60
Ip tandalash romiga 1 o‘rnatilgan bobinadan 8 chuvalib chiqib,
yo‘naltiruvchi qator 3, yo‘naltiruvchi chiviq 4, nax tig‘i 5, support
tig‘idan 6 o‘tib, tandalash barabaniga 7 o‘raladi (3.15-rasm).
Kerakli
uzunlikdagi ip tandalash barabaniga o‘ralgandan so‘ng, mashina
to‘xtatilib, barabanga o‘ralgan barcha piltalar jamlanib, valik 9
orqali to‘quv g‘altagiga 10 o‘raladi (3.16-rasm).
7
9
10
3.16-rasm.
To‘quv g‘altagiga o‘rash.
Nax tig‘i 5 iplarni ikki qismga ajratish uchun foydalaniladi.
Support tig‘i 6 esa piltaning eni va zichligini belgilaydi. Barabanga
piltalar ravon o‘ralishi uchun piltalarga tandalash davrida ikki xil
harakat beriladi: tandalash barabanining
aylanishidan olinadigan
ilgarilanma harakat, support mexanizmidan olinadigan ko‘chma
hara katdir. Ko‘chma harakat natijasida birinchi pilta iplari bara-
banning konusiga, keyingi piltalar esa oldingi
pilta konusi yuzasiga
joylanadi.
Barabandagi piltaning kesimi parallelogram shakliga ega.
Chiqindilarni kamaytirish va texnologik jarayon o‘timlaridagi
iplar uzunligi muvofiqligini ta’minlash uchun piltalab tandalash
hisobi bajariladi. Unda piltalar soni,
bitta piltaning eni, piltadagi
iplarning zichligi, support siljish miqdori kabi ko‘rsatkichlar
hisoblab topiladi.
SL–250-SH piltalash mashinasida support siljishini faqatgina 4
xil
miqdorini olish mumkin, ya’ni: 2,88; 2,1; 1,5; 0,6 mm. Boshqa
piltalab mashinalarida esa support siljishini 0,97 – 3,45 mm oraliqda
61
o‘zgartirish mumkin. 3.1-jadvalda ayrim to‘qimalar uchun SL–
250-SH mashinasida baraban konus
burchagi va support siljish
miqdorlari hisoblari keltirilgan.
Baraban
To‘quv
g‘altagi
3.17-rasm.
Piltalab tandalash mashinasining ko‘rinishi.
3.1-jadval