43
Avtomatlar bunkerni tuftaklar bilan ta’minlovchi avtomatik
ta’minlash tizimi bilan jihozlanganda tuftaklarni tashish, ularning
holatini nazorat qilish, ipning uchini topish,
tuftaklarni taqsimlash
va kerak bo‘lgan holatga o‘rnatish amallari bajariladi.
Bobina to‘lganda almashtirish moslamasi har bir urchuqqa
o‘rnatiladi. Bobinani almashtirishga sarflanadigan vaqt 20 sekundga
teng.
Qayta o‘rash jarayonini to‘liq avtomatlashtirish yigirish
mashinalari bilan agregatlashtirishdir. Maxsus ishlab chiqilgan
tashuvchi moslama yigirish mashinasidan tuftaklarni qayta o‘rash
avtomatiga, bo‘sh patronlarni esa avtomatdan yigirish mashinasiga
yetkazib beradi. Bunday agregatlashtirish
xomashyo aralashib
ketishining oldini oladi, xomashyo va patronlarning shikaslanishini
kamaytiradi, bo‘sh patron va konteynerlarga ehtiyojni kamaytiradi
va qo‘l mehnatini bartaraf etadi. EHM bilan bog‘langan
boshqarish
tizimi asosiy ko‘rsatkichlarni: iplarni birlashtirish sifatini,
bobinadagi ip uzunligi va zichligini qayta o‘rash jarayonidagi
taranglik va boshqa omillarni nazorat qiladi. Bunga misol qilib
Yaponiyaning «Murata» firmasi yaratgan va halqali yigiruv
mashinasi 7–11 Link Koner qayta o‘rash
avtomatini keltirish
mumkin. Bu tizim 400–1400 m/min. tezlikda ipni qayta o‘rash
imkonini beradi.
Qayta o‘rash avtomatlarida elektronika va havo tizimlarini
keng qo‘llash muhim ahamiyatga ega. «Autoconer DX-238»
avtomatlarida bobinaga o‘rash zichligini, ipning yo‘g‘onligini,
ulangan joylarining pishiqligini nazorat qilish uchun elektron
moslamalar o‘rnatilgan. Har bir
urchuq uzilishlar soni va
o‘ralayotgan ipning uzunligini nazorat qiluvchi tizim bilan
jihozlangan. Olingan qiymatlar mikro-EHM yordamida tahlil
qilinadi. Olingan bobinaning sifati bahonaladi va qayta o‘rash
jarayonini muqobillashtirish imkoni tug‘iladi. Ma’lumotlarni
yozma ravishda berish uchun muhlovchi moslama bilan
jihozlangan.