liq Informatika fanini uqitish metodikasiTranzaksiyalarni qayta ishlash tizimi biznes tranzaksiyalarini saqlab qolish
va qayta ishlash uchun foydalaniladigan odamlar, jarayonlar, dasturlar, ma‘lumot
bazalari va uskunalar bilan tashkil etilgan to‗plamdir.
Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal
qilish uchun mo‗ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar
(masalan: kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta‘minoti va
zaxira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining
axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi.
Ko‗pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko‗rsatadi va mustaqil hisoblanadi,
ya‘ni o‗zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta‘minotiga ega bo‗ladi.
Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma‘lumotlar bazasi tamoyili bo‗yicha
qurilgan bo‗lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun
axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan
holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta‘minlashga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Axborot-hisoblash tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash
operatsiyalari bilan bog‗liq vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi. Bunday
vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo va konlarni prognozlash, tashhislash
(kasalliklarga tashhis qo‗yish, uskunalarning nosozliklari sabablarini aniqlash)
kabilar kiradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) doirasida ishlaydigan
axborot
tizimlarini
ham
axborot-hisoblash
tizimlariga
kiritish
mumkin.
Avtomatlashtirilgan
loyihalash
tizimlari
asbobsozlik
va
mashinasozlik,
radioelektronika va kemasozlikda turli loyihalar hisob-kitoblarini bajaradi,
elementlar, sxemalar, qurilmalarning parametrlarini maqbullashtirish vazifalarini hal
qiladi.
Hisoblash tizimlarining funksiyalari axborot tizimlarining boshqa turlariga ham
xos bo‗lishi mumkin.
|
| |