• 3.2. Tandalash romlari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    Guruhlab tandalash
    Guruhlab tandalash usulida tanda g‘altagiga kerakli tanda 
    iplarining ma’lum bir qismi o‘raladi. Umumiy tanda iplarini olish 
    uchun bir nechta tanda g‘altaklariga iplar qo‘shilib, bitta to‘quv 
    g‘altagiga jamlanadi. Umumiy tanda iplari deganda berilgan 
    to‘qimani ishlab chiqarish uchun talab etilgan iplar tushuniladi.
    Hozirgi vaqtda guruhlab tandalash usuli unumdorligi yuqori 
    hisoblanadi. Asosan guruhlab tandalash paxta, jun, turli kimyoviy 
    iplar, sun’iy ipak iplari va rangli tanda tayyorlashda qo‘llaniladi. 
    Guruhlab tandalash usulida tanda iplari tandalash romidan tanda 
    g‘altagiga o‘raladi. Odatda, to‘quv g‘altagida bir necha ming, gohida 
    10 mingdan ortiq tanda iplari bo‘ladi. Tandalash romiga esa ko‘pi 
    bilan 1000 tagacha (maxsus romlarda 2000 tagacha) bobina qo‘yish 
    mumkin. Shu sababli bitta to‘quv g‘altagi olish uchun bir nechta 


    48
    tanda g‘altagi kerak bo‘ladi. Mana shu kerak bo‘ladigan tanda 
    g‘altaklari guruh deb ataladi.
    3.2. Tandalash romlari
    Tandalash romlari o‘ramalarni joylashtirish va undan ipni 
    chuvatish uchun xizmat qiladi. Tandalash romlariga quyidagi 
    talablar qo‘yiladi:
    – bobinalarni mahkam tutib turish;
    – iplarning oson chuvalib chiqishi va nazorat qilish uchun 
    qulay bo‘lishligi;
    – ip tarangligi jarayon davomida bir xil bo‘lishligi va markaziy 
    rostlanishi;
    – bobinalarga xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishligi kerak.
    Tandalash romlaridan iplar qo‘zg‘almas va aylanuvchi 
    (g‘altakchalardan) o‘ramalardan (bobinalardan) chuvatib olinadi. 
    Aylanuvchi o‘ramalardan g‘altakchalarni aylantirish orqali iplar 
    chuvatib olinadi. Ip tarangligi g‘altakcha va tutgich o‘qi orasidagi 
    ishqalanish hisobiga hosil qilinadi.
    Barcha tandalash romlari quyidagi moslamalar bilan jihozlangan 
    (3.2-rasm):
    Bobina tutgich – bobinalarni romda ushlab turishga xizmat 
    qiladi.
    Ip yo‘naltirgich – iplarni yo‘naltirish uchun.
    Taranglovchi moslama – kerakli va me’yoriy taranglikni hosi 
    qilish uchun.
    Ip tozalash moslamasi – ipdagi ayrim nuqsonlarni bartaraf etish 
    uchun.
    Havoli purkash moslamasi – ipdan chang va iflosliklarni chiqarib 
    tashlash uchun.
    Mashinani to‘xtatuvchi – ip uzilsa, mashinani to‘xtatish uchun.
    Xabar berish chiroqlari – ip uzilsa, mashina to‘xtasa yonib 
    turadi.


    49
    Taranglovchi moslsma 
    To‘xtatgich
    Yo‘naltirgich Ballonso‘ndirgich
    2.2-rasm. 
    Rom moslamalari.
    Tandalash romlarining quyidagi turlari mavjud:
    1. V-simon rom.
    2. To‘g‘ri burchakli rom.
    3. Aravachali rom.
    4. Uzluksiz zanjirli rom.
    5. Kassetali rom (Magazine).
    6. Avtomatik rom.
    7. Maxsus rom.
    V-simon rom
    Rom tuzilishi bo‘yicha V-simon rom shaklda bo‘ladi (2.3-rasm). 
    Rom asosi va bobinalar tutgichi yog‘ochdan ishlangan. Yuqorida 
    joylashgan bobinalardan boshlab pastki bobinalarning barchasi 


    50
    mashina markazi tomon yo‘naltiriladi. Yog‘och asoslar tomonlari 
    markazga nisbatan V-simon shaklda o‘rnatiladi. Bobinalarning 
    bunday shaklda o‘rnatilishi iplarning chuvalib chiqishini 
    engillashtirib, bir-biri bilan chalkashib ketishining oldini oladi.
    V-Rom
    Bobina
    Yog‘och 
    asos
    Yo‘naltiruvchi tig‘
    3.3-rasm. 
    V-simon shakldagi romga bobinalarning joylanishi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish