62
tandalash mashinalarining konusi rostlanadigan (o‘zgaradigan)
bo‘ladi.
Piltalab tandalash usulining
afzalligi
:
jarayonda chiqindi
kamligi, ko‘p rangli va murakkab rapportli tanda iplarini tayyorlash
imkoniyatiga egaligi.
Kamchiligi
: piltalab tandalash
mashinalarining unumdorligi
past.
Yo‘l-yo‘l yoki kataksimon to‘qimalar ishlab chiqarishda
ko‘prangli tanda iplaridan foydalaniladi va ularni tandalash uchun
ko‘prangli tandalash hisobi, ya’ni manyovr hisobi bajariladi.
3.5. Tandalash jarayonining texnologik omillari
1. Tandalash tezligi (tolaning naviga va tandaning sifatiga qarab
olinadi).
2. Iplarning tarangligi (taranglovchi
moslama yordamida
ta’minlanadi).
3. O‘rama zichligi (iplarning turiga va chiziqli zichligiga
bog‘liq).
4.
Tandalash g‘altagidagi iplarning muvofiq uzunligi.
5. Iplarninng uzilishlari soni.
Quyida guruhlab va piltalab tandalash
usullarining qiyosiy
tahlili keltirilgan (3.2-jadval).
3.2-jadval