50
2.6-chizma
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i
Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’idagi har
bir nuqta ikki xil mahsulot
ishlab chiqarishning qandaydir eng ko’p hajmini ko’rsatadi. Jamiyat uchun
mahsulotlarning erishib bo’ladigan har xil uyg’unlashuvlaridan
tanlab olish
imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi.
Non va tegirmon ishlab chiqarishning har xil uyg’unlashuvini amalga oshirish
uchun jamiyat ulardagi mavjud resurslarning to’la bandligi
va ishlab chiqarishning
to’liq hajmini ta’minlashi zarur. Non va tegirmonning barcha uyg’unlashuvi ularning
eng ko’p miqdorini ko’rsatib, bu barcha mavjud resurslardan esa samarali foydalanish
natijasida olinishi mumkin.
Iqtisodiyotda resurslarning to’la bandligi va ulardan
samarali foydalanishni
ta’minlash uchun har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab chiqarish
imkoniyatlari egri chizig’i deb nomlanuvchi ABCDE chizig’ida joylashgan bo’lishi
lozim. Bu chiziqdan chap tomonda joylashgan har qanday nuqta resurslardan to’liq
foydalanmaslikni anglatadi. Masalan, chizmadagi G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln.
dona non va 5 ming donaga yaqin tegirmon ishlab chiqarilayotganini bildiradi. Bu
esa, resurslardan foydalanishning
muayyan darajasida, qo’shimcha resurslarni jalb
etmagan holda, quyidagi harakatlarni amalga oshirish
imkoniyati mavjudligini
ko’rsatadi:
a) non ishlab chiqarishning mavjud
hajmini saqlab qolgan holda,
tegirmon
ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish;
b) tegirmon ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, non
ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish;
d) bir vaqtning o’zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’idan tashqarida joylashgan har qanday
nuqtaga (masalan W) resurslarning mavjud hajmi va
ishlab chiqarishning mavjud
texnologiyasi darajasida erishib bo’lmaydi.
Тегирмон, минг дона
А
В
С
•