51
3.4-rasm.
To‘g‘ri burchakli rom.
Aravachali rom
Rom aravachali yoki harakatlanuvchi
bobinalar joylashtiruvchi
elementlardan tashkil topgan (3.5-rasm). Har bir aravachada
ustunlar va qatorlar bo‘lib, iplar ularning o‘qi bo‘ylab harakatlanadi.
Taranglovchi moslama qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, u bobinaga nisbatan
muvofiq joylashtiriladi. Aravachali romni qayta o‘rash
jarayonida
taxtlash mumkin. Bu esa taxtlash bobinalarini yetkazib berish
vaqtini
kamaytirib, qo‘shimcha aravachalar talab etadi va natijada
bunday romdan foydalanish samarasi past bo‘ladi.
Bo‘sh rom joyi
Ishchi rom
Zaxira rom
3.5-rasm.
Aravachali rom.
52
Uzluksiz zanjirli rom
Bunday rom birinchi marta «Barber Coleman» (AQSH)
kompaniyasida foydalanila boshlangan. Romning ikki tomondagi
asoslari markazga nisbatan o‘tkir burchak ostida joylashgan (3.6-
rasm). Romning ichkari tomonida bobinalar o‘rnatiladi
va zanjirli
uzatma yordamida harakatlantirilib, tashqari tomonga o‘tkaziladi.
Ipni chuvatish tashqari tomondan amalga oshiriladi. Tugagan
bobinalarni almashtirish qisqa (15 min. atrofida)
vaqt ichida
bajariladi. Rom oralig‘ida zaxira bobinalar uchun maydon bor.
Uzluksiz zanjirli rom tandalash jarayonini yuqori tezlikda amalga
oshirish imkoniyatini beradi. Rom yordamida
juda kichik taranglik
ostida 6–100 teksgacha bo‘lgan yigirilgan iplarni tandalash
mumkin. Har qanday bobinani o‘rnatish imkoniyati mavjud. Rom
to‘liq kompyuterli nazorat-boshqaruv tizimiga ega.
3.6-rasm.
Uzluksiz zanjirli tandalash romi.