• Tugunsiz ip ulash (Splicing)
  • Ip nazoratchisi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    2.8. Iplarni ulash
    Ip uzilishini bartaraf etish qayta o‘rovchining asosiy ishlaridan 
    biri hisoblanib, ishchinig asosiy xizmat ko‘rsatish qismini tashkil 
    etadi.
    Ip uchlarini ulashda turli tugunlardan foydalaniladi (2.17-
    rasm). 
    To‘quv tuguni. 
    To‘quv tugunini bog‘lashda tugunning sifati 
    va uning to‘g‘ri bog‘lanishiga ahamiyat berish lozim. Bog‘langan 
    tugun katta bo‘lmasligi va pishiq bog‘langan bo‘lishi kerak. 
    Tugun uchlari 5 mm dan oshmasligi shart, chunki bunday tugun 
    to‘quvchilik jarayonida gula ko‘zchalari va tig‘ tishlaridan o‘tishi 
    oson bo‘ladi hamda to‘qimada bilinmaydi. Bog‘lanayotgan iplar bir 
    xil yo‘g‘onlikda bo‘lishi lozim.
     a b
    2.17-rasm. 
    Tugun turlari: a-baliqchilar tuguni; b-to‘quvchilar tuguni.
    Tugunsiz ip ulash (Splicing)
    Tugunsiz ip ulash jarayonining mohiyati ikkita ip uchlarini bir-
    biriga ulashdir (2.18-rasm). Asosan, qayta o‘rash avtomatlarida 
    yigirilgan iplar uchlarini ulashda pnevmatik ip ulash usulidan 
    foydalaniladi.
    Qayta o‘rash avtomatining robot qo‘llari havo yordamida 
    uzilgan ip uchlarini so‘rib olib, ip ulash zonasiga yetkazib 
    beradi. Havo bosimi yordamida ip buramlari teskari tomonga 
    aylantirilib, bo‘shatiladi. Ip uchlaridan ayrim tolalar ulashga 
    tayyorlash uchun chiqarib tashlanadi. So‘ngra havo bosimi 
    yordamida ip uchlariga yana buram berilib, iplar tugunsiz 
    ulanadi (2.19-rasm). Ipning tugunsiz bog‘langan joylarining 
    sifati ularning uzilish kuchi va ulashdagi uzilishlar nisbati bilan 
    tekshirilib, baholanadi.


    37
    bog‘lash 
    yelimlash 
    payvandlash 
    mexanik bog‘lash
    2.18-rasm. 
    Ip uchlarini bir-biriga ulash turlari.
    1.
    2.
    3.
    2.19-rasm. 
    Ip uchlarini pnevmatik usulda ulash.


    38
    Ip nazoratchisi
    Moslama ip uzilsa yoki chiqib ketsa, mashinani to‘xtatishga 
    xizmat qiladi. Bu moslamalar qayta o‘rash mashina va avtomatlari 
    turlariga qarab turli xil bo‘ladi.
    Asosan bu moslamalar o‘ralayotgan ipning ta’siri ostida yukli 
    richag yoki prujinali sezuvchi elementlardan tashkil topadi. 
    Elektron to‘xtatuvchi moslamalar ipning bor yoki yo‘qligini 
    mexanik ta’sirsiz sezib, uskunani to‘xtatadi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish