• Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining
  • Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil etadi
  • Iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy 
    ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish 
    jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.
    Ular takror ishlab chiqarish 
    munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi. 
    Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish 
    munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. 
    Muayyan taraqqiyot darajasidagi 
    ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining 
    birligi va o’zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
    Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o’zaro 
    aloqada bo’lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab 
    chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo’lgan alohida siyosiy, huquqiy, 
    mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning 
    alohida turlari qad ko’taradi. Ana shularning yig’indisi jamiyatning ustqurmasini 
    tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol 
    o’ynaydi, o’zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa 
    jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir ko’rsatadi. 
    Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy 
    formatsiyani tashkil etadi
    .
    Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy qismlarini alohida chizma orqali 
    ifodalash mumkin (3.1-chizma). Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. 
    Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil 
    qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham 
    har doim o’zaro ta’sirda bo’ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda o’ziga xos ishlab 
    chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formatsiyaga mos keluvchi 
    ishlab chiqarish usulini belgilab beradi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish