• Tandalash jarayonidan maqsad
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    3-bob. IPLARNI TANDALASH
    3.1. Tandalash jarayoni bo‘yicha umumiy ma’lumotlar
    Tandalash jarayonida to‘qimaning tandasi shakllanadi. 
    Texnologik nuqtayi nazaridan tandalash jarayoni muhim va 
    ma’suliyatli bo‘lib, unda bir paytning o‘zida bir necha yuz iplardan 
    bitta o‘rama olinadi.
    Tandalash jarayonidan maqsad 
     
    – ma’lum sondagi tanda 
    iplarini kerakli enda tanda yoki to‘quv g‘altagiga o‘rash.
    Tandalash jarayonida konussimon yoki silindrsimon bobina-
    lardan, ayrim holatlarda aylanuvchi g‘altakchalardan ham iplar 
    tanda yoki to‘quv g‘altagiga o‘raladi (3.1-rasm).
    3.1-rasm. 
    Tandalash jarayonining prinsipial sxemasi.
    Tandalash jarayonida tandaning shakllanishi boshlanadi va unga 
    quyidagi 
    talablar
    qo‘yiladi:

    ipning fizik-mexanik xususiyatlari buzilmasligi;
    – ip tarangligi barcha iplar uchun bir xil va jarayon davomida 
    ravon bo‘lishi;
    – olingan o‘rama yuzasi tekis, silindrsimon bo‘lishi;


    47
    – olingan o‘ramadagi ip uzunligi aniq belgilangan miqdorda 
    bo‘lishi;
    – jarayon unumdorligi yuqori, chiqindilar kam bo‘lishi kerak.
    Tandalash jarayoni juda mas’uliyatli va muhim jarayon 
    hisoblanib, bu jarayonda yo‘l qo‘yilgan nuqson va kamchiliklarni 
    keyingi jarayonlarda yo‘qotib bo‘lmaydi. Jarayon davomida 
    iplarning tarangligi, o‘rama zichligi va shakli har xil bo‘lmasligini 
    ta’minlash va uning oldini olish muhim hisoblanadi.
    Tandalanayotgan ip turi va qabul qilingan texnologiyaga qarab 
    tandalashning quyidagi usullari mavjud:
    1. Guruhlab tandalash.
    2. Piltalab tandalash.
    3. Seksiyalab tandalash.
    4. Libitlab tandalash (Xonatlas ishlab chiqarishda qo‘llaniladi).
    Paxta, zig‘ir, jun (kamvol) va ba’zi ipak iplarini tandalashda 
    guruhlab tandalash usuli qo‘llaniladi.
    Ko‘p rangli va ko‘p sonli tanda iplari hamda ipak va jun 
    (apparat) iplarini tandalashda piltalab tandalash usuli qo‘llaniladi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish